II. O’tilgan mavzuni takrorlash:
F AOLLASHTIRISH UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Jamiyat diniy qadriyatlarsiz yashay oladimi?
2. Milliy va jahon dinlari haqida quyi sinflarda olgan bilimlaringizni eslab ko‘ring.
3. Dinning qanday shakllari mavjud?
4. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31-moddasini o‘qing. Davlat tomonidan fuqarolarga vijdon erkinligining kafolatlanishiga misollar keltiring.
5. Din insonlar dunyoqarashining shakllanishiga ta’sir etadimi?
6. Sizning hayotingizda qanday qadriyatlar mavjud?
III. Yangi dars mavzusi mazmunini tushuntirish:
Din jamiyat hayotida muhim o‘ringa ega. U kishilarda ezgulikka intilish, o‘zini ruhan va jismonan poklash, atrofdagilarga manfaat yetkazish, hayotni qadrlash kabi ijobiy xislatlarni shakllantiradi. Dinlar kishilarni hamisha yaxshilikka, ezgu ishlarga chorlab kelgan. Dunyo xaritasidagi deyarli har bir mamlakatda yashovchi xalq muayyan dinga e’tiqod qiladi, uning o‘z urf-odat va an’analari mavjud. Dunyo xalqlari tarixini o‘rganishda ularning diniy qarashlari, e’tiqodlari va diniy amaliyotlarini e’tibordan chetda qoldirish mumkin emas.
Sizlarning yaxshilaringiz dunyo ishini deb oxirat ishini, oxiratni deb dunyo ishini tark qilmaydigan va
odamlarga malolligini tushirmaydiganlaringizdir.
Hadis
Din — arabcha so‘z bo‘lib, o‘zbek tilida ishonch, e’tiqod qilish ma’nolarini anglatadi.
Ehtiyojing tushadigan ilmni o‘rganishdan o‘zingni olib qochma!
Imomi A’zam
Abu HanifaXVII-XIX asrlarda yashab ijod qilgan ba’zi yevropalik tadqiqotchilar insoniyat taraqqiy etib borgani sari uning qo‘rquvlari ham kamayadi, u mustaqil bo‘ladi, bu esa dinlarning butkul yo‘q bo‘lib ketishiga olib keladi, deb bashorat qilgan edilar. Biroq vaqt o‘tishi bilan bu fikr amalda o‘z tasdig‘ini topmadi.
Din jamiyatda insonlar dunyoqarashini shakllantirish, tasalli berish (kompensatorlik), birlashtirish, boshqarish, kommunikativlik, ruhiy-ma’naviy tarbiyalash kabi bir qator vazifalarni bajarib kelgan.
IJODIY FAOLIYAT
1. Mazkur rasmlardagi umumiylik va o‘ziga xos jihatlarni aniqlang.
2. Rasmlarni tahlil etib, jahon va milliy dinlarga ajrating.
3. Rasmlar asosida dinning ijtimoiy hayotdagi o‘rni va ahamiyatiga tavsif bering.
Dinning tasalli beruvchilik vazifasini olaylik. Inson bolasi boshiga biror musibat, qiyinchilik tushganida o‘ziga dindan ovutuvchi, ko‘ngliga taskin beruvchi, yupatuvchi kuch topgan. Din birlashtirish vazifasini ham bajarib, insonlar orasida hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qiladi. Har bir din e’tiqod qiluvchilarini o‘z qoidalariga amal qilishga chaqiradi. Ularni bu qoidalarga sodiqlikka undaydi va shu yo‘l bilan insonlarni birlashtiradi.
Din o‘ziga e’tiqod qiluvchilarning turmushini tartibga solib, boshqarish vazifasini ham bajaradi. Bu vazifa axloq normalari asosida amalga oshiriladi. Din axloq normalarini tartibga soladi hamda halol va harom, savob va gunoh nima ekanligini belgilab beradi.
Dinning kommunikativlik vazifasi shundaki, diniy urf-odat, an’ana, marosim va bayramlarni birgalikda o‘tkazishga, qarindoshlik, birodarlik, dindoshlik aloqalarini mustahkamlashga chaqiradi. Din inson hayotining ezgulik mohiyatini ochadi. Bu uning insonlarni ruhiy- ma’naviy tarbiyalash vazifasini ado etayotganiga yaqqol dalildir.
Dostları ilə paylaş: |