CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL
OF SCIENTIFIC RESEARCH
ISSN: 2181-2489
VOLUME 2
ǀ
ISSUE 1
ǀ
2022
45
UZBEKISTAN |
www.caajsr.uz
ASOSIY QISM
Lirik asarlarda badiiy tasvir vositalaridan keng qoʻllaniladi.
Badiiy tasvir
vositalari haqida S.Sultonsaidova, Oʻ.SHaripovaning “Oʻzbek tili stilistikasi” fanidan
yozilgan oʻquv qoʻllanmasida batafsil yoritilgan. Ushbu qoʻllanmada
badiiy tasvir
vositalari “Sintaktik figuralar” va “Troplar” deb ikki guruhga ajratilgan va ularning har
biri haqida batafsil ma’lumotlar keltirilgan. Qoʻllanmada anafora, epifora, takror,
sintaktik parallelizm, antiteza, gradatsiya, ritorik soʻroq kabi sintaktik figuralar, metafra
metonimoya, sinekdoxa, oʻxshatish, epitet, ironiya,
antifraza, sarkazm, perifraz,
mubolagʻa, litota, alligoriya kabi troplar haqida misollar bilan ma’lumotlar berilgan.
Hamid Olimjon lirikasi ham tasvir vositalarga boyligini koʻramiz. Badiiy tasvir
vositalarining bir turi bu – Epitet. Shoir lirikasida epitet salmoqli oʻringa ega,
she’rlarida epitetning goʻzal namunalarini uchratamiz. J.Lapasovning “Badiiy matn va
lisoniy tahlil” qoʻllanmasida Epitetga shunday izoh bergan: “Epitet grekcha soʻz boʻlib,
izohlovchi demakdir. U oʻzbek tilida sifatlash ham deb yurutiladi.
Epitet poetik
aniqlovchi boʻlib, narsa, hodisa, tushunchaning biror hususiyati,
belgisini alohida
baholab koʻrsatish uchun oʻshanday soʻzlar oldidan qoʻshimcha tarzda keltiriladigan
soʻzdir”. Aristotelning “Ritorika” asarida koʻplab uslubga oid fikrlar mavjud.
Uning
qarashlariga koʻra asarda bayonning odatiy holatdan chetlashishi ham musofirning
oʻzga yurtda koʻrgan narsalaridan taajjubga va hayratga tushganidek tasavvur uygʻotadi,
chunki noodatiy narsadan hayratlanish va taajjublanish ham yoqimlidir.
Aristotel
oʻxshatishni ham oʻziga xos metafora deb baholaydi. Uningcha, ularning farqi juda oz.
Oʻxshatishdan birgina kabi soʻzi chiqarib tashlansa, metafora yuzaga keladi. Oʻxshatish,
metafora va epitetlardan ham meyorida foydalanish zarurligi, ularni suiste’mol
qilish
uslubni gʻalizlashtirishi ham qayd etib oʻtilgan.
Badiiy tasvir vositalari goh ritorik figuralar, goh sintaktik figuralar, goh stilistik
figuralar tarzida taqdim etiladi. Keng ma’noda bu tushunchalar doirasiga koʻchimlar
ham, stilistik figuralar ham kiritiladi.
Muallif tasvirlanayotgan narsa yoki voqeaning oʻzi zarur hisoblangan tomonini
ma’lum nuqtai nazardan turib baholash uchun epitetdan foydalanadi.
Hamid
Olimjonning 1936-yilda yozilgan “Oʻlim” nomli she’rida epitetdan foydalanilgan.
Uchrasharmiz bir kun albatta,
Yuragimga boʻlarsan mehmon;
Bir mehmonki, sening qoʻlingda
Tipirchilar tanamdagi jon.
Lopillatib olib ketarsan,
Bor narsadan etarsan mahrum,
Maskan boʻlar
Dostları ilə paylaş: