Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Angliya hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasining yaqin hamkorlik qiladigan davlatlardan biri hisoblanib, O‘rta asrlar davridagi Angliya tarixida Tyudorlar sulolasi xukmronligi vaqtida uning ijtimoiy – iqtisodiy taraqqiyotini, agrar islohotlar, tyudorlar absolyutizmining o‘ziga xos hususiyatlari, mamlakatda o‘tkazilgan reformatsiya va kontrreformatsiya, tashqi siyosat masalalarini o‘rganish, muntazam o‘zgarib turadigan tarixiy jarayonlar sharoitida Tyudorlar sulolasi davrida Angliya mavzusi muhim ahamiyat kasb etadi.
Ishning maqsad va vazifasi. So‘nggi o‘rta asrlarda Angliyada Tyudorlar sulolasi xukmronligini o‘rnatilishi va ayniqsa Elizaveta I Tyudor davrida ingliz absolyutizmining o‘ziga xos xususiyatlarini ichki va tashqi siyosat sohasida mamlakatda amalga oshirilgan ijtimoiy – iqtisodiy islohotlar misolida ko‘rsatib berishdan iborat.
Ishning maqsadi quyidagi vazifalarini so‘zsiz ijrosini talab etadi:
So‘nggi o‘rta asrlarda Angliyada iqtisodiy - ijtimoiy taraqqiyot jarayonini bayon etish;
Tyudorlar sulolasini Angliyada o‘rta asrlar davrida tutgan o‘rnini tahlil qilib chiqish;
Elizaveta I Tyudor ning ichki va tashqi siyosat sohasida amalga oshirgan islohotlarini tahlil etish;
Tadqiqotning ob’ekti So‘nggi o‘rta asrlarda Angliyada Tyudorlar sulolasi vakillari tomonidan ijtimoiy – iqtisodiy va siyosiy sohada o‘tkazilgan chora - tadbirlar hisoblanadi.
Mavzuning ahamiyatliligishundan iboratki, so‘nggi o‘rta asrlar davrida Angliyada Tyudorlar sulolasini xokimiyat tepasiga kelishi, mamlakatning iqtisodiy jihatdan rivojlanishi, agrar islohotlarni amalga oshirilishida g‘ov tutish siyosatini xususiyatlari, mamlakatda o‘tkazilgan reformatsiya va kontrreformatsiya tadbirlari, tashqi siyosatdagi yangi yo‘nalishlar, katolik cherkoviga nisbatan munosabatlarni mohiyati, puritanlar harakati singari masalalarni o‘rganishni ahamiyatini ko‘rsatishdan iborat.
Muammoning tarixshunosligi, so‘nggi o‘rta asrlarda Angliya tarixini yorituvchi ilmiy asarlar va o‘quv qo‘llanmalaridan iborat bo‘lib, ularda ko‘proq Angliyaning ijtimoiy – iqtisodiy taraqqiyoti masalalari muammoli ravishda bayon etilgan. Mavzuga oid asosiy ishlarning ko‘pchiligi XX asrning so‘nggi choragida nashr etilgan.