1.Hamkorbankning Shahrixon filyalining tashkil etilishi va faoliyatining o’ziga xos xususiyatlari O`zbekiston Respublikasining Aksiyadorlik Tijorat Hamkorbanki, O`zbekistonning zamonaviy banklaridan biri deb atalishi mubolag`asiz emas. Bank tarixi 1991 yilda, birinchi Andijon “Aksionerlik” banki ochilgan paytda boshlandi. Ushbu bank 2000-yilda Bank kengashi qarori bilan Hamkorbank ATBga aylantirilgan. So`nggi yillarda, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan o`zgarishlar va davlatning qo`llab-quvvatlashi boisi Hamkorbank jadal rivojlanib, salohiyati oshib bormoqda. Mustaqillikning dastlabki yillarida Hamkorbank turli moliyaviy va mablag`-kredit islohotlar davrida, mamlakatimizning moliyaviy agenti rolini o`ynadi, dav0lat iqtisodiyotida har doim o`z vazifalarini muvaffaqiyatli amalga oshirdi.2 O`zbekiston mustaqilligi e’lon qilingandan so`ng, Hamkorbank mamlakatning og`ir davrida iqtisodiy vaziyatni barqarorlashtirishda muhim rol o`ynadi. Bizning iqtisodiy pul-kredit sohamiz bankning faol ishtirokida islohotlarga muhtoj edi. Hamkorbank oldida turgan asosiy vazifalardan biri o`z salohiyatini barqarorlashtirish hamda xalqning bankga bo`lgan ishonch pog`onasini oshirish bo`ldi, bundan tashqari mamlakatimiz bank xizmatlari bozorida mavqeini mustahkamlash bo`yicha uzluksiz ishlar olib bordi.
Hozirgi kunda Hamkorbank mustaqil O`zbekiston bank tizimining ajralmas qismi hisoblanadi. 46 ta viloyat, tuman va shahar filiallari, 103 ta mini-banklar, shuningdek 1000 dan ortiq jamg`arma va maxsus kassalar mamlakatimizdagi oddiy fuqarolariga, tadbirkorlariga hamda kichik biznes sub’ektlariga doimo turli bank xizmatlarini taqdim etib bormoqda. Hamkorbank jamoasi muntazam ravishda o`zlaridagi maqsad va vazifalar ro`yxatini yangilab turadilar hamda ushbu maqsad va vazifalarni muvaffaqiyatli bajaradilar. Hozirgi kunda bank oldidagi vazifa xizmat ko`rsatishning yuqori darajasiga erishish hamda mamlakatimizda bank xizmatlari
2 www.hamkorbank.uz
ko`rsatishda liderlaridan biri o`rnini ushlab turishdan iborat. Bundan tashqari Hamkorbank investitsiya va ilg`or boshqarishni hamda kommunikatsiya texnologiyalarini qo`llanilishini yanada jozibador bo`lishini istaydi.
Hamkorbank xodimlari doimo o`zlariga yangi g`oyalar va yangi strategik maqsadlarni belgilaydilar. Hozirgi paytda ular mijozlarga xizmatni sifat jihatidan yangi bosqichga o`tishini, respublikada eng yirik bank raqobat o`rniga erishishini, boshqaruv va ishlab chiqarish jarayonlarini modernizatsiya qilish orqali moliyaviy xizmatlar bozorining ko`rsatkichlari bir qator investitsiya jozibadorligini va yetakchi o`rinlarda kirishishini ta’minlanishiga harakat qilmoqdalar.