Hamshiralik ishi (patronaj hamshiralari) mutaxassisligi bo’yicha shakllantirilgan og’zaki savollar ro’yxati Ikkinchi malaka toifalari uchun



Yüklə 60,04 Kb.
səhifə2/3
tarix21.10.2023
ölçüsü60,04 Kb.
#158868
1   2   3
Hamshiralik ishi (patronaj hamshiralari) mutaxassisligi bo’yicha

Birinchi malaka toifasi uchun:



  1. O’tkir va surunkali leykozlar: patogenezi, klinikasi, hamshiralik parvarishi.

  2. Laringospazm patogenezi, klinikasi, birinchi tibbiy yordam, hamshiralik parvarishi.

  3. Talvasa (sudorogi sindromi) kelib chiqish sabablari, turlari, shoshilich yordam ko’rsatish.

  4. Anafilaktik shokning belgilari, tez tibbiy yordam, hamshiralik parvarishi.

  5. Arterial (tashqi) qon ketishi, sabablari, belgilari, tez tibbiy yordam ko’rsatish.

  6. Kapillyar qon ketishi sabablari, belgilari, tez tibbiy yordam ko’rsatish.

  7. Burun qonashi, sabablari, belgilari, tez tibbiy yordam ko’rsatish.

  8. Gipertermiya turlari va ularning belgilar, tez tibbiy yordam, hamshiralik parvarishi.

  9. Anemiyaning turlari va belgilari, hamshiralik parvarishini yuritish.

  10. Koma va uning turlarini sanab bering.

  11. Bronxial astma xuruji sabablari, belgilari, tez tibbiy yordam ko’rsatish.

  12. Tug‘ruqgacha bo‘lgan akusherlik shoshilinch holatlarida hamshiraning taktikasi nimadan iborat?

  13. Suyak sinishi belgilari va suyak sinishida tez tibbiy yordam ko’rsatish.

  14. Ochiq yaralarda birlamchi ishlov berish va shokni oldini olish chora –tadbirlarini sanab bering.

  15. Elektr toki urishi sabablari, klinik belgilari, tez tibbiy yordam ko’rsatish algoritmi.

  16. Kuyish turlari va darajalarini sanab bering. Termik kuyishda shoshilinch yordam ko’rsatish.

  17. Ximyoviy kuyish nima? Ximyoviy kuyishning sabablari, tez tibbiy yordam ko’rsatish algoritmi.

  18. Anafilaktik shokning sabablari va belgilarini sanab bering.

  19. Cho‘kishda tez tibbiy yordam ko‘rsatish algoritmini sanab bering.

  20. Gemorragik shok belgilarini sanab bering. Tez tibbiy yordam ko’rsatish algoritmi.

  21. Gemorragik shok belgilari va tez tibbiy yordam ko’rsatish algoritmi.

  22. Venoz qon ketishning belgilari va tez tibbiy yordam ko’rsatish asoslari.

  23. Ichki qon ketishining belgi va simptomlari. Qorin bo’shlig’idan qon ketishida tez tibbiy yordam ko’rsatish.

  24. Yurak-o‘pka-miya reanimatsiyasi (YuO‘RM)ni o‘tkazish uchun ko’rsatma va mone’liklarni sanab va algoritmini aytib bering.

  25. Terminal holatlarning fazalarini sanab bering.

  26. Qizilo‘ngach, oshqozon-ichakdan o‘tkir qon ketishlarda klinik belgilari va tez tibbiy yordam ko’rsatish.

  27. Homiladorlikni erta va kechki muddatlarda hamshiralik parvarishi.

  28. Universal progressiv modelning maqsadi va vazifalarini sanab bering.

  29. Homilaga ichki va tashqi muhit omillarining ta'sirini sanab bering.

  30. Qabziyat nima, uning turlari va qabziyatda bemorlarni parvarish qilish.

  31. Bemorlarni sub’ektiv tekshirish usullarining ahamiyati, o‘tkazish tartibini aytib bering.

  32. Bemorlarni ob’ektiv tekshirish usulini aytib bering.

  33. O‘tkir va surunkali bronxit kasalligining belgilari, hamshiralik parvarishi.

  34. Laktatsiya jarayonini yaxshilash usullarini sanab bering.

  35. Homiladorlikda kechadigan kamqonlik kasalligini va tug‘ruqning kechishiga ta'sirini aytib bering.

  36. O‘tkir gastrit belgilari, kechishi, hamshiralik parvarishi, profilaktikasi namadan iborat.

  37. Surunkali gastrit belgilari, kechishi, hamshiralik parvarishi, profilaktikasi.

  38. Yuqumli kasalliklarni oldini olishda emlashning ahamiyati haqida ma’lumot bering.

  39. O‘tkir xolesistit belgilari, kechishi, hamshiralik parvarishi.

  40. Surunkali xolesistit belgilari, kechishi, hamshiralik parvarishi, profilaktikasi.

  41. Vitaminlar haqida tushuncha, vitaminlarning organizmda tutgan o‘rni, gipo, avitaminozlarning mohiyati, sabablari.

  42. Chaqaloqlar termoregulyatsiyaning buzilishiga sabab bo‘luvchi omillarni sanab bering.

  43. Chaqaloqni samarali emizishning 4 ta asosiy jihatlari haqida ma’lumot bering.

  44. Chaqaloqlarda talvasa kuzatilganda birinchi yordam ko‘rsatish va hamshiralik parvarishini ko’rsatish.

  45. Chaqaloqlarda fiziologik sariqlik qachon paydo bo‘ladi va hamshira parvarishi.

  46. Salomatlik nima? Salomatlikka salbiy ta'sir etuvchi omillarga nimalar kiradi.

  47. Kontratseptiv vositalarga nimalar kiradi va ularning afzalligini sanab bering.

  48. Emlash xonasida qanday tibbiy xujjatlar yuritiladi?

  49. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning kindigini uy sharoitida parvarish qilish texnikasi.

  50. OIVni shifoxona ichi infeksiyasi sifatida tarqalishini oldini olish chora- tadbirlarida hamshiraning vazifalari qanday.

  51. Immunoferment tahlili uchun olingan qon namunasi sovutgichda (+4+8°S) qancha vaqt saqlanishi mumkin.

  52. Laboratoriyaga serologik tahlillar uchun olib kelinayotgan qon yoki zardob miqdori qancha bo‘lishi kerak.

  53. OIV infeksiyada muloqotdan keyingi profilaktika nimalarni o‘z ichiga oladi.

  54. Tibbiy muassasada tibbiyot xodimlari uchun umumiy ehtiyotkorlik choralari nimalardan iborat.

  55. Davolash-profilaktika muassasalarida dezinfeksiya va sterilizatsiya rejimlariga rioya qilishdan maqsad nima.

  56. Asboblarda oqsil va qon qoldig’ini aniqlash uchun qaysi sinamadan foydalaniladi.

  57. Raxit kasalligining sabablari, klinik belgilari, profilaktikasini ayting.

  58. Qariyalarni parvarish qilishni o’ziga xos xususiyatlarini ayting.

  59. Qo’li shikastlangan bemorni kiyimini almashtirish tartibini ayting.

  60. Meʼda va o’n ikki barmoq ichak yara kasalliklarida hamshiralik parvarishi.

  61. Zotiljam kasalligi sababi, belgilari va unda hamshiralik parvarishi.

  62. Qalqonsimon bez kasalliklari sababi, belgilari va hamshiralik parvarishi.

  63. Sil kasallagi haqida tushuncha, sababi, belgilari va hamshiralik parvarishi.

  64. Bavosil (gemorroy) kasalligi, sababi, belgilari va hamshiralik parvarishi.

  65. Kollaps sabablari, belgilari va hamshira taktikasi.

  66. Piyelonefrit sabablari, belgilari va hamshiralik parvarishi.

  67. Glomerulonefrit sabablari, belgilari va hamshiralik parvarishi.

  68. Shizofreniya haqida tushuncha, bemorni nazorat qilish va qo’zgalishda hamshira taktikasi.

  69. Ilon chaqqanda klinik belgilar va birinchi yordam ko’rsatish.

  70. It tishlaganda klinik belgilar va birinchi yordam ko’rsatish.

  71. Zaharlanish turlari, klinik belgilari va birinchi yordam ko’rsatish.

  72. Premedikatsiya haqida tushuncha bering.

  73. Jarohatga birlamchi jarrohlik ishlov berishda hamshira taktikasi.

  74. Traxeomastoma qo’yishga ko’rsatmalar va hamshira parvarishi.

  75. Bemorni ob’ektiv va sub’ektiv tekshirish usullarini ayting.

  76. Og’izdan og’izga sunʼiy nafas berish texnikasini ayting.

  77. O’pkaninig surunkali obstruktiv kasalliklarida patronaj hamshira parvarishi.

  78. Yurakning ishemik kasalliklarida patronaj hamshira taktikasi.

  79. Siydik chiqarish yo’li kasalliklarida patronaj hamshira taktikasi.

  80. Tungi enurezda patronaj hamshira taktikasi.

  81. Yuqumli gepatit kasalligida bemor bilan muloqotda bo’lganda ko’riladigan chora-tadbirlarni ayting.

  82. Qizamiq o’chog’ida olib boriladigan profilaktik tadbirlarni ayting.

  83. Brutsellyozda qaysi organlar zararlanadi va klinik belgilarni ayting.

  84. Bemor 3 kundan ortiq isitmalasa qanday tekshirish usulini o‘tkazilish kerakligini aytib bering.

  85. Pedikulyoz aniqlaganda bemorni sanitar tozalovini o’tkazishda hamshira taktikasi.

  86. Tepki o’chog‘ida olib boradigan epidemiyaga qarshi profilaktika tadbirlarini ayting.

  87. Yangi tug’ilgan chaqaloqlar orasida kasallanish va o’limning oldini olish uchun birinchi navbatda qanday tadbirlar o’tkazish zarur.

  88. Gripp belgilari, oilada, jamoat joylarida kasallikni oldini olishda hamshiraning vazifalari qanday.

  89. Xirurg va operatsiya hamshirasining qo’lini zararsizlantirish usullarini ayting.

  90. Sterillangan tibbiy asbob-anjomlarning sterillik belgilarini ayting.

  91. Ishlatilgan tibbiy instrumentlarni dezinfektsiya qilish tartibini ayting.

  92. Steril stolni tayyorlash va yaroqlilik muddati ayting.

  93. Bog’lov materillari va ularni tayyorlashda hamshiraning vazifalari.

  94. Oral regidrotatsiyani tashkil etish va o’tkazishda hamshiraning vazifalari.

  95. Nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko’rikdan o’tkazish va yosh oilalar bilan olib boriladigan tadbirlarda hamshiraning vazifalari.

  96. Sog’lom turmush tarzini targ’ibot qilishda mahallalarda olib boriladigan ishlarda hamshiraning vazifalari.

  97. Homiladorlarni tug’ruqgacha kuzatuvida patrоnaj hamshirasining vazifalari.

  98. Skrining markazlarini tashkil etishdan maqsad va unda hamshirasining vazifalari nimadan iborat.

  99. Zaharlanishlarda me’dani yuvishda hamshiraning taktikasi.

  100. Sun’iy nafas va yurakni bilvosita massaj qilish texnikasi aytib bering. Sun’iy nafas va yurakni bilvosita massaj nisbatlarini ayting.

  101. Ko‘zning termik va kimyoviy kuyishlarida klinik belgilar. Ko’zning termik va kimyoviy kuyishlarda shoshilinch yordamni ayting.

  102. Homiladorlik toksikozi. Erta va kechki toksikozlar.

  103. Qizilo’ngach, oshqozon-ichakdan o‘tkir qon ketishlarda shoshilinch tibbiy yordam. Qizilo’ngach, oshqozon-ichakdan o’tkir qon ketishining klinik belgilari.

  104. Bosh miya chayqalishi, sabablari va feldsher yordami. Kollaps nima.

  105. Yurak-o‘pka-miya reanimatsiyasi(YuO‘RM)ni o‘tkazish texnikasi. Yurak-o’pka-miya reanimatsiyasida massaj va sun’iy nafas nisbatlari - agar yordam ko’rsatuvchi 2 ta bo’lsa.

  106. Konikotomiyaga ko’rsatma va bajarish texnikasini aytib bering. Konikotomiyada kerakli jihozlarni aytib bering.

  107. Narkotik moddalardan zaharlanish belgilari va tez tibbiy yordam.

  108. «Lomka » maʼnosi nima va bu holat qaysi kasallikda kuzatiladi?

  109. Nevralgiya va radikulitning klinik manzarasi. Nevralgiya va radikulitlarda shifoxonagacha bo‘lgan bosqichdagi tez tibbiy yordam.

  110. Qaysi o’ta xavfli yuqumli kasallikka qarshi qayta emlash 5 yilda o’tkaziladi.

  111. Suvsizlangan bemorlarda oral regidratatsiya o‘tkazish texnikasini ko’rsating.

  112. Virusli gepatit “B” va “C” kasalligini keltirib chiqaruvchi omillarni sanab bering.

  113. O‘latga qarshi kiyim kiyish yechish tartibini ayting.

  114. Giperglikemik komada birinchi yordam ko‘rsating. Qandli diabet kasalligini sabablarini aytib bering.

  115. Bolalarga ichak sanchig‘ida shoshilinch yordam ko‘rsating. Gaz haydovchi naychani qo’yish uchun kerakli jihozlarni sanab bering.

  116. “Kramer” shinasidan foydalanish texnikasini bajarishni aytib bering.

  117. Gemorragik isitma qanday kasallik. Qon ketishini to’xtatish usullarini ko‘rsating.

  118. Orqa miya suyuqligini olish texnikasini ayting. Punktsiya uchun kerakli jihozlar to’plamini aytib bering.

  119. Qusishda birinchi yordam ko’rsatish. Qusishni turlarini aytib bering.

  120. Metall tibbiy asboblarning sterillanganlik sifatini tekshirish usullari. Optik tibbiy asboblardan: bronxoskop, traxeoskop, gastroskop, rektoskop, sistoskop, uretroskoplarni sterillash usullari.

  121. Gemotoraks belgilari sabablari va tez tibbiy yordam. Ko’krak qafasiga qon quyilganda bemorni to’g‘ri transportirovka qilishni aytib bering.

  122. Anafilaktik shok va birinchi tibbiy yordam. Kvinke shishini xarakterlang.

  123. Namlangan kislorod berish texnikasi. Bobrov apparatiga tarif bering.

  124. Ishlatilgan tuvak yoki siydikdonlarni zararsizlantirish. Gipoxlorid eritmasini tayyorlash texnikasini aytib bering.

  125. Apnoe va dispnoe tushunchasi. Nafas yetishmovchiliklarini nechta bosqichi bor.

  126. Insulin dozasini hisoblash va insulinni shpritsga tortish va bemorga yuborish texnikasi.

  127. 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarni patronaj hamshira tomonidan olib boriladigan kuzatuvi.

  128. 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarning o’sish va rivojlanish monitoringini patronaj hamshira tomonidan olib borilishi.

  129. Sil kasalligining belgilari va profilaktikasi.

  130. Yuqumli kasalliklarni oldini olishda emlashning ahamiyati.

  131. “Bexatar onalik dasturi” ning mohiyati.

  132. Yigirma sakkiz kunlik xayz siklida ovulyasiya sodir bo’lishi.

  133. Nospetsifik yallig’lanish kasalliklarini kelib chiqaridigan mikroorganizmlar.

  134. Patronaj hamshirasi qanday ko’nikma.

  135. Diarea zotiljam, qizamiq, bacterial dezinteriya, ovqatdan zaharlanish, isitma bilan og’ir kechuvchi boshqa kasalliklar bola hayotiga qanday havf solish mumkin.

  136. Diareya bilan kasallangan 2 yoshgacha bo’lgan bolaga har gal ichi suyuq kelganda nechi ml qo’shimcha suyuqlik berish kerak.

  137. Chaqaloqlik va ilk bolalik davridagi to’g’ri ovqatlanish qanday ahamiyat kasb etadi.

  138. Bolalarga oson hazm qiladigan qaysi donlardan bo’tqalarni tayyorlash kerak.

  139. Bolalarda organizmda vitamin/ retinol yetishmovchiligi va provitamin karotinni yetishmovchiligi nima tufayli yuzaga keladi.

  140. O’zbekiston Respublikasida 2021- yildan pilot hududlarda qanday dori vositalarni berish boshlandi.

  141. Qalqonsimon bezning me’yoriy ishlashi uchun zarur bo’lgan kimyoviy element- bu.

  142. Yuqumli kasalliklarning oldini olishda emlash bolani hayotida qanday rol o’naydi.

  143. Profilaktik va epidemiyaga qarshi emlashni tashkillashtirish va o’tkazish kimlar tomonidan amalga oshiriladi.

  144. Organizmda temir moddasi yetishmaganda yoki yo’qotilganida vujudga keladigan kasallik-bu.

  145. Vazni nechi kg gacha bo’lgan bolani richagli tarozi yordamida o’lchash mumkin.

  146. Homilador ayolni dispenser kuzatuviga olinishi uchun qanday talablar qo’yilgan.

  147. Homilador ayol tamaki cheksa, tug’ilgan farzandida qanday kasalliklar kuzatilishi mumkin.

  148. Suyak singanda amal qilinadigan eng muhim vazifa nima.

  149. Kengaytirilgan oilaga ta’rif bering.

  150. BJSST konsepsiyasiga ko’ra aholiga tibbiy xizmat ko’rsatishning qanday turlari mavjud.



Yüklə 60,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin