Хalqarо munosabatlar va diplоmatiya tariхi fanindan ma’ruza matnlari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/85
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#191371
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   85
2 5206292024008901227

Rim-karfagen diplomatiyasi 
Rimliklar Italiyani bosib olishni tugallash davrida Karfagen manfaatlari bilan 
to’qnashdi. Ikki davlatning raqobati uchun asosiy sabab boy Sitsiliya edi. 
Karfagenliklar orolning g’arbiy iqsmida qadimdan o’rnashib, bu yerda Lilibey, 
Drepana va Panorm bazalarini qurdilar. Uzoq vaqt Rim va Karfagen er. avv, 348, 
306 va 279-yillarda tuzilgan savdo shartnomalari bilan tinchlik munosabatlarini 
saqlab turdilar. Rim apinnen yarim orolini bo’ysundirish bilan band bo’lgan paytda 
Karfagen esa Shimoliy Afrikani bosib olish vaqtida ularning manfaatlari 
to’qnashmadi, ammo rimliklar janubiy Italiyaga suqilib kirishi bilan vaziyat 
o’zgardi. Rim respublikasi qudratli davlatga aylanib, o’rtayerdengizi orollari 
jumladan boy Sitsiliyaga hukmronlik qilishga da’vo qila boshladi. Karfagen Rimni 
kuchayishi va ekspansiyasidan bezovta bo’ldi, har ikki tomon urushga tayyorlana 
boshladi.
Rimliklar karfagenliklarni punilar deb atar edilar. Rim va Karfagen o’rtasida 
uch marta urush bo’ldi. I urush er. avv. 264-241-yillar, II urush er. avv. 218-201-
yillar, III urush er. avv. 149-146-yillar. Har uchala urushda ham rimliklar g’olib 
chiqdilar. Karfagenliklar Rim bilan to’qnashuv arafasida Sardiniya va Korsika 
orollariga o’rnashib olib, butun Sitsiliya ustidan hukmronlik qilar edilar. Sirakuza 
va Messana shaharlari bundan mustasno edi. Karfagenni Messanani egallashga 
urinishi Rim bilan urushni keltirib chiqardi. Rimliklar Karfagenliklarni puni deb 
atar edilar. Birinchi puni urushi 23 yil davom etdi. Dastlab harbiy harakatlar 
Sitsiliyaga boshlanib, rimliklar bu yerda bir necha yutuqlarga erishdilar. Lekin bu 
yutuqlar rimliklar uchun hech qanday ahamiyatga ega bo’lnadi, chunki rimliklar 
dengiz flotiga ega emas edilar va bu sohada Karfagen bilan raqobatlasha olmas 
edilar. Rim qisqa vaqt ichida barcha vositalarni ishga solib, er. avv. 260-yilda 120 
jangovar kemadan iborat harbiy flotga ega bo’ldi. Shu yilda Lipar orollari yaqinida 
karfagenliklar Rim floti ustidan yengil g’alaba qozondilar. Dong’I ketgan 
dengizchi karfagenliklar tez yuradigan kemalarga ega bo’lib Rim flotiga mensimay 
qaradilar. Tez orada rimliklar dengizda birinchi g’alabani qo’lga kiritdilar, ular 
harbiy harakatlarni Afrika hududiha ko’chirishga erishdilar. Ammo Afrikaga 
birinchi yurish yaxshi tayyorlanmagani uchun rimliklar uchun muvaffaqiyatsiz 


tugadi. Urush cho’zilib ketdi va urush harakatlari yana Sitsiliyaga ko’chdi. Har ikki 
urushayotgan tomonlarni kuchlari zaiflashdi. Hal qiluvchi jang er. avv. 241-yilda 
Sitsiliyani g’arbidagi Egat orollari yonida bo’lib o’tdi. Karfagen floti batamom tor-
mor qilindi. Karfagen tinchlik shartnomasini tuzishga majbur bo’ldi va Sitsiliyani 
qo’ldan boy berdi, hamda katta miqdorda tovon to’ladilar. Bir qancha vaqt o’tgach 
rimliklar Korsika va Sardiniya orollarini bosib oldilar. Karfagen rimliklarni bu 
istilosiga chidashga majbur bo’ldi. Bu vaqtda Karfagenning o’zida yollanma 
askarlar qo’zg’oloni boshlanib, unga Liviya aholisi ham qo’shildi. Qo’zg’olonning 
birinchi kuni o’zini ko’rsatgan lashkarboshi Gamilkar Barka tomonidan 
bostirildi.Qo’zg’olon bostirilgach uning Karfagenda obro’si oshib ketdi. Gamilkar 
Barka Rimdan o’ch olishni orzu qilgan va rimliklar bilan yangi urush tarafdorlariga 
boshchilik qildi. Gamilkar urushga yaxshi tayyorgarlik ko’rish uchun Karfagen 
qo’shini bilan Ispaniyaga jo’nadi. Rimliklar bilan bo’lg’usi urushda platsdarm 
tayyorlash uchun bu mamlakatni bosib olmoqchi bo’ldi. 
Ispaniya istilosi vaqtida Gamilkar halok bo’ldi, Karfagen qo’shinlariga 
qo’mondonlik qilish uning kuyovi Gannibal boshchilik qildi. Bo’lg’usi mashhur 
lashkarboshi Gannibal 11 yoshida rimliklarga qarshi kurashishga qasamyod 
qilgan.Qo’mondonlik Gannibal qo’liga o’tishi bilan Rim bilan urush qilish 
masalasi hal qilindi. Ikkinchi puni urushi er. avv. 218-yilda boshlanib, 17 yil 
davom etdi. G’ayratli sarkarda urush harakatlarini rimliklar hududida olib 22ntensi 
rejasini tuzdi. Bu rejani 22ntensi oshirish uchun Gannibal qo’shinlari Alp 
tog’laridan oshib o’tdilar. Gannibal qo’shinlari Rim qo’shinlari ustidan bir necha 
marta g’alaba qildi. Er. avv. 216-yilda Kann yonidagi jang bu janglarni ichida eng 
mashhuri bo’lib, bu jangda Gannibal rimliklarni qurshab olib to’la tor-mor qildi. 
Karfagen o’z qo’mondoniga yetarli yordam ko’rsata olmadi. Gannibal biror 
marta yengilmagan bo’lsada o’z qo’shinlari bilan o’z yurtidan uzoqlashib, janubiy 
Italiyada qamalib qoldi. Karfagenliklar tomoniga o’tgan shaharlar yana Rimni 
qo’llab-quvvatlay boshladilar. Yosh rimlik sarkarda Publiy Korpeliy Stsipion 
Ispaniyaga karfagenliklarga qarshi g’olibona urush harakatlarini olib bordi. U 
Ispaniyani punilardan tozalab Afrikaga qo’shin tushirdi. Er. avv. 202-yilda 
Karfagen shahri yaqinidagi Zam qishlog’I yonidagi hal qiluvchi Gannibal o’z 
hayotida birinchi va oxirgi mag’lubiyatni boshidan kechirdi. Karfagen qo’shinlari 
to’la tor-mor qilindi. Bu safar Rim karfagenliklarga tinchlik shartnomasini og’ir 
shartlarini qo’ydi: Karfagen barcha koloniyalarini yo’qotdi, barcha kemalarini, 
jangovar fillarini Rimga topshirishga majbur bo’ldi va katta miqdorda tovon 
to’ladi. Bu tinchlik shartnomasining og’ir shartlari Karfagenning harbiy-siyosiy 
qudratrini umrbod zaiflashtirdi.Rim Karfagen yana bir marta bilan to’qnashdi. Bu 
II puni urushi tugaganidan 50 yil o’taganidan keyin sodir bo’ldi. Er. avv. 149-yilda 
III puni urushi boshlandi. Karfagen o’tgan 50 yil ichida o’zining qulay geografik 
joylashuvi bilan o’z iqtisodiy qudratini qayta tiklashga muvaffaq bo’ldi. U yana 
xalqaro vositachilik savdosini shimoliy Afrikadagi yirik markaziga aylandi. 
Rimliklar o’zlarini eski raqibini Rim hududiga bostirib kirganini hech qachon 
unuta olmas edi. II puni urushidan keyin rimliklar Karfagenning hatti-harakatini 
diqqat bilan kuzatib borar edilar. Karfagenni yana o’z kuch-qudratini qayta 
tiklayotgani ularni bezovta qildi. Rimliklar Karfagenni er. avv. 201-yildagi 


shartnoma shartlaridan birini buzishda bahona qilib, er. avv. 149-yilda Karfagenga 
qarshi urush e’lon qildilar. Karfagen uch yil qamal qilindi. II puni urushida 
Karfagen qamaliga rahbarlik qilgan Sitsipionning o’g’li Emiliy Sitsipion shaharga 
bostirib kirdi. Karfagenga senat komissiyasi keldi va shaharni to’la yo’q qilishga 
qaror qildi. Shahar 16 kun o’t ichida qoldi, aholisi qul qilib sotib yuborildi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin