Antoniylar sulolasini taniqli vakillaridan biri tarixga taxtdagi faylasuf sifatida
kirgan Mark Avreliy edi. Mark Avreliy uchun davlat manfaatlari hamma narsadan
yuqori bo’lib, imperiya taqdiri uchun o’z ma’suliyatini to’la anglab yetgan edi. U
senator va suvoriy toifalari bilan inoqlikda ish olib bordi, senat tarkibiga ko’pgina
provinsiya zodagonlarini, ayniqsa kelib chiqishi Sharqdan va Afrikadan bo’lgan
nufuzli kishilarni kiritdi. Mark Avreliy (161-yildan 180-yilgacha) 19 yil
hukmronlik qildi, unga qarshi shu yillar davomida birorta ham fitna uyushtirilmadi.
U 180-yilda 59 yoshida Vindobona (Vena) shahrida vafot qildi. Rimda uning
sharafiga kolonna bunyod etildi. Uning merosxo’ri 18 yoshli o’g’li Kommod (180-
193-yillar) imperator bo’ldi. Antoniylar sulolasining so’ngi vakili Kommod qo’pol,
shafqatsiz va maishatparast hukmdor edi. Otasining o’limidan keyin Kommod
kvad va markomann qabilalari bilan urushni tugatib, 180- yilda Rimga qaytdi.
Davlat boshqaruvini o’zining ochko’z yaqinlariga topshirib, kayf-safoga berildi.
Xotinini qatl etib, buzuqchilk yo’liga kirdi. Katta jismoniy kuchga ega bo’lgan
imperator o’zini rimlik Gerkules deb e’lon qildi, omma oldiga arslon terisiga
yopinib yelkasida kaltak bilan paydo bo’lar edi. Amfiteatr sahnasida gladiator
sifatida chiqdi. Oxir-oqibatda es-hushini yo’qotib kalendarning barcha oylarini o’z
nomiga o’zgartirdi, hatto Rimning nomini o’zgartirib uni ―Kommod‖ shahri deb
atashga buyruq berdi.
Dostları ilə paylaş: