Хalqarо munosabatlar va diplоmatiya tariхi fanindan ma’ruza matnlari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/85
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#191371
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   85
2 5206292024008901227

Afina dengiz ittifoqi.
Er. avv. V asrda yunon dunyosining siyosiy va madaniy 
hayotining markazi Kichik Osiyo va Egey orollaridan Bolqon Yunonistoniga 
ko’chdi. Yunon viloyatlari ichida Attika viloyatining roli oshdi. 
Arxaik davridan so’ng Yunonistonda siyosiy jihatdan kuchli o’zgarishlar 
yuz berdi. Er.avv. VI asr oxirida Sharqda qudratli Ahamoniylar davlati shakllandi 
va Yunon dunyosiga o’zining madaniy siyosiy ta’sirini otkaza boshladi. Er.avv. V 
asr oxirida forslar Kichik Osiyodagi barcha yunon chaharlari va Lidiya 
podsholigini bosib oldilar. Forslar Yunonistonni ham o’z ta’sir doirasiga olishga 
harakat qildilar. Fors qo’shinlari bir necha bor continental Yunonistonga bostirib 
kirdilar (er.avv. 495, 490 y) Yunon polislari forslarga nisbatan turli munosabatda 
bo’ldilar. Fessaliya va Beotiya forslarga do’stona munosabatda bo’ldilar. Sparta va 
Afina esa forslarga qarshi yunon shaharlari ittifoqini tashkil qildilar. Er. avv. 481 
yil yunon shahar davlatlari Ellin ittifoqini tuzdilar. Dastlab ittifoqda Sparta etakchi 
rol o’ynaydi. Sparta vakili uning ishiga rahbarlik qildi. Lekin forslarga qarshi 
harbiy harakatlarda asosan flot hal qiluvchi o’rin egallar edi. Sparta o’zining 
flotiga ega bo’lmaganligi sababli, ittifoqda etakchi o’ringa da’vo qila olmas edi. 
Spartaliklardan rahbarlikni olish uchun Ioniya orollarining Afinaga yordam so’rab 
murojaat qilishi bahona bo’ldi. Afina atrofida bir necha yunon shaharlari birlashib, 
yangi siyosiy kuch birinchi Afina ittifoqini vujudga keltirdilar. Shu vaqtdan 
boshlab Sparta va Afina ittifoqchilari o’rtasidagi raqobat er. avv. V asrda 
Yunonistondagi voqealar rivojiga hal qiluvchi ta’sir o’tkazdi. 
Afina ittifoqi tez orada mustahkam, uyushgan kuchli tashkilotga aylandi. 
Ittifoqning barcha qatnashchilari to’la huquqli bo’lib,uning xazina Delos orolidaagi 
Apollon ibodatxonasida joylashgan edi. Ittifoqchilar kengashiga har bir azo davlat 
bittadan vakil yubordilar. Afina Arxesy ittifoqi mablag`i 480 talant hajmida deb 
belgilanib,har bir ittifoqchi davlat umumiy xazinaga a’zolik to’lovi (foros)ni 
amalga oshirar edilar. Ittifoq ichida Afinaning harbiy-siyosiy va savdo mavqei 


kuchayib ketdi. Barcha ittifoqchi yunon shaharlari o’zlarida Afina tosh- tarozisi va 
o’lchov birliklarini joriy qildilar, umumiy xazina Delosdan Afinaga ko’chirildi.
Afinaliklar ittifoqchilarning to’lov badali hisobiga Afinada mashxur 
Propiley va Parfenonni qurdilar. Afinaning bunday suistemolligi ittifoqchilarning 
norozilik chiqishlariga sabab bo’ldi. Ittifoqchilarning chiqishlari Afinaliklar 
tomonidan qattiq jazolandi. Masalan,jazolangan Tasos Afinaga o’zining barcha 
kemalarini berishga, devorlarini buzishga, tovon to’lash va eski a’zolik badalini 
to’lashni davom ettirishga majbur bo’ldi. Plutarxning yozishicha ―Ittifoqchilar 
xiroj to’lovchilar va qullarga aylandilar‖. Afina o’z ta’sir doirasini yunon 
dunyosida muntazam ravishda kengaytirishda Spartani qarshiligiga uchradi. 
Forslar bilan umumiy g’alabadan keyin har ikki davlat o’rtasidagi raqobat 
keskinlashdi. Forslar Egey dengizidan siqib chiqarildi, u yana ―Yunon Quli‖ bo’lib 
qoldi. ―Kalliy‖ sulx shartnomasi (er.avv.447 y) dan so’ng forslarning dengiz floti 
Egey dengiziga kirishdan maxrum bo’ldi. Eron quruqlikdagi qo’shinlarini Kichik 
Osiyo qirg’og’idan uzoqda saqlab turish majburiyatini oldi. 
Yunon-fors urushlaridan so’ng Afinadagi keskin siyosiy kurash natijasida 
radikal – demokratik kuchlar Perikl boshchiligida g’olib chiqdilar. Periklgacha 
Efial’t isloxot o’tkazib, zodagonlar areopagining siyosiy mavqeini yo’qga chiqardi. 
Areopag ixtiyorida faqat qasddan odam o’ldirish va diniy an’analarga qarshi 
jinoyatlarni ko’rib sud qilish vazifalarigina qoldi xolos. Areopagning siyosiy 
funksiyalari Klisfen joriy qilgan 500 lar kengashi va gelieyaga berildi. 
Xalqaro savdodan manfaatdor bo’lgan Afina savdogar hunarmandlari va 
dengizchilari Afinani Yunon shaharlari ustidan etakchiligini mustahkamlashni 
talab qildilar. Ular ittifoqchilarga nisbatan qat’iy qattiq siyosatni, Afinaning yunon 
dunyosiga boshchilik qilishiga qarshi turadigan har qanday kuchlarga qarshi keskin 
kurash olib borishni talab qildilar. Afinada Kaeon tiraniyasi tugatilgandan so’ng 
demokratik harakat Afina siyosiy hayotida etakchi o’ringa chiqdi. 500 lar 
kengashining tasiri kuchaydi. Bu kengashda axolining kambag’al tabaqalarining 
ishtiroki uchun imkoniyatlar yaratildi. Gelieda sudyalik vazifasini bajarish uchun 
yoki 500 lar kengashiga a’zolik uchun ish haqi to’lashni joriy qilinishi hatto 
kambag’allarga ham qura tashlash yo’li bilan saylanadigan 5 ming sudyadan biri 
bo’lishi imkoniyatini berdi. Shahar axolisining o’rta qatlami zevgitlarga arxont 
vazifasini bajarishga ruxsat berildi. Tashqi siyosatda Afina yunon dunyosiga 
hukmronlik qilish uchun faol harakat qildi Afinaning qo’shni viloyatlarga taziyqi 
kuchayib Sparta bilan urush harakatlari olib borildi. Er. avv. 445 yil Sparta bilan 
30 yil muddatga tinchlik shartnomasi imzolandi. Ammo tinchlik 14 yil davom etib 
keyin uzoqqa cho’zilgan urush barcha yunon shaharlarini zaiflashtirgan 
Peloponnes urushi boshlanib ketdi. Urush 27 yil davom etib ko’pgina shaharlar 
vayron bo’ldi. 10 minglab kishilar qurbon bo’ldilar. Urf odatlar, qonunlar paymol 
qilindi. Yunon dunyosi shundan so’ng tushkunlikka yuz tutdi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin