Alarix Rimni qullar yordami bilan oldi. Rimda va uning atrofida yashagan 40
mingga yaqin qul Alarix tomoniga o’tdi. Bulardan tashqari, Alarixni ko’pchiligi
varvar-germanlardan iborat g’arbiy imperator armiyasining ko’pchilik qismi
qo’llab-quvvatladi. Vestgotlar Rimni 410 yilning 24 avgustida bosib oldilar.
Rimliklarning poytaxti bir necha kungacha talon-taroj qilindi. Rimdagi quldor
zodagonlarning ko’plari o’ldirildi, asir olindi va qul qilib sotildi, rimliklarning bir
qismi qo’rquvga tushib, SHimoliy Afrikaga va Bolhon yarim oroliga qarab
qochdilar. Alarix so’ngra Sitsiliyaga, u yerdan esa SHimoliy Afrikaga yurish
qilmoqchi edi. Buning sababi Italiyada oziq-ovqat yo’qligi edi, Italiyada qishloq
xo’jaligi butunlay tushkunlikka uchragan edi, mahalliy aholining o’z gallasi o’ziga
yetmas edi. Lekin vestgotlarning Afrikaga yurish qilish mo’ljali amalga oshmadi.
Bu yurish uchun flot tayyorlanayotgan o’sha 410 yili Alarix o’ldi.
Dostları ilə paylaş: