Bozordagimavqeyiniyaxshilash – aktivlar hajmi bo`yicha bank sektorida egallagan ulushini 3 foiz darajasida quyidagi ikki yo`nalishni maqbul darajada birlashtirish orqali saqlab turish:
ustuvor bank bozorlarida raqobatli pozitsiyalarni mustahkamlash – savdo va loyihalarni moliyalashtirish, mikromoliyalashtirish, chakana kreditlash, plastik kartalar chiqarish va ularga xizmat ko`rsatish segmentlarida.
respublikaning ustuvor mintaqalarida samarali ishtirokini ta’minlash – mintaqaviy tarmoqni kengaytirish strategiyasini amalga oshirishni davom ettirish.
Bankning biznes-rejasi rahbariyat tomonidan aniqlanadigan qisqa muddatli vazifalarni belgilaydi va bankning 2022 yildagi tijoriy faolligini aniqlashtirish maqsadida qabul qilinadi. Biznes-reja filiallar va tarkibiy tuzilmalar rahbarlarining rejalashtirilgan natijalarga erishish bo`yicha javobgarligini belgilaydi.
Bank biznesini yuritishning xalqaro standartlari va respublikada bank xizmatlarini takomillashtirishni tartibga solish sohasidagi qonunchilikka kiritilayotgan o`zgartirishlar talablari darajasida iqtisodiyotning turli sektorlaridagi mijozlarga bank xizmatlari ko`rsatishni avtomatlashtirish va takomillashtirish yo`li bilan bank faoliyati samaradorligini maksimal ta’minlash va oshirib borish bankning 2021 yildagi asosiy maqsadi qilib belgilangan.
2023 - yilda bankning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
2023 yilda bank yangi moliyalashtirish liniyalari va kapitalga investitsiyalar jalb etish hamda o`zaro foydali va uzoq muddatli munosabatlarni shakllantirish bo`yicha xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni kengaytirishni davom ettiradi.
Hozirgi vaqtda bank mijozlarning hisobvaraqlarini ochish va ularni yuritish, a oshirmoqda. Korporativ mijozlarga bank xizmatlarini ko`rsatish bozorida o`z ishtirokini oshirishni rejalashtirilayotgan yilda bank o`zining vazifalaridan biri sifatida ko`rmoqda. Qo`yilgan maqsadga mijozlar bilan uzoq yillik munosabatlarni va o`zaro foydali hamkorlikni shakllantirish asosida erishish rejalashtirilmoqda.
Kelajakda Hamkorbank Shaxrixon tumani filiali bundanda ko`proq yutuqlarga erishishiga umid qilgan holda unda yangi- yangi g`oyalar innovatsiyalar kutib qolamiz. Bu biznes rejasini amalga oshirish uchun bank yetarli darajadagi imkoniyatlarga ega.