Hamir maxsulotlariga ishlov beruvchi asbob-uskunalar va mashinalari xaqida. Muzlatgichlarning tuzilishi va ishlatilishi. Oshxona elektr jixozlari


MUZLATGICHLARNING TUZILISHI VA ISHLATILISHI



Yüklə 115,53 Kb.
səhifə2/5
tarix28.12.2021
ölçüsü115,53 Kb.
#48242
1   2   3   4   5
5-7-sinflarda servis xizmati yo`nalishining pazandichilik asoslariga doir

2. MUZLATGICHLARNING TUZILISHI VA ISHLATILISHI.

Muzlatgichlar, sovitkichlar (ro’zg’orda ishlatiladigan). kamerasidagi zarur harorat + 6°S da 180 S gacha bo’lgan turli hajmdagi muzlatgichlar ishlab chiqariladi. Muzlatgichlar kompressnoy (bir yoki ikki kamerali), absorbsion, tormozlektrik xillari bor. Tashqi ko’rinishiga ko’ra polga va stolga o’rnatiladigan, osma, ko’chma (xaltatermos), kombinasiyalangan (shkaf ko’rinishida, shuningdek oshxona mebeliga o’rnatilgan) bo’ladi.

Muzlatgich oziq-ovqat yoki boshqa mahsulotlar atrofdagi muhit haroratdan past haroratda saqlanadigan inshoot yoki qurilma. Ro’zg’or va sanoat muzlatgichlari bor. ro’zg’or muzlatgichi tez buziladigan oziq-ovqat mahsulotlari, taomlarni qisqa vaqt saqlash, sun’iy muz tayyorlash uchun ishlatiladi. U, asosan, korpus, shkaf va sovitish mashinasidan iborat. Sovitish mashinasining tipiga qarab, muzlatgichlar kompressorlik va absorbsion xillarga bo’linadi. Kompressorli muzlatgichlarda harakatlanuvchi mexanizmlar bo’ladi. Elektr energiyasi elektr dvigatelni ishlatishga sarflanadi, u esa kompressorni harakatlantiradi. Absorbsion muzlatgichda harakatlanuvchi mexanizmlar bo’lmaydi. Unda elektr qizdirgich yoki gaz gorelkasidan foydalaniladi. Bunday muzlatgich ancha noqulay bo’lgani uchun, asosan, kompressorli muzlatgichlar ishlatiladi. Muzlatgich har xil sig’imli qilib ishlab chiqariladi, Muzlatgich sig’imi uning geometrik hajmi bilann belgilanadi va l da o’lchanadi.

Ishlab chiqarishda ishlatiladigan muzlatgich oziq-ovqat korxonasi (g’o’sht, baliq, konserva kombinatlari, sut-yog’ zavodi) sostaviga kiradi va shu korxonaning ehtiyojini qondiradi. Taqsimlaydigan muzlatgich oziq-ovqat mahsulotlari zapaslarini saqlash va umumiy ovqatlanish korxonalarini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash uchun mo’ljallangan. Sovitish kameralari, kuchli sovitish qurilmalari, trubo-prvvodlar, haroratni nazorat qilish va avtomatik rostlab turish asboblari bilann ta’minlanadi. Mahsulotlar sovitish va saqlash kameralarida harorat 0°S atrofida, muzlatish kameralarida esa -18°Sdan-23°S gacha bo’ladi. Muzlatilgan mahsulotlar-18°S da saqlanadi.

Kompression muzlatgichlarda kamera germetik sovitish agregati bilan sovitiladi. Unda sovitish agenti (freon) elektr dvigateli yordamida xarakatlanuvchi kompressor bilan sirkulyasiyalanadi. Freon zararsiz, alangalanmaydi va hidi yo’q. Sovitish agregati ixcham bo’lib, kam shovqin bilan ishlaydi, ishlatish vaqtida ishqalanuvchi detallarni almashtirish va moylash talab etilmaydi. Muzlatish kamerasida past harorat sovitish agregatining muntazam ravishda qisqa vaqt ishlashi natijasida hosil bo’ladi; bu esa elektr energiyani tejashga imkon beradi. Sovitish agregatini ishga tushirish va to’xtatish, kameradagi kerakli haroratni saqlab turish ko’p pozisiyali avtomatik termorostlag’ich vositasida amalga oshiriladi. Kompressor elektr dvigateli ortiqcha nagruzkadan avtomatik ishlaydigan issiqlik relesi bilan saqlanadi. Absorbsion muzlatgichlarda sovitish agenti sifatida elektr qizdirtichdan yoki gaz gorelkasidan ajralib chiqadigan issiqlik hisobiga sirkulyasiyalanuvchi ammiak ishlatiladi. Bunda harakatlanuvchi mexanizmlarning bo’lmasligi muzlatgichlarning shovqinsiz ishlashini ta’minlaydi. Muzlatish kamerasining hajmi kichik bo’lganligi uchun unda mahsulotlarni muzlag’an holda saqlashga imkoniyat yuq. Gaz bilan ishlovchi muzlatgichlar foydalaiishda iqtisodiy jihatdan ancha qulay ishlaydi. Ular alanga bo’lmaganda gorelkaga berilddigan gazni avtomatik o’chiradigan qurilmaga ega. Termoelektrik (yarimo’tkazgichli) muzlatgichlarda yarimo’tkazgichli termoelementlar ishlatiladi. Ularda sovitish agregati va sovitish agenti bo’lmaydi. Ular shovqinsiz, ancha uzoq muddat ishlashi bilan boshqalaridan farq qiladi.

Xo’jalikda foydalaniladigan muzlatgichlar bilan bir qatorda avtomobillar uchun ularning akkumulyatorlari tokidan ta’minlanuvchi ko’chma muzlatgichlar ham ishlab chiqariladi. Ro’zg’or termostatlari (xalta-termoslar) da sovitilgan mahsulotlar saqlanadi. Termostatda harorat 10-12 soat davomida +10°S atrofida bo’ladi. Bunda issiqlik sig’imi katta bo’lgan maxsus suyuqlik bilai to’ldirilgan plastmassa xaltacha ko’rinishdagi sovuqlik akkumulyatorlari ishlatiladi. Termostatga mahsulot solishdan oldin akkumulyator 2-4 soat ro’zg’orda foydalaniladigan muzlatgichning muzlatish kamerasiga qo’yiladi. Bunday muzlatgichlar yozda shahar atroflariga dam olishga chiqishda qulay bo’lishi uchun so’mka (xalta) ko’rinishida ishlab chiqariladi. Ro’zg’orda ishlatiladigan muzlatgichlarning xizmat muddati 15 yil va undan ortiq.

Elektr muzlatgichlar do’kondan kelgan muxandistlar tomonidan, gazlisi esa gaz jihozlaridan foydalanish va ta’mirlash tuman idorasi muxandistlari tomonidan o’rnatiladi. Ishlab chiqarilgan muzlatgichlarga ishonchlilik belgisi qo’yiladi.

Sotib olingan muzlatgichlarlar haqidagi ma’lumotlarni uning pasporti va foydalanish bo’yicha yo’riqnomasidan olish mumkin.

Muzlatgichlardann to’g’ri foydalanish. Elektr energiya sarfini tejash uchun muzlatgichlarni plitalar, isitish radiatorlaridan uzoqroq va imkoni boricha salqin joyga o’rnatish kerak Sovitish kamerasiga zarur harorat rejimi berish uchun termorostlag’ich dastasini shkalaning kerakli bo’linmasiga o’rnatiladi. Sovuqligicha iste’mol qilinadigan mahsulotlar 6-8°S dan, ichimliklar esa 10-12°Sdan past bo’lmasligi kerak Mahsulotlar tokcha (polka)larga o’yib tashlanmay, kamerada havoning kerakli sirkulyasiyasini hisobga olgan holda qo’yiladi, muzlatish kamerasiga yaqin joylardagi mahsulotlar ko’proq soviydi. Muzlatgich eshigini zich yopish va juda visva vaktga ochish juda muhim.

Mahsulotlarni saqlash. Yangi go’sht, nimtalanmagan baliq va parranda go’shti, dudlangan mahsulotlarni -2°Sdan 0°S gacha haroratda saqlash ma’qul. Buning uchun ularni sovitish kamerasining yuqori tokchalariga ko’yish lozim. Go’sht va baliqlar nimtalangach, ularni doim maifiy harorat bo’ladigan muzlatish kamerasining ostiga qo’yish mumkin. Mahsulotlar turib va suvsizlanib qolmasligi uchun ularni sellofan, zar qog’ozga o’rab yoki polietilenli paketga solib ko’yish tavsiya etiladi. Dudlangan baliqlarni o’rab qo’yish lozim, chunki ochiq holda xidi boshqa mahsulotlarga o’tib qoladi. Pishloqning o’tkir hidi boshqa mahsulotlarga o’tib qolmasligi uchun uni sellofan, zar qog’oz, polietilenli paket yoki maxsus pishloqdonda saqlash tavsiya etiladi. Shunnigdek, moy va yog’larni ham o’rab qo’yish kerak, chunki ular boshqa hidlarni o’ziga tez oladi.

Konditer mahsulotlarp - krem, kremli tortlar, tez buziluvchi piroglarni 1°S dan yuqori bo’lmagan haroratda, boshqa hamirli pishiriqlarni 40S dan 6°S gacha haroratda saqlash kerak Duxovkada pishirilgan mahsulotlarni biror idishda, ustini havo almashib turishligi uchun doka yoki yupqa mato bilan yopib saqlag’an ma’qul. Tuxum, qaymoq, sut, kefir, qatiq, mayonezni 3-6°S, smetana va tvorogni 0-4°S haroratda saqlash tavsiya etiladi. Agar muzlatgichda tuxum qo’yadigan maxsus chuqurchalar bo’lmasa, uni biror idishga solib, o’rtadagi tokchaga qo’yish kerak Tuxumni. muzlatish kamerasiga yaqin joyga qo’yish mumkin emas, aks holda u muzlab qoladi.

Muzlatgchda sut, qaymoqni 1 - 2 kun, suzmani 5-10 kun, tuxumni 2-3 hafta, sariyog’ va margarinni uch haftagacha saqlash mumkin. Sabzavotlarni muzlatgichning tubidagi maxsus idishlarga solib, 3°S dan 7°S gacha haroratda saqlag’an ma’qul. Mevalarni ham shunday saqlash mumkin. Mevalarni yuvmay, nam o’tkazmaydigan idishga joylab uzog’i bilan 8 kun saqlash mumkin. Tuzlangan mahsulot va marinadlar 6°S haroratda pastki tokchada saqlanadn. Vino, pivo, sharbat va mineral suvlar 4-8°S da saqlanadi. Mineral suvlarni juda ham sovitib yuborish yaramaydi, chunki u shifobaxshlik xususiyatini yo’qotadi. Ochilmagan konservalarni muzlatgichda saqlash shart emas, chunki ular normal uy haroratida buzilmaydi (etiketkasiga salqin joyda saqlansin, deb. yozilganlaridan tashqari).

Muzlatgichni tozalash taxminan har 2-3 haftada sovitish kamerasi va emal bilan qoplangan buyumlari osh sodasi (bir litr suvga 1 oshqoshiq eritmasi) bilan yuviladi. Ichki shkaf, bachok, panel, eshiklarning sirtlari va boshqa polistiroldan yasalgan detallari sovunli suv bilan yuviladi. Shkafniig tashqi sirti, barcha anjomlari, eshik zichlag’ichi iliq suv bilan yuviladi. Barcha sirtlar quriguncha yumshoq sochiq yoki flanel bilan artiladi. Muzlatgich hidlanib qolganda uning sovitish kamerasi va barcha anjomlari yuviladi, quruqlayin artiladi va shamollatiladi. Hidni ketkazish uchun muzlatgichga maxsus hid yutgichlar qo’yish tavsiya etiladi. Bug’latgich devorlarida xosil bo’lgan muzni vakt-vaqti bilan eritib turish lozim, aks holda u mahsulotlarni yaxshi sovitmaydi. Muz qatlami tez ko’paymasligi uchun muzlatgichga issiq taom qo’ymaslik, suyuqliklarni usti ochiq idishda saqlamaslik, shuniigdek shkaf eshigini zich yopmay qoldirmaslik lozim. Muzlatgich uzoq muddat ishlatilganda shkaf eshigini ochiq qoldirish tavsiya etiladi. Tashilayotganda muzlatgich turg’un turishi, qattiq silkinmasligi kerak


Yüklə 115,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin