gaplashib o‘tirishardi. Qor tingan, tashqarida
quyosh charaqlab ketgan shekilli, uy ichi yop
yorug‘ edi. Endi sutchoyga zog‘ora non botirib
yeyishga kirishgan edim, tashqarida kuchugim
jonholatda akillay boshladi. Eshik sharaqlab
ochil- di-yu, ostonada Dalavoy paydo bo‘ldi”.
Ushbu parcha O’kir Hoshimovning
“Dunyoning ishlari” qissasidagi qaysi
hikoyadan olinganini toping.
A)“Qanoat” B)“Kaltakesakning dumi”
C) “Havas” D) “Imon “
8.
Tinish belgisi to’g’ri qo’llangan qatorni toping.
A) Men insoniy axloqning asl mohiyatini
anglab yetdim, Bu qimmatbaho ne’mat sukut
saqlamoqlikdir.
B) O‘zini ilmga bag‘ishlaydigan kishi
odamlarga mehribon, haqgo‘y; fisq-u fujur,
gina, xiyonat, makr va xiyladan xoli bo‘lishi
kerak.
C) O‘zini anglash va fikrlash - hamma
odamlarga xosdir.
D) Olgil mandin nasihat, o‘g‘lim, ilm-u adab
o‘rgangin. bo‘lub bilimli ulug‘ xalq ichida
boshqag‘a ilm-u adab o‘rgatgin.
9.
I.Ilmli bo’lishga intilish jumlayi mo‘min er va
ayollarga oliy sharafdir.
II.Haqiqiy olimning so‘zi, o‘yi, fikri va ishi bir
xil bo‘ladi.
III Ulamolar suhbatida bo‘l; pok, sof niyatli
kishilarga talpin.
1.Uyushiq bo’lak 2. Ajratilgan bo’lak
3. Aniqlovchili birikma 4. Holli birkma
5. To’ldiruvchili birikma
Har uchala parchada ishtirok etgan birliklarni
toping.
A) 1 va 3 B) 1 va C) 2 va 4 D) 3 va 5
10.
Bizning eng bebaho ma’naviy boyligimiz ota-
bobolarimiz aql-zakovatining mahsuli bo‘lgan,
ularning dahosi mujassamlashgan noyob
asarlardir, bunday merosga ega xalqlar esa
dunyoda ko‘p emas
.
Yuqoridagi parcha haqida to’g’ri ma’lumot
berilgan qatorni toping.
A) Yasama so’zlar bir turkumdan yasalishi
kuzatiladi.
B) Olmoshlar tobe bo’lak vazifasida kelishi
kuzatiladi.
C) Kesimlarning tuzilishiga ko’ra bir turi
ishtirok etishi kuzatiladi.
D) Otning tuzilishiga ko’ra uch turi ishtirok
etishi kuzatiladi.
11.
Imloviy jihatdan to’g’ri yozilgan so’zlar
qatorini toping.
A) hay’at, maslahat, memor
B) kamomad,kamharj,advakat
C) ixtisoslik,ixcham, istefo
D) iste’dod,suxandon,xo’randa
12.
Quyidagi baytlar haqida ma’lumotlarni toping
1.Vasl uyin obod qildim, buzdi hijron oqibat,
Seli g‘amdin bu imorat bo‘ldi vayron oqibat.
2. Baski, qon bo‘ldi yurokim gavhari ashk
o‘miga,
Qatra-qatra ko‘zlarimdin tomdi marjon oqibat.
3. Nodira, bulbul kabi to nola insho ayladim,
Navbahor o‘tti, xazon o‘ldi guliston oqibat
A) G’azalning birinchi bayti
nodira o’zini
bulbulga o’xshatadi.
B) Har uchala baytda rafiy unli harf
hisoblangan.
C) G’azalning oxirgi baytida ko’zlaridan
daryoday yosh tomganini tashbehlantirgan.
D) G’azalning birinchi baytida ko’z yoshi sabab
ko’ngli singanini ta’kidlagan.
13.
G’azal haqida noto’g’ri ma’lumot berilgan
qatorni toping.
A) G’azalning oxirgi baytida lirik qahramon
o’zini bulbulga o’xshatganini ko’rishimiz
mumkin.
B) Qofiyalangan so’zlarning barchasi mutloq
qofiyada ekanligini ko’rishimiz mumkin.
C) G’azalning baytlarida tashbeh she’riy
san’atidan foydalanganini ko’rishimiz
mumkin.
D) G’azalning oxirgi baytida tazod she’riy
san’atidan foydalanganini ko’rishimiz
mumkin.
14.
Qaysi javobda "Sohibqiron" dramatik dostoni
qahramonlaridan biri bo‘lgan Itolmos haqida
ma’lumot berilgan?