2.4. OVQAT PISHIRISH QOZONLARI.
Oc hiq qozonlar bir-biridan sig’imi, bug’ g’ilofidagi bug’ning yo’l qo’yiladigan ish bosimi va ovqat pishirish qozonining staninaga mahkamlanish usuli bilan farq qiladi. Ochiq qozonlarning sig’imi 20 dan 200 l gacha. Sig’imi 20, 40 va 60 l bo’lgan kichik litrajli qozonlarni, ba’zan, «sous qozonlari» deb ataladi. Umumiy ovqatlanish korxonalarida foydalaniladigan qozonlar bug’ g’ilofidagi bug’ning 0,5 ati dan oshmaydigan bosimiga mo’ljallangan. Qozonlarning staninaga mahkamlanish usuliga ko’ra, to’ntariladigan va to’ntarilmaydigan qozonlar bo’ladi.
PPsh-60 (PK-60) va PPsh-40 (PK-40) bug’ bilan ovqat pishirish qozonlari. Sig’imi 60 va 40 l bo’lgan bunday qozonlarni Yaroslav savdo mashinasozligi zavodi ishlab chiqaradi. PPsh-60 (PK-40) bug’ bilan ovqat pishirish qozoni (13-rasm) zanglamaydigan list po’latdan tayyorlangan sferik tubli, silindrik shaklli ichki idish-pishirish qozoni 1 dan hamda issiqlik izolyasiyasi qatlami qoplangan 3 va metall kojux 4 yopishtirilgan tashqi korpus (qozon) 2 dan iborat. Ichki idish bilan tashqi korpus orasidagi berk bo’shliq qozonning bug’ g’ilofi 5 hisoblanadi. Bug’ g’ilofiga bosimi 0,5 ati dan oshmaydigan bug’ keladi. Qozon vilkasimon quyma cho’yan stanina 6 ga chervyakli mexanizm 9 yordamida qozonning to’ntarilishini; ta’minlaydigan chap 7 va o’ng 8 sapfalar yordamida o’rnatilgan. Pishirish qozoni bemalol olinadigan qopqoq 10 bilan berkitiladi. Qozon quyish qurilmasi (burish krani) 12 bo’lgan sovuq suv bilan ta’minlash truboprovodi 11 orqali sovuq suv bilan to’ldiriladi. Qozonga sovuq suvning kelishi ventil 13 yordamida boshqarib turiladi. Bug’ o’ng sapfa orqali bug’ trubasi 14 dan bug’ g’ilofiga, kondensat esa kondensat olib ketkich orqali kondensat trubasi 15 ga tushadi. Bug’ bilan ovqat pishirish qozonini xavfsiz ishlatish uchun unga kontrol-o’lchash armaturasi: bug’ berkitish ventili 16, qo’shaloq saqlash klapani 17, manometr 18, havo klapani 19, kondensat olib keskich va puflash; krani o’rnatilgan. Bug’ berkitish ventili bug’ trubasiga o’rnatilgan bo’lib, bug’ g’ilofiga bug’ning kelishini rostlab turishga imkon beradi. Armatura stoykasiga qo’shaloq saqlash klapani va bug’ g’ilofidagi bug’ bosimini ko’rsatuvchi manometr o’rnatilgan. Kondensat olib ketkich bug’ g’ilofi tubi bilan yopishtirilgan kojux tubi orasidagi bo’shliqqa joylashtirilgan, u kondensatning o’z-o’zidan uzluksiz olib ketilishini va g’ilofda o’chma bug’ning tutib qolinishini ta’minlaydi.
Puflash krani kondensat olib ketkich bilan birga o’rnatilgan va bug’ g’ilofining puflab tozalab turilishini hamda qozonni ishga tushirish oldidan kondensatning chiqarib yuborilishini, shuningdek, kondensat olib ketkichning ishini tekshirib turishni ta’minlaydi. Qozon ishlab turgan paytda kran berk bo’lishi lozim, aks holda bug’ ortiqcha sarf bo’ladi va ovqat kech pishadi. Qozon staninaning stoyka 1 si ga o’rnatilgan chervyakli mexanizm (14-rasm) yordamida to’ntariladi. Bu mexanizmning qozonning o’ng sapfasiga shponka bilan o’tkazilgan chervyakli g’ildiragi 2 g’ildirak ostidagi bir kirimli chervyak 3 bilan tishlashib turadi. Valikning uchi mexanizm korobkasidan tashqariga chiqarilgan bo’lib, unga dasta 5 li maxovikcha 4 kiydirilgan. To’ntarish mexanizmi qozonni 100 dan 110° gacha oraliqda istalgan vaziyatda tutib turadi. Qozonning burilishini cheklash hamda uni qat’iy vertikal vaziyatda mahkamlab ko’yish uchun o’ng sapfaning sirtida joylashgan pazga uchi kirib turuvchi stopor vint 6 bor. Bug’ bilan ovqat pishirish qozoni polga o’rnatiladi va anker boltlar bilan mahkamlab qo’yiladi. Ovqat pishirish xonasining maydoniga qarab, qozonlar guruhlar qilib yoki bir qator qilib o’rnatiladi. Trubalar qozonlarga mahalliy sharoitlarga qarab tortiladi. Qozonlar qaysi qavatga o’rnatilishiga qarab, trubalar polga yoki birinchi qavat shipiga, quti ichiga olib yoki ochiq yotqizilishi mumkin.
Sig’imi 200 l bo’lgan to’ntariladigan ovqat pishirish qozoni. Bunday kozon (15-rasm) oval tubli ikki devorli idishdir. Ichki idish 1 qizil mis listdan yoki 5 mm gacha qalinlikdagi zanglamas po’latdan tayyorlanadi. Tashqi korpus (qozon) 2 pula g listdan yoki yupqa devorli cho’yan quymadan tayyorlanadi. Ichki va tashqi qozonlar o’rnatish halqalari, flaneslar, qistirmalar va boltlar yordamida o’zaro germetik biriktirilgan. Qozon stoyka 4 larga mahkamlanuvchi salnikli bug’ qutisi 5 ichi bo’sh sapfalarga osilgan. Sapfalar bevosita tashqi qozon bilan biriktirilgan. Ung sapfaga chervyakli g’ildirak 6 qo’zg’almas qilib mahkamlangan. Qozonni to’ntarish uchun chervyakli g’ildirak bilan ilashgan chervyak valiga o’tqazilgan maxovikcha 7 ni burish kerak Qozon 100°gacha burilishi mumkin. O’ng bug’ qutisiga prujinali saqlash klapani 8 va manometr 9 o’rnatilgan. O’ngdagi ichi bo’sh sapfa orqali bug’ isitish kamerasiga kiritiladi, kondensat esa chap sapfa orqali chiqarib yuboriladi. Buning uchun chap sapfa kamera ichida deyarli uning asosiga tegib turuvchi maxsus kondensat olib ketish trubkasi 10 bilan ta’minlangan. Kondensat olib ketuvchi trubkaning bunday joylashtirilishi tufayli qozonning isitish kamerasi kondensatdan butunlay bo’shaydi. Agar kondensat olib ketuvchi trubkasi kamera tubiga etmasa, kamera kondensat bilan to’lib qoladi va issiqlik almashish prosessi ancha yomonlashadi. Tashqi qozonning past qismida isitish kamerasini puflab tozalash uchun va ish tugagach kondensatni chiqarib yuborish uchun krani joylashgan, yuqori qismida esa havoni va kondensatlashgan gazlarni chiqarib yuborish uchun havo krani o’rnatilgan: Ikkala kran ham faqat ular puflangandagina ochiladi, boshqa vaqtda esa bug’ni isrof qilmaslik va pishirish jarayon rejimini buzmaslik uchun berkitib qo’yiladi. Sig’imi 110 l bo’lgan qozon konstruksiya jihatidan sig’imi 200 l bo’lgan qozonga o’xshaydi. Sig’imi 65 va 32 l bo’lgan qozonlar bir-biridan faqat sapfalarining tuzilishi va bug’ qutilarining tuzilishi bilangina farq qiladi.
To’ntarilmaydigan pishirish qozoni. To’ntarilmaydiganlari xuddi to’ntariladigan pishirish qozonlarining o’lchamlari va sig’imiga ega bo’lib, lekin ulardan engilligi va to’ntarish qurilmasini yo’qligi bilan farq qiladi. Taom, pishiriladigan mis qozonlar oqartirilgan bo’lishi lozim. Porsiyali birinchi taomlar, turli souslar, kisellar, kompotlar va boshqa kulinariya mahsulotlari kichik litrajli ovqat pishirish qozonlarida (sous qozonlarida) pishiriladi. Har bir navbatdagi ovqat pishirish oldidan qozon qaynoq suv bilan yuvib tashlanadi. Shundan so’ng unga masalliqlar va suyuqlik (bulon, sut) quyiladi. Qozonga solingan masalliq uning chetidan 20-30 mm past turishi lozim. Shundan so’ng qozonning bug’ g’ilofi puflab tozalanadi. Buning uchun puflash va havo kranlari ochiladi, bug’ berkitish ventilini chorak oborotga burib, bug’ g’ilofidan havo va kondensatni chiqarib yuborish uchun g’ilofga bug’ kiritiladi. Puflash kranida bug’ paydo bo’lganda kran to’la berkitiladi va bug’ berkitish ventili ochiladi. To ovqat pishguncha vaqt-vaqti bilan manometrning ko’rsatishiga qarab turiladi. Kelayotgan bug’ning bosimi belgilangan normadan oshib ketmasligi lozim. Vaqt-vaqti bilan 5-10 sek mobaynida qozondagi masalliq qaynab chiqqach, maxovikchani bir necha oborotga burib, bug’ berkitish ventili chala berkitiladi va qaynash kerakli me’yorda boradigan qilib rostlanadi. Ovqat pishgandan so’ng bug’ berkitish ventili berkitilib, puflash krani ochiladi va bug’ g’ilofidan kondensatning qoldig’i chiqarib yuboriladi. Qozon bo’shatilgach, kuchsiz soda eritmasi qo’shilgan iliq suv bilan yaxshilab yuviladi va to quriguncha ochiq qoldiriladi. Qozonning sirti yumshoq nam latta bilan artib olinadi.
Dostları ilə paylaş: |