5-7-SINFLARDA SERVIS XIZMATI YO`NALISHINING PAZANDICHILIK ASOSLARIGA DOIR
REJA:
HAMIR MAXSULOTLARIGA ISHLOV BERUVCHI ASBOB-USKUNALAR VA MASHINALARI XAQIDA.
MUZLATGICHLARNING TUZILISHI VA ISHLATILISHI.
OSHXONA ELEKTR JIXOZLARI.
HAMIR MAXSULOTLARIGA ISHLOV BERUVCHI ASBOB-USKUNALAR VA MASHINALARI XAQIDA.
Pechene qoliplari va hamirkeskichlar. Yoyilgan hamirni, har xil shaklda kesish uchun oq tunuka, alyuminiy va plastmassadan yasalgan hamirkeskichlardan foydalaniladi. Mexanik hamirkeskichlar ham keng tarqalgan. Ular turli aylanadigan g’ildirakcha yoki disk (turli shakllarda)lar yig’indisi va yog’och ruchkali sim romchadan iboratdir (8-rasm). G’ildirakchalar olinadi va osongina romcha o’qiga o’rnatiladi. Yoyilgan hamirni kontur shakllarda kesish uchun maxsus qoliplardan foydalanish ham qulay (9-rasm).
Pechene uchun tayyorlangan hamir maxsus moslamali go’sht qiymalag’ichlano’tkaziladi. Go’sht qiymalag’ichdan chiqarilayotgan figurali tasmalardan mo’ljallangan shakllar hosil qilinadi.
Hamirni hozirda mexanizm va mashinalar yordamida tayyorlash mumkin. Buning uchun hamirni tayyorlash jarayonini ma’lum harakat manbayi orqali ishlaydigan va hamir qorgich ishchi organiga ega bo’lgan mashinalardan non mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalanida tuliq foydalanilmoqda. Rasmda hamir tayyorlash jarayonida foydalaniladigan hamir qorish mashinasini tuzilishi va ishlash prinsipi ko’rsatilgan.
Dostları ilə paylaş: |