Matnni o’qing va berilgan topshiriqlarni bajaring.
Yupiter (arablarda Mushtariy) Quyoshdan beshinchi o‘rinda joylashgan bo‘lib, uni “sayyoralar qiroli” deb
atashadi. U barcha sayyoralar ichida eng kattasi va o‘z o‘qi atrofida tez aylanuvchi sayyora hisoblanadi.
Uning diametri Yernikiga nisbatan 11 marta, o‘lchami jihatidan 318 marta katta. U osmondagi yorqinligi
bo‘yicha Quyosh, Oy va Veneradan keyin turadigan to‘rtinchi ob’yektdir.Yupiter Quyosh tizimidagi eng
katta va Quyoshdan uzoqligi bo‘yicha beshinchi sayyoradir. U Saturn, Uran, Neptun singari gazli
gigantlardan hisoblanadi. Bu sayyora juda qadim zamonlardan odamlarga ma’lum bo‘lgan. Yunonlarda
Zevs, rimliklarda Yupiter (momaqaldiroq xudosi) nomi bilan atalgan.Yupiterning hozirgi kunda 67 ta
yo‘ldoshlari bor.
Atoqli Italiya astronomi Galileo Galiley 1610-yilda Yupiterning to‘rtta katta yo‘ldoshini kuzatgan.O‘sha
yillar bu yo‘ldoshlarni nemis astronomi Simon Marius ham kuzatgan va 1614-yili ularni Io, Yevropa,
Ganimed, Kallisto nomlari bilan atagan. Bu yo‘ldoshlarning barchasi yorqin va Yupiterdan uzoqlashgan
orbitalar bo‘ylab harakat qilishadi. Yupiterning Yevropa yo‘ldoshi keyingi paytlarda olimlar e’tiborini
o‘ziga qaratgan yo‘ldosh hisoblanadi. Chunki uning tarkibida kislorod yuqori bo‘lgan tarqoq atmosferasi
mavjud ekan. Bu yo‘ldosh muz qatlamlari ostida muzlab qolmaydigan okean va unda mikroskopik hayot
mavjud degan fikrlar ham yo‘q emas. Ammo bu yo‘ldosh yuzasini balandligi 15 metr keladigan muz
nayzalari qoplagan bo‘lib, ular kosmik apparatlarni uning sathiga qo‘ndirishda jiddiy to‘siq bo‘lishi ham
mumkin.
Yupiterni olimlar qaynab turgan suyuq vodorod okeani, deb atashadi. Yadrosini hisobga olmaganda, bu
sayyora atmosferasi tarkibining 60 foizini molekulyar vodorod, 36 foizini geliy, 3 foizi neon, 1 foizga yaqin
amiak va metan tashkil etadi. Yerga nisbatan u Quyosh energiyasini 27 marta kam oladi. Shuning uchun
Quyosh nuri tushgan va eng ko‘p isiydigan sirtidagi temperatura minus 100, 150 gradus atrofida bo‘ladi.
Atmosferadagi chang-bulutlar Yupiter aylanib turgani sabab uning ekvatori tomon intilib, halqalar
ko‘rinishini olgan. Uning yo‘ldoshlaridan 4 tasi - Adrastiya, Fiva, Metida va Amalteyalar ana shu halqalar
ichida harakat qiladi. Gamiliya deb ataluvchi halqasi 2000 yildan keyin Yupiter yo‘ldoshlaridan birining
boshqa yo‘ldoshiga to‘qnashishi tufayli yuzaga kelgan parchalardan tashkil topgan. Biz yuqorida
sayyoraning Yevropa yo‘ldoshi to‘g‘risida biroz ma’lumot bergan edik. Bundan oldin u tomon uchirilgan
«Galiley» ASS uning birinchi sun’iy yo‘ldoshiga aylangan edi. Uning Io yo‘ldoshi ham ancha qiziqarli
yo‘ldoshlardan biridir. Bu yo‘ldosh Yupiterga eng yaqin, Yupiter atrofida unga sinxron aylanib turadi,
ya’ni uning Yupiter atrofida aylanish davri Yupiterning o‘z o‘qi atrofida aylanish davriga teng. Demak, Io
Yupiterga bizning Oy kabi faqat bir tomoni bilan qaragan bo‘ladi. U Quyosh tizimida eng faol va kattaligi
jihatidan to‘rtinchi yo‘ldoshdir. Unda 400 dan ortiq harakatdagi vulqonlar mavjud. Bundan tashqari, Ioda
tog‘lar ham nihoyatda ko‘p. Hatto Janubiy Boosava tog‘i Yerdagi Jomolungma tog‘idan ikki barobar baland
hisoblanadi.Teleskopda kuzatilganda Yupiter sirtida ekvator bo‘ylab qora belbog‘lar ko‘rinadi. Bu
belbog‘lar vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib turadi. Bundan ko‘rinayotgan hodisalar uning sirtida emas, balki
atmosferasiga tegishli, degan xulosa kelib chiqadi. Yupiter gardishida bunday o‘zgarib turadigan
belbog‘lardan tashqari, deyarli doimiy, o‘zgarmaydigan detallar ham kuzatiladi.
28.Matn mazmuniga mos to‘g‘ri shakllantirilgan
gapni aniqlang.
A) Sayyorada hayot mavjudligi haqidagi farazlar
uning sirtidagi muz qatlamining atmosfera
haroratiga bog’liq.
B) Yupiter tabiiy yo’ldoshlarining u bilan
mutanosib harakatlanishi sayyoraning o’zaro
oraliq masofasidan kelib chiqadi.
C) Yupiter belbog’larining gohida o’zgarib turishi
sayyora radiusining turli muz nayzalaridan
tashkil topganligidan dalolat.
D) Sayyora halqalari uning harakatidan hosil
bo’lib, sayyora atrofida belbog’ ko’rinishi olgan
29. Matn mazmunida aks etgan ma’lumotni
aniqlang.
A)Yupiter yorqinligi bo’yicha Quyosh, Oy va
Venera kabi osmon jismlari bilan bir qatorda
turadi.
B) Yupiterdagi gaz miqdori Saturn, Uran va
Neptun sayyoralaridan ko’ra ko’proqni tashkil
qiladi.
C) Simon Marius tomonidan nomlangan tabiiy
yo’ldoshlar sayyora halqalari ichida
harakatlanadi.
D) Sayyora tabiiy yo’ldoshlari nemis va italyan
olimlari tomonidan bir paytda o’rganilgan.
30. Matn mazmuniga mos to‘g‘ri ifodalangan
ma’lumotni aniqlang.