MAYMUNJON(Rubus kaesius) ra`noguldoshlar oilasidan bo`lib butasimon bo`yi 50-150 sm ko`pincha yotib o`sadi ko`p tikanli ba`zan dag`al tuklar bilan qoplangan bo`ladi. Bargi uch bargchali , barg bandi yukli va tikanli. Guldor novdalari uzun ,to`pgullar o`rnashgan. Mevasi bir qancha danakli,ko`k qoramtir rangli. U may –iyun oylarida gullaydi. Mevasi iyun –iyul oylarida pishadi. U ariq va daryo qirg`oqlarida, zax yerlarda, to`qayli hamda toshli qoyaliklarda o`sadi.
Mevasi tarkibida shaker,efir moyi, tanid,oqsil moddasi, flavonlar, kaliy va fosfor tuzlari,olma ,chumoli, limon kislotalari va S vitamini ko`p bo`ladi. Oydali jihatlari juda ko`p.
YULG`UN (tamarix litvinoli)yulg`undoshlar oilasidan,bo`yi 5-6 m ga yetadigan buta yoki kichik daraxt. Barglari deyarli reduksiyalashgan,cho`zinchoq,oval shaklida,uchi o`tkir.u aprel –may oylarida gullaydi. Gullari mayday binafsha rangda bo`lib shoxlarining uchida zich to`pgul hosil qiladi. Mevasi sentabr oyida pishadi. Mevasi 3-4 qirrali, ko`sakcha ichida ko`p urug`I bo`ladi. U asosan Buxoro ,Xorazim ,Qoraqalpog`iston vohalarida ko`p o`sadi. U ko`mir tayyorlash va yoqilg`I sifatida muhim ahamiyatga ega.
QAMISH ( phragmites kommunis) boshoqdoshlar oilasidan . ko`p yillik ildizpoyali
O`sish sharoitiga qarab bo`yi 2-4 m ga yetadi. Uning poyasi tik o`sadi, tuksiz silliq ,ichi bo`sh. To`p gullari ro`vaksimon. Qamish iyul-oktabr oylarida gullaydi va urug`laydi. U ariq bo`ylarida,daryo qirg`oqlarida, ko`l atroflarida hamda to`qayzorlarda keng tarqalgan. Bu o`simlikdan yuqori sifatli silos tayyorlashda
Oydalaniladi. U organic moddalar va minerallarga juda boy.
LO`X (tupha elephantine) to`zg`oqdoshlar oilasidan,bo`yi 150-200 sm ga yetadigan ko`p yillik o`simlik. Barglari poyasining ostki qismi tevaragida joylashgan,uzunligi 1-1,7 sm. Iyul –avgust oylarida gullaydi. Changchi va urug`chi gullari o`simlik poyasinig uchida ro`vaksimon guldasta g`uj bo`lib to`plangan. Changchi urug`chiga nisbatan yuqoriroqda joylashgan. Gullari juda mayday gulqo`rg`oni bo`lmaydi.balki tukli gulyonbarglari bo`ladi. Uning pishgan mevasi momiuchuvchan tukchalar bilan qoplangan. Bu tukchalar selluloza moddasiga juda boy. Lo`x va uning boshqa turlarida sanoatda, qishloq xo`jaligida(arqon va dag`al matolar to`qishda) keng oydalaniladi.
SPARJA(asparagus persikus baker) piyozguldoshlar oilasidan,bo`yi 60-120 sm ga yetadigan,poyasi o`ralib o`suvchi ko`p yillik o`simlik. Shakli o`zgargan novdalari
Yashil rangli to`g`ri silliq,yo`g`onligi 0,5 mm,o`rtadagi va yuqori barglari uzun pixli. Sparja may oyida gullaydi.gulbandlari uzun, gulqo`rg`oni ikki hil:changchisi qo`ng`iroqsimon ,urug`chisi sharsimon. Mevasi iyun oyida pishadi. U qizil sharsimon eni 6-7 mm, u ba`zi joyda juda qalin o`sib,manzara hosil qiladi.
ECHKITOL( salix songaria Aders) tolldoshlar oilasidan bo`yi 8 -10m ga yetadigan daraxt. Shoxchalari ingichka yosh novdalari sarg`ishroq , tuksiz. Barklari tuksiz silliq uzunligi 3 7.5 sm eni 6 -10mm bo`ladi. U aprel oyida gullaydi. Gullari ikki uyli tangaccha shaklida, oqish sariq. Changchisi 3 tapastki tomoni sersuv . Mevasi may oyida pishadi.
JIYDA ( Eleagnus orientalis ) jiydadoshlar oilasidanbo`yi 3 m ga yetadigan daraxt. Tanasi qizg`ish kul – rang. Barglari tuxumsimin cho`zinchoq yoki lansetsimon, uzunligi 1,5 -5 sm . novdalarining uchi ko`pincha tikanli bo`ladi yosh novdalarinin usti va barglari kkumishsimon yaltiroq, maayda guborlar bilan qoplangan. Jiyda may oyida gullaydi, gullari mayday ko`rimsiz. Mevasi sentabr- oktabr oyida pishadi u mayday uzunligi 1-2 sm ga yetadi. U qizil sariq tusda. Uning tarkibida 60 % yaqin qand moddasi bor, shu sababli ham uning mevasi spirt sanoatida keng qo`llaniladi. Uning mevasidan kisel ishlab chiqarishda ham foydalaniladi. Bu dori sifatita foydalaniladi. Jiydaning yog`ochi qattiq.
Dostları ilə paylaş: |