Qora dengiz bo’yidagi gotlarga Qora dengiz bo’yidagi grek koloniyalarining
va ayniqsa Bospor podsholigining antik madaniyati anchagina o’z ta’sirini
o’tkazdi.
375 yilda Qora dengiz bo’yiga Osiyodan juda ko’p
sonli Xunnlar qabilasi
keldi. Xunnlar (bularning bir qismi turk irqidan, bir qismi mo’g’ul irqidan bo’lsa
kerak) ko’chmanchi xalq bo’lib, bir vaqtlar Xitoy chegaralarida yashar edilar,
keyin ular butun O’rta Osiyoni bosib o’tib, nihoyat,
Janubiy Ural bilan Kaspiy
dengizi o’rtasidagi «Kaspiy darvozasi» orqali Don va Dnepr havzasiga kirib
bordilar. Xunnlar ostgotlar ittifoqiga qaqshatg’ich zarba berdilar. Xunnlar
ostgotlarni o’zlariga bo’ysundirib, ular bilan birgalikda
vestgotlar ustiga yurish
qildilar. Xunnlar tomonidan tor-mor qilinish va bo’ysundirilishdan qo’rqib,
vestgotlarning boshliqlari SHarqiy Rim imperatori bilan muzokara boshladilar aa
Dunaydan o’tib, federatlar sifatida Bolqon yarim oroliga joylashish uchun undan
ijozat so’radilar. Konstantinopol hukumati bunga rozi bo’ldi, shundan keyin 376
yilda bir million kishiga yaqin vestgotlar (bulardan 200
mingi qurollangan erkaklar
edi) Dunaydan o’tdilar. Ularga joylashish, uchun hozirgi Bolgariyaning Meziya
oblasti ajratib berildi.
Dostları ilə paylaş: