Hamkorbankning Shahrixon filyalining bo’limlari faoliyatini tahlili


Hamkorbankning Shahrixon filyalining moliyaviy holati, rentabelligi va likvidligi



Yüklə 114,97 Kb.
səhifə8/11
tarix12.06.2023
ölçüsü114,97 Kb.
#129185
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Turg\'unboyev Otabek Hisobot tayor

6.Hamkorbankning Shahrixon filyalining moliyaviy holati, rentabelligi va likvidligi
6-jadval

Hamkorbank Shaxrixon tumani filialining moliyaviy ko`rsatkichlari





Yillar/


(ming, so`m)

2019y.

2020y.

2021y.

2022y.


(31-mart)

Foizsiz kirim

-

-

-

254163164

Foizsiz chiqim

-

-

-

42273295

Sof foyda,%da

65735359

89705495

123480966

-

Foizli kirim

101135215

139654670

179664058

263528468

Foizli chiqim

35399856

38299767

45591577

102673821

Umumiy yalpi daromad

26699882

29093074

60134574

91707363

Aksiyadan foyda

2.75

3.63

5.39

-

Sredstvo boshqa banklar

52492901

44937496

76411649

-

Sredstvo mijozlar

11524019

1293752736

1593336282

-

Berilgan ma’lumotlar asosida bankning foizli kirimlari, foizli chiqimlari va foizsiz kirim va chiqimlarining o`zgarishini ham ko`rishimiz mumkin bo`ladi.


Foizli kirim 2019 yilda 101135215 ming so`mni tashkil qilgan bo`lsa, 2022 yilga kelib bu ko`rsatkich 263528468 ming so`mni tashkil qilgan. Bundan ko`rishimiz mumkinki o`shish sur’ati 2,6 marta o`sganligini ko`rsatib turibdi.
Foizli chiqim 2019 yili bu ko`rsatkich 35399856 ming so`mii tashkil etgan bo`lib keyingi yillarda bu ko`rsatkichning asta sekin ko`tarilishi natijasida 2022 yilga kelib 102673821 ming so`mni tashkil etdi.
Bank aktsiyadorlari umumiy yig`ilishi tomonidan 2022 yilgacha bo`lgan davr
uchun Bankning strategik rivojlanish Rejasi qabul qilinib, unga muvofiq, HamkorbanShaxrixon tumani filiali o`zining asosiy missiyasini belgiladi: o`z mijozlariga ularning biznesi talablariga javob beruvchi keng ko`lamdagi bank xizmatlarini professional taqdim etish orqali respublikada xususiy tadbirkorlikni mustahkamlashga ko`maklashish.
Missiyaning amalga oshirilishi va bank faoliyatining samaradorligini o`sishi biznes-jarayonlarni takomillashtirish, yangi sifatli texnologik bazani shakllantirish, har bir xodimning o`z faoliyati natijasiga bo`lgan mas’uliyatini oshirish hamda yangi boshqaruv va rag`batlantirish yechimlarini amalga tadbiq qilishni talab qiladi.
O`z missiyasini bajarish uchun Bank o`zining strategik maqsadi sifatida risklarning maqbul darajasini saqlagan holda biznesning qiymatini oshirish, shaffoflik, barqarorlik va ishonchlilikni ta’minlashni belgilab oldi. Yuqorida qayd etilgan maqsadlarga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilangan:
Biznesni rivojlantirishning sifat ko`rsatkichlarini oshirish –bank faoliyatini quyidagi vazifalarni bajarish uchun qayta yo`naltirish:

  1. mijozlarga xizmat ko`rsatishda segmentga yo`naltirilgan yondashuv;

  2. ayni vaqtning o`zida bir necha turdagi xizmatlar ko`rsatishni kengaytirish;

  3. biznes-jarayonlarni takomillashtirish;

  4. risklarni boshqarish tizimi samaradorligini oshirish;

  5. korporativ madaniyatni takomillashtirish.

  6. Samaradorlikning asosiy moliyaviy ko`rsatkichlariga erishish – Samaradorlikning quyidagi asosiy moliyaviy ko`rsatkichlarini davomiy o`sishini ta’minlash va saqlab turish, o`z navbatida bankning kelgusidagi rivojlanish salohiyatini amalga oshirish imkonini beradi:

  7. kapitalning yetarlilik darajasi – kamida 14 foiz;

  8. Leveraj (o`z mablag`lari/jami aktivlar) – kamida 8 foiz;

  9. xususiy kapitalning rentabellik koeffitsienti – kamida 20 foiz;

  10. dividendlar darajasi –bir aktsiyaga kamida 20 foiz;

  11. aktivlar o`rtacha qiymatining rentabellik koeffitsienti – kamida 2 foiz;

  12. sof foizli marja – kamida 8 foiz.

Xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni kengaytirish – xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik qilish ustuvor strategik yo`nalishlardan biri bo`lib, bankning institutsional rivojlanishi, mijozlarga yuqori sifatli, aksariyat hollarda eksklyuziv mahsulotlarning taklif qilinishi, biznes yuritishning yuqori standartlarini hamda bankning ishchanlik obro`sini shaffofligini saqlab turilishiga ta’sir ko`rsatadi.

Yüklə 114,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin