tugadi. Urush cho’zilib ketdi va urush harakatlari yana Sitsiliyaga ko’chdi. Har ikki
urushayotgan tomonlarni kuchlari zaiflashdi. Hal qiluvchi jang er. avv. 241-yilda
Sitsiliyani g’arbidagi Egat orollari yonida bo’lib o’tdi. Karfagen floti batamom tor-
mor qilindi. Karfagen tinchlik shartnomasini tuzishga majbur bo’ldi va Sitsiliyani
qo’ldan boy berdi, hamda katta miqdorda tovon to’ladilar. Bir qancha vaqt o’tgach
rimliklar Korsika va Sardiniya orollarini bosib oldilar.
Karfagen rimliklarni bu
istilosiga chidashga majbur bo’ldi. Bu vaqtda Karfagenning o’zida yollanma
askarlar qo’zg’oloni boshlanib, unga Liviya aholisi ham qo’shildi. Qo’zg’olonning
birinchi kuni o’zini ko’rsatgan lashkarboshi Gamilkar Barka tomonidan
bostirildi.Qo’zg’olon bostirilgach uning Karfagenda obro’si oshib ketdi. Gamilkar
Barka Rimdan o’ch olishni orzu qilgan va rimliklar bilan yangi urush tarafdorlariga
boshchilik qildi. Gamilkar urushga yaxshi tayyorgarlik ko’rish uchun Karfagen
qo’shini bilan Ispaniyaga jo’nadi. Rimliklar bilan bo’lg’usi
urushda platsdarm
tayyorlash uchun bu mamlakatni bosib olmoqchi bo’ldi.
Ispaniya istilosi vaqtida Gamilkar halok bo’ldi, Karfagen qo’shinlariga
qo’mondonlik qilish uning kuyovi Gannibal boshchilik qildi. Bo’lg’usi mashhur
lashkarboshi Gannibal 11 yoshida rimliklarga qarshi kurashishga qasamyod
qilgan.Qo’mondonlik Gannibal qo’liga o’tishi bilan Rim bilan urush qilish
masalasi hal qilindi. Ikkinchi puni urushi er. avv. 218-yilda boshlanib, 17 yil
davom etdi. G’ayratli sarkarda urush harakatlarini rimliklar hududida olib 22ntensi
rejasini tuzdi. Bu rejani 22ntensi oshirish uchun Gannibal qo’shinlari Alp
tog’laridan oshib o’tdilar. Gannibal qo’shinlari Rim qo’shinlari ustidan bir necha
marta g’alaba qildi. Er. avv. 216-yilda Kann yonidagi jang
bu janglarni ichida eng
mashhuri bo’lib, bu jangda Gannibal rimliklarni qurshab olib to’la tor-mor qildi.
Karfagen o’z qo’mondoniga yetarli yordam ko’rsata olmadi. Gannibal biror
marta yengilmagan bo’lsada o’z qo’shinlari bilan o’z yurtidan uzoqlashib, janubiy
Italiyada qamalib qoldi. Karfagenliklar tomoniga o’tgan shaharlar yana Rimni
qo’llab-quvvatlay boshladilar. Yosh rimlik sarkarda Publiy Korpeliy Stsipion
Ispaniyaga karfagenliklarga qarshi g’olibona urush harakatlarini olib bordi. U
Ispaniyani punilardan tozalab Afrikaga qo’shin tushirdi. Er. avv. 202-yilda
Karfagen shahri yaqinidagi Zam qishlog’I yonidagi hal qiluvchi Gannibal o’z
hayotida birinchi va oxirgi mag’lubiyatni boshidan kechirdi. Karfagen qo’shinlari
to’la tor-mor qilindi. Bu safar Rim karfagenliklarga tinchlik shartnomasini og’ir
shartlarini qo’ydi: Karfagen barcha koloniyalarini yo’qotdi,
barcha kemalarini,
jangovar fillarini Rimga topshirishga majbur bo’ldi va katta miqdorda tovon
to’ladi. Bu tinchlik shartnomasining og’ir shartlari Karfagenning harbiy-siyosiy
qudratrini umrbod zaiflashtirdi.Rim Karfagen yana bir marta bilan to’qnashdi. Bu
II puni urushi tugaganidan 50 yil o’taganidan keyin sodir bo’ldi. Er. avv. 149-yilda
III puni urushi boshlandi. Karfagen o’tgan 50 yil ichida o’zining qulay geografik
joylashuvi bilan o’z iqtisodiy qudratini qayta tiklashga muvaffaq bo’ldi. U yana
xalqaro vositachilik savdosini shimoliy Afrikadagi yirik markaziga aylandi.
Rimliklar o’zlarini eski raqibini Rim hududiga bostirib kirganini hech qachon
unuta olmas edi. II puni urushidan keyin rimliklar Karfagenning
hatti-harakatini
diqqat bilan kuzatib borar edilar. Karfagenni yana o’z kuch-qudratini qayta
tiklayotgani ularni bezovta qildi. Rimliklar Karfagenni er. avv. 201-yildagi
shartnoma shartlaridan birini buzishda bahona qilib, er. avv. 149-yilda Karfagenga
qarshi urush e’lon qildilar. Karfagen uch yil qamal qilindi. II puni urushida
Karfagen qamaliga rahbarlik qilgan Sitsipionning o’g’li Emiliy Sitsipion shaharga
bostirib kirdi. Karfagenga senat komissiyasi keldi va shaharni to’la yo’q
qilishga
qaror qildi. Shahar 16 kun o’t ichida qoldi, aholisi qul qilib sotib yuborildi.
Dostları ilə paylaş: