CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL
OF SCIENTIFIC RESEARCH
ISSN: 2181-2489
VOLUME 2
ǀ
ISSUE 1
ǀ
2022
47
UZBEKISTAN |
www.caajsr.uz
ma’nolarni anglatadi. “Baxmal gilam”, “alvon poyondoz”
birikmalari bahor faslida
ochiladigan “lola guli” ma’nosini bildiradi. Yuqoridagi misrada keltirilgan epitet tasvir
vositasining semantik-stilistik hususiyati shundan iboratki, she’rda faqat lola gulinigina
emas balki, bahor faslida yer yuzasini bahmal gilam kabi qip-qizil boʻlib ochilgan
gullarni tasvirini oʻquvchiga shoir tomonidan yetkazilishini ta’minlaydi. Oʻquvchiga
estetik tasir etadi, koʻz oldida bu tabiat manzarasi gavdalanadi.
Ba’zan epitetlar uyushib kelishi mumkin. Hamid Olimjonning “Baxtlar vodiysi”
nomli she’rida buning yaqqol misolini koʻrishimiz mumkin. Shoirning “Qish
koʻrinishlari”, “Bahor”, “Daryo kechasi”, “Doʻstimga” , “Vido” kabi she’rlarida
epitetning goʻzal na’munalari keltirilgan.
XULOSA
Xalqimizning buyuk shoiri, baxt va shodlik kuychisi Hamid Olimjon qisqa umri
davomida sermahsul ijod qildi. Shoirning she’rlari vafotidan soʻng ham qoʻldan qoʻlga
oʻtib, sevib mutolaa qilinmoqda. Uning she’rlarida yoshlik, begʻuborlik, baxt,
soddadillik kabi tuygʻular yaqqol koʻzga tashlanadi. Shoir
sherlarini mutolaa qilar
ekansiz undagi hayotga boʻlgan joʻshqinlik, vatanni sevish,
vatanga sodiq farzand
boʻlish vatan oldidagi farzandlik burchi ekanligini she’rlari orqali oʻquvchiga yetkazadi.
Hamid Olimjon she’rlari tasvir vositalariga juda boy, u she’rlarida tasviriy vositalardan
keng koʻlamda foydalangan. Manashu tasviriy vositalardan biri epitetning semantik-
stilistik hususiyatlarini ijodkorning she’rlari misolida tadbiq qilindi. Bu tadqiqotlarimiz
natijasi shundan iboratki: she’rlardagi badiiy tasvir vositalarini oʻquvchi
erkin holda
aniqlashi, mustaqil fikr bildirishi, she’r matnini mustaqil
tahlil qila olish imkonini
beradi. Bu tahlil yordamida oʻquvchi she’r matnini tasvir vositalarini aniqlash,
erkin
muhokama qila olish imkoniyatiga ega boʻladi. She’riy matnlardagi epitetlarni
aniqlashda
aniq qoidalar mavjud, bu qoidalar yordamida she’riy matndagi epitetlarni
soddalik bilan aniqlab olamiz. Epitetni bu qoidalar yordamida aniqlaganimizdan soʻng
esa, uning semantik-stilistik hususiyatlarini tahlil qilishimiz mumkin boʻladi.
Shoir
she’rlaridagi badiiy tasvir vositalarining semantik-stilistik hususiyatlari ijodkorning
anashu she’ridagi asl ma’nosini ochib beradi. Ijodkor tasavvur olamining qay darajada
chegara bilmas ekanligini tasvir vositalaridan mohirona
foydalanganidan bilishimiz
mumkin. Oʻzbek adabiyotshunosligida badiiy tasvir vositalarini oʻrganish, semantik-
stilistik hususiyatlarini tadbiq qilish.
Dostları ilə paylaş: