Amerika (Orinoko daryosining quyar joyi yaqinidagi) qirg`oqlarini topdi. Kolumb
hayot ekanligidayoq ispanlar Ame-rikani kolonizatsiya qila boshlaydilar. Espanola
deb boshqacha nom berilgan Gaiti orolida birinchi koloniya tuziladi.
YAngi
dunyoni Kolumb kashf etgan bo’lsa-da, bu dunyoga uning nomi be-rilmaydi.
Kolumb Hindiston, Xitoy va YAponiyani kashf qildim deb qattiq turib oladi.
Amerikadagi Kolumb kashf qilgan yerlar ko’p o’tmay Ispaniyaning hafsalasini pir
qiladi. CHunki Kolumbning yangi «G`arbiy Hindistoni» haqiqiy «SHarqiy Hin-
diston»dan ko’ra kambag`alroq bo’lib chiqadi, shaharlari va tsi-vilizatsiyasi
bo’lmaydi. Mahalliy xalqda oltin va kumush uchrasa-da,
lekin kutilgan
darajadagidan ancha kam bo’ladi. Tez orada Kolumb saroyning g`azabiga yo’liqdi.
U 1506 yilda Kolumb qashshoqlikda va hammaning nazaridan qolib chetda o’lib
ketdi. Viloyat shaharlaridan biri Validolidda vafot etgan Kolumb-ning o’limidan
zamondoshlari mutlaqo bexabar qoldilar.
Kolumb ochgan qitaga Amerika degan nom boshqa bir ital-yan,
florentsiyalik Amerigo Vespuchchi (1452—1512) nomidan olib berildi. Amerigo
«YAngi yerga» bir necha marta sayohat qilib, Janubiy Amerikaning shimoli-
sharqiy qirg`oqlarini batafsil tekshirib chiqdi. Amerigoning
dengiz sayohatlari
to’g’risidagi 1507 yilda nashr etilgan hikoyalar to’plami juda mashhur bo’lib ketdi.
Kartograflar Kolumb kashf qilgan yerlarni 1507 yildayoq o’z kartalarida «Amerigo
yerlari» degan umumiy nom bilan ko’rsata boshladilar. Keyinchalik «Amerigo»
degan nomni eski qit’alar-Osiyo, Yevropa, Afrika nomlariga monandlashtirib
«Amerika» deb o’zgartirdilar.
Kolumb kashfiyoti Portugaliya bilan Ispaniya o’rtasida yangi yerlar uchun
raqobat chiqishiga sabab bo’ldi. Nizoning oldini olish uchun har ikki davlat 1494
yilda Tordessilyas shahrida o’zaro shartnoma tuzdi. Bu shartnomaga muvofiq
YAshil Burun orollaridan g`arbga tomon 2053 kilometr narida Qutbdan-Qutbga
qarab chegara chizig`i tortildi. Bu chiziqning g`arb
tomonida yangi ochilgan
hamma yerlar ispanlarga, sharq tomonidagi yerlar portugaliyaliklarga qaraydigan
bo’ldi, ammo bu chegara chizig`i butun yer sharini kesib o’tmaganligi, balki faqat
G`arbiy yarim-shardangina o’tganligi tufayli ispanlar .bilan portugaliyalik-lar
Molukka orollarida duch kelib qoldilar va o’rtada nizo chiqdi.
SHundan keyin
1529 yilda Saragosda yangi shartnoma tu-zilib, bu shartnomaga muvofiq SHarqiy
yarim sharda Molukka orollaridan sharq tomonda 17° da yangi chegara chizig`i
tortildi. Mustamlaka duiyosini birinchi marta taqsimlash ana shu tarzda ro’y bergan
edi.
Dostları ilə paylaş: