Filipp II mamlakarni burjuaziya negizida rivojlantirish bilan qiziqmadi va ispan
savdosi hamda sanoatini taraqqiy ettirish uchun hech qanday amaliy tadbirlar
ko’rmadi. Ispaniyadagi yitik dunyoviy va cherkov yer egaligi XVI asrda ham
o’zining g’oyat katta imtiyozlari va biqiq-kasta xarakterini saqlab qolgan eid.
Mayorat haqida, daxlsiz yerlar haqida, cherkov yerlariga
imtiyozlar berish haqida
qonunlar Ispaniyadagi yer egaligini qat’iy tasdiqlar, uni abadiy daxlsiz qilib
qo’yar, demak shu bilan burjuaziya orasidagi faolroq elementlarning, mayda
dvoryanlar va dehqonlarning yerga ega bo’lish imkoniyatini bo’g’ib qo’yardi.
Filipp II olib borgan urushlar ochiqdan-ochiq sulolaviy, tor dvaryanlik tusidagi,
o’zining go’yasi jihatidan reoksion-katolik xarakterdagi urushlar eid. Bu uruhshlar
ispan qirolining yerlarini ko’paytirish va qirolni Yevropaning xalqaro siyosatida
gegimon qilish maqsadi bilan olib borilar edi. Shu bilan
bir paytda bu urushlardan
ispan dvaryonlarini boyitish maqsadi ham ko’zda tutilardi, chunki bu
dvaryanlarning zebi-ziynat va aysh—ishrat ichida kechirayogan dabdabali
hayotlari uchun ispan dehqonlairdan olinadigan renta haqlarigina kifoya qilmas
edi. Ba’zi urushlarda ispan savdosi va mustamlakalarning manfaatlari ham ko’zda
tutilgan edi. Xuddi ana shu urushlarda Filipp II ning hukumati sharmandalarcha
yutqizdi va shunday qilib, bu urushlar ham ispan burjuaziyasijga hech narsa
keltirmadi.
Filipp II ning olib borgan ba’zi urushlarigina muvaffaqiyatli tugadi. 60-70 yillarda
Turkiyaga qarshi olib borilgan urushni va 1580 yilda
Portuhgaliyaning bosib
olinishi shun day urushlar jumlasiga kiritish mumkin. 1571 yilda Lepanto yonida
bo’lgan jangda turklar dengizda ayniqsa katta mag’lubiyatga uchratildi. Jangda
Filipp II ning ukasi Don-Xuan Avstriyskiy ispan-venetsian birlashgan eskadrasiga
qo’mondonlik qilib, turklarning 264 kemadan iborat flotini tor mor qildi, bu flotda
80 ming kishilik qo’shin bor edi. Bu mag’lubiyatning turklarning boshidan
kechirgan birinchi katta mag’lubiyati edi. Va bu Turkiya imperiyasining ancha
jiddiy ichki tushkunlikkauchray boshlashidan darak berardi.
1580 yilda Portugaliya ustidan qozonilgan g’alaba ham Portuhgaliyaning bundan
oldin 1578 yilda portugal feodallarining marokashda mag’lubiyatga uchragani
tufayli bo’lgan edi va bu vaqtda qirol Sebastyan butun qo’shini
bilan birga halok
bol’gan edi.
Ammo Filipp II nming o’zi ham shunday mag’lubiyatga uchraydiki bu
mag’lubiyatlar Ispaniyaning buyuk davlat sifatidagi ahamiyatini yo’qotib qo’ydi.
Bu yerda XVI asrning ikkinchi yarmidagi Niderlandiya inqilobini birinchi o’ringa
qo’yish kerak, bu inqilobning keyinchalik golland-ispanning savdo va
mustamakachilik uchun bo’lgan qator urushlariga aylanib, Hindiston va
Indoneziyada ispan portugal mustamlakalarining Gollandiya qo’liga o’tishi,
so’ngra esa Portugaliyaning o’zi ham Ispaniyadan ajralib keirshi bilan tugallandi.
Filipp II ning Angliyaga qarshi olib borgan muvaffaqiyarsiz uruhbshibda Ispaniya
yana katta mag’lubiyatga uchradi. Ingliz dengiz bosqinchilari Dreyk Reli va
boshqalar vest-Indiya qirgo’qlariga hamda yangi yerdan kumush ortib Ispaniyaga
qaytib borayotgan flotiga hujjum qiladilar. Filipp II bunga javoban 1588 yil iyulida
Angliyaga
qarshi yurish boshladi, bu yurijsh ― Yengilmas armada ‖ nomi bilan
mashhurdir. Ispan floti rasmiy ravishda shunday nom bilan atalgan bo’lib, flot
tarfki bida 130 dan ortiq kema bor edi, dengiz ekipaji 7500 kishidan va askarlari
17000 kishidan i borat edi.
Harbiy dengiz ishidan xabardor bo’lmagan grand Medina Sidoniya bosh qilib
qo’yilgan bu yurish ninhoyatda yomn uyushtirilgan edi. Eskirib qolgan bu
beso’naqay ispan kemalari inglizlarning ancha mayda bo’lsada, puxtaroq yasalgan
va ancha yaxshi to’olar bilan ta’minlangan kemalariga bas kela olmadi.
―Armada‖ning Niderlandiya janu bidagi ispan harbiy kuchlari bilan qo’shilish
rejasi bajarilmadi. Ingliz admirallari katta jang qilishni istamadilar va ―Armada‖ga
kichik-kichik eskadralar bilan hujjum qilish taktikasini ishlatib ispan flotining
ayrim kemalatini yoki ayrim turkumlarini alohida-alomhida yo’q qilib bordilar.
Avgust boshida La-Manshda bo’lib o’tgan boron ispanlarga katta ziyon yetkazdi.
Flotning qolgan qismi ob-havo yomon kelganligi tufayli Ispaniyaga ilgarigi
yo’ldan
qaytib borolmay, Britaniya orollarini aylanib o’tishga majbur bo’ldi va
mamlakariga sog’ qolgan ozgina kemalari bilan juda xarob holda qaytib keldi
―Armada‖ning
mag’lubiyatga
uchraganligi
natijasida
ispaniya
Atlantika
okeanidagi savdo yo’llarini nazorat qilib turishdan mahrum bo’ldi. 1596 yilda
inglizlarning o’zlari Ispaniya qirg’oqlariga hujum qilib Ispaniyaning Kadis pportini
talab ketdilar. Shu paytdan boshlab Ispaniya dengizdagi gegemonligini butunlat
yo’qotib qo’ydi.
Filipp II ning 90 yillar boshida Fransiyaga qarshi boshlagan intervensiyasi ham
muvaffaqiyatsizlik bilan tuhgadi Filipp II fransuz qirollarining protestant -
gugenotlatga qarshi olib borgan urushlariga aralashdi. Ispan qo’shinlari Parijga
bostirib kirdi va u yerda Parijni qamal qilib turgan gugenotlar yo’lboshchisi qurol
Gentix IV burbonga qarshi kurashda katoliklarga yordam berdi. Ispanlarning
yordami katoliklarni saqlab qola olmadi. Parij taslim bo’lishga majbur bo’ldi. Parij
olinganida taslim bo’lgan qo’shinlar prasida Filipp II
ning ham otryadlari bor edi
filipp II intervensiyaga juda ko’p mablag’ sarf qilgan bo’lishiga qaramay,
Fransiyaga o’z ta’sirini kuchaytirish uyoqda tursin, balki aksincha Ispaniyaga eng
ashaddiy dushman orttirdi. Keyinchalik XVII asrning birinchi yarmida Ispaniya
bilan Fransiya o’rtasida urushlar to’xtovsiz davom etib turdi. Bu urushlar Pireneya
monarfxiyasi uchun muvaffaqiyatsizlik bilan tugadi.
Muvaffaqiyatsizliklar bilan olib borilgan katta urushlar Filipp II ning moliyaviy
ahvolini tamomila qaqshatib qo’ydi. U o’zini ikki marta - 1575 va 1596 yillarda
singan deb e’lon qilib, davlat qarzlarini to’lashdan bosh tortdi. Gabsburglarga qarz
berib turgan Fuggerlarning bir o’zi 3 million gulden pulidan mahrum bo’ldi.
Savdo, sanoat, dehqonchilikdan olinadigan soliqlar muttasil oshib borib aholini
g’oyat qiybnab qo’ydi.
1594 yilda korteslardagi shaharlarning deputatlari ― 1000 dukat kapitaldan 300
dukat soliq olinadigan bo’lgan dan keyin savdo bilan shug’ullanib bo’larmijdi?‖
deb noligan edilar.
Filipp II 1598 yilda vafot etadi, un dan o’z vorisiga davlatning umuman 100
million gulden qarzi meros qoldi. XVI asrning oxirada Ispaniyaning butun xalq
xo’jaligini chulg’ab olganiqtisodiy harakat moliya ishlarining vayron bo’lishiga
asosiy sabab bo’ldi.