O‘zbekistonning Iqtisodiy erkinlik indeksidagi o‘rni qanday o‘zgardi?
O‘zbekiston Iqtisodiy erkinlik indeksida o‘z o‘rnini 8 pog‘onaga yaxshilagan holda 109-o‘rinni egalladi. Mamlakat soliq yuki, investitsiyalar va savdo erkinligi bo‘yicha ilgariladi, lekin davlat xarajatlari va fiskal siyosat borasidagi holati yomonlashdi.
Soliq stavkasi
QQS – 12% (2022-YILDA 15% EDI)
Daromad solig‘i (12 foiz)
Mol-mulkiga solinadigan soliq (1,5 foiz)
Yer solig‘i (0,95 foiz) (Qishloq xo’jaligi uchun)
O’zbekistonda QQS TO’LOVCHILAR
2023-yil 1-oktabr holatiga QQS toʻlovchilar soni 190 062 taga yetdi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 14,3 % ko‘p.
Eng ko‘p QQS to‘lovchilar quyidagi sohalarda:
1. savdo – 59,1 ming;
2. sanoat – 47,8 ming;
3. qishloq xoʻjaligi – 27,5 ming.
QQS to'lovchilarining yuqori o'sish sur'atlari quyidagi sohalarda kuzatilmoqda:
1. axborot va aloqa xizmatlari – 46,7%;
2. transport – 40,2%;
3. xizmat ko'rsatish – 19,6%.
O’zbekistonda YTT
2023-yil 1-oktabr holatiga O‘zbekistonda YTTlar 245 873 tani tashkil etgan. Shundan:
83,7 % – qat'iy miqdorda daromad solig‘i to‘lovchi;
15,5 % – AOS to‘lovchi;
0,8 % – QQS to‘lovchi.
Yakka tartibdagi tadbirkorlar qaysi sohalarda faoliyat yuritadi?
1. chakana savdo – 118 952;
2. hunarmandchilik – 24 554;
3. maishiy xizmat koʻrsatish – 23 129;
4. boshqa faoliyat turlari – 79 238.
Soliqdan keshbek yig’ish
2023-yil iyul oyida soliq mobil ilovasida 2,6 mlndan ortiq iste'molchi tomonidan 151 mlrd so‘mga yaqin keshbek yig‘ilgan. Davlat esa 463 mlrd so’m soliq yig’gan
Iyul oyida cheklari eng ko‘p ro‘yxatdan o‘tkazilgan korxonalar: