Хalqarо munosabatlar va diplоmatiya tariхi fanindan ma’ruza matnlari


Xalqlarning buyuk ko’chishi davrida German qabilalari diplomatiyasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/85
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#191371
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   85
2 5206292024008901227

Xalqlarning buyuk ko’chishi davrida German qabilalari diplomatiyasi
German qabilalari II—IV asr o’rtalarida o’zlarining ishlab chiqarish kuchlarini 
anchagina rivojlantirdilar. Ular yerlarini TSezar va Tatsit zamonidagidan yaxshiroq 
ishlay boshladilar. Ularda hayvonlarning nasli (jumladan, otlarning nasli) 


yaxshilandi. 
Hunarmandchilikni 
rivojlantirishda 
ancha 
olg’a 
ketildi, 
Germaniyaning ko’p joylarida yer ustidagi yekn uncha katta bo’lmagan 
chuqurlikdagi rudalar ishlana boshlandi. CHegara oblastida yashovchi germanlar 
rimlik savdogarlar bilan oldi-sotdi qila boshladilar. Varvarlarning aholisi tobora 
ko’payib borganligi uchun yer masalasi juda keskin masala bo’lib qoldi. Varvarlar 
aholining oshib-toshib ketayotganligini sezmoqda edilar. Ular imperiyaning 
serhosil va qisman butunlay ishlov berilmagan yerlarini ishg’ol qilishga intildilar. 
Butun bir varvar qabilalarini Rim imperiyasiga qarshi keskin kurash olib borishga 
olib kelgan eng muhim va asosiy sabab yer tanqisligi edi. 
Bu vaqtga kelib german qabilalarining ichida katta o’zgarishlar sodir bo’ldi. 
German jamiyatining tobora ko’proq tabaqalanib borishi - zodagonlarnint ajralib 
chiqishi, ularga qaram bo’lgan kishilar sonining ko’payishi va hokazolar bilan bir 
qatorda, qabilalarning katta-katta ittifoqlarga birlashuv protsessi ham yuz 
bermoqda edi. Quyi Reynda hamda YUtlandiya yarim orolida angl-saks qabilalari 
birlashmasi; O’rta Reynda frank qabilalari ittifoqi; YUqori Reynda allemanlar 
ittifoqi (bunga kvadlar, markomanlar, qisman svevlar kirardi); Elbada va Elbaning 
narigi tomonida langobardlar, vandallar, burgundlarning ittifoqlari tashkil topdi. 
Bundan oldingi bobda gotlarning ikkita ittifoqi - vestgotlar ittifoqi va ostgotlar 
ittifoqi vujudga kelib, bularning har biri Dunay va Qora dengiz bo’yi rayonida ko’p 
qabilali davlat tashkil qilganligi gapirib o’tilgan edi. IV asrniig oxirlaridan boshlab 
va ayniqsa V asrda varvarlar yoppasiga imperiya territoriyasiga qarab yo’l olib, uni 
asta-sekin istilo qila boshladilar. To’g’ri, bu istilo qilish qariyb butun bir asrga 
cho’zildi. Ancha vaqtgacha bu istilochilar rasman imperiyaning «ittifoqchilari» deb 
qaraldi. Biroq zamondoshlar bu nomga aldanmadi. o’arbiy Rim imperiyasining 
tobora qulab borayotganligi shubhasiz haqiqat edi. CHunki varvarlar imperiyani 
istilo etish bilan bir vaqtda imperiya territoriyasiga o’zlarining butun oilalari, uy 
anjomlari, sigir-buzoqlari va hokazolari bilan ko’chib kelib; o’rnashayotgan edilar. 
SHuning uchun IV asrning oxirini va V asrning hammasini o’z ichiga olgan bu 
davrni tarixchilar odatda Xalqlarning buyuk ko’chish davri deb ataydilar.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin