kuchayib ketdi. Barcha ittifoqchi yunon shaharlari o’zlarida Afina tosh- tarozisi va
o’lchov birliklarini
joriy qildilar, umumiy xazina Delosdan Afinaga ko’chirildi.
Afinaliklar ittifoqchilarning to’lov badali hisobiga Afinada mashxur
Propiley va Parfenonni qurdilar. Afinaning bunday suistemolligi ittifoqchilarning
norozilik chiqishlariga sabab bo’ldi. Ittifoqchilarning chiqishlari Afinaliklar
tomonidan qattiq jazolandi. Masalan,jazolangan Tasos Afinaga o’zining barcha
kemalarini berishga,
devorlarini buzishga, tovon to’lash va eski a’zolik badalini
to’lashni davom ettirishga majbur bo’ldi. Plutarxning yozishicha ―Ittifoqchilar
xiroj to’lovchilar va qullarga aylandilar‖. Afina o’z ta’sir doirasini yunon
dunyosida muntazam ravishda kengaytirishda Spartani qarshiligiga uchradi.
Forslar bilan umumiy g’alabadan keyin har ikki davlat o’rtasidagi raqobat
keskinlashdi. Forslar Egey dengizidan siqib chiqarildi, u yana ―Yunon Quli‖ bo’lib
qoldi. ―Kalliy‖ sulx shartnomasi (er.avv.447 y) dan so’ng forslarning dengiz floti
Egey dengiziga kirishdan maxrum bo’ldi. Eron quruqlikdagi qo’shinlarini
Kichik
Osiyo qirg’og’idan uzoqda saqlab turish majburiyatini oldi.
Yunon-fors urushlaridan so’ng Afinadagi keskin siyosiy kurash natijasida
radikal – demokratik kuchlar Perikl boshchiligida g’olib chiqdilar. Periklgacha
Efial’t isloxot o’tkazib, zodagonlar areopagining siyosiy mavqeini yo’qga chiqardi.
Areopag ixtiyorida faqat qasddan odam o’ldirish va diniy an’analarga qarshi
jinoyatlarni ko’rib sud qilish vazifalarigina qoldi xolos. Areopagning siyosiy
funksiyalari Klisfen joriy qilgan 500 lar kengashi va gelieyaga berildi.
Xalqaro savdodan manfaatdor bo’lgan Afina savdogar hunarmandlari va
dengizchilari Afinani Yunon shaharlari ustidan etakchiligini
mustahkamlashni
talab qildilar. Ular ittifoqchilarga nisbatan qat’iy qattiq siyosatni, Afinaning yunon
dunyosiga boshchilik qilishiga qarshi turadigan har qanday kuchlarga qarshi keskin
kurash olib borishni talab qildilar. Afinada Kaeon tiraniyasi tugatilgandan so’ng
demokratik harakat Afina siyosiy hayotida etakchi o’ringa chiqdi. 500 lar
kengashining tasiri kuchaydi. Bu kengashda axolining kambag’al tabaqalarining
ishtiroki uchun imkoniyatlar yaratildi. Gelieda sudyalik vazifasini bajarish uchun
yoki 500 lar kengashiga a’zolik uchun ish haqi to’lashni joriy qilinishi hatto
kambag’allarga ham qura tashlash yo’li bilan saylanadigan 5
ming sudyadan biri
bo’lishi imkoniyatini berdi. Shahar axolisining o’rta qatlami zevgitlarga arxont
vazifasini bajarishga ruxsat berildi. Tashqi siyosatda Afina yunon dunyosiga
hukmronlik qilish uchun faol harakat qildi Afinaning qo’shni viloyatlarga taziyqi
kuchayib Sparta bilan urush harakatlari olib borildi. Er. avv. 445 yil Sparta bilan
30 yil muddatga tinchlik shartnomasi imzolandi. Ammo tinchlik 14 yil davom etib
keyin uzoqqa cho’zilgan urush barcha yunon
shaharlarini zaiflashtirgan
Peloponnes urushi boshlanib ketdi. Urush 27 yil davom etib ko’pgina shaharlar
vayron bo’ldi. 10 minglab kishilar qurbon bo’ldilar. Urf odatlar, qonunlar paymol
qilindi. Yunon dunyosi shundan so’ng tushkunlikka yuz tutdi.
Dostları ilə paylaş: