Haqida rivoyat-qissa


Xurshid Davron. Amir Temur o‘g‘lining o‘limi haqida rivoyat



Yüklə 236,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/27
tarix07.01.2024
ölçüsü236,84 Kb.
#211533
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Amir Temur o‘g‘lining o‘limi haqida rivoyat

Xurshid Davron. Amir Temur o‘g‘lining o‘limi haqida rivoyat.
t.me/e_kutubxona
ma’lumki, ulug‘ Sohibqiron tiriklik paytida, u olib borgan jangu
jadalda uning yolg‘iz bir farzandi – Umarshayx mirzo 1394 yilning
qishida SHom urushi paytida, Xarmatu qal’asi ostonasida – tor bir
darada o‘q tegib halok bo‘lgani haqida tarixiy dalil bor. To‘ng‘ich o‘g‘li
bo‘lmish Jahongir mirzo o‘z ajali bilan 20 yoshida olamdan o‘tgan.
Amir Temur vafotidan so‘ng uch yil o‘tgach, 1408 yilning ko‘klamida
uning o‘rtancha o‘g‘li Mironshoh mirzo Qora YUsuf turkman bilan
bo‘lgan janglarning birida, Tabriz yaqinida o‘ldirilgan.
Xo‘sh, Amir Temur o‘g‘lining o‘limi bilan bog‘liq afsona qaysi voqealar
bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Agar uni Umarshayx mirzo o‘limi bilan
bog‘laydigan bo‘lsak, bu afsonani dalili bo‘ladigan voqealarni SHom
yurishi bayonidan topolmadim. O‘ylashimcha, bu afsonani afg‘onlar
orasida mavjud bo‘lishi bois, u Amir Temurning Hindistonga qilgan
yurishi davomida ro‘y bergan voqealardan tug‘ilgan bo‘lishi kerak.
Oxir-oqibatda uzoq izlanishdan so‘ng “Temur tuzuklari”da bu
afsonaga bevosita bog‘liq (bo‘lishi mumkin) ma’lumotlarni topishga
muvaffaq bo‘ldim. Biroq, ularni so‘zlab berishdan avval men
Hindiston yurishi qanday boshlanganini muxtasar bo‘lsa-da, hikoya
qilmoqchiman.
Hijriy sakkiz yuzinchi, melodiy 1398 yilning bahorida Amir Temur
yangi bog‘i – Dilkushoda mislsiz tantanalar bilan Xizrxo‘jaxonning qizi
To‘kalxonimni o‘z nikohiga qabul qildi. To‘y o‘choqlaridagi kul sovib
ulgurmay, uning amri bilan Samarqand va Kesh oralig‘ida joylashgan
Taxti Qoracha davoni osha o‘tadigan yo‘lni tuzatish va tog‘ etagida
yana bir g‘aroyib bir bog‘ bunyod etish ishlari boshlandi.
Sohibqironning o‘zi bo‘lsa Keshga yaqin bir o‘langda qurultoy
chaqirdi. Maqsadi: Hindiston yurishi maslahatini o‘rtaga solish edi.
Saltanatning muhim tadbirlari, bo‘lajak harbiy yurishlar rejalari
muhokama etiladigan qurultoy Amir Temur davlatining oliy kengashi
edi. SHu bilan birga qurultoy mamlakatning bosh tantanasi bo‘lib,
Sohibqiron qo‘li ostida birlashgan o‘lkalarni boshqarish bilan band
amirzodalar va boshqa davlati arkonlar uchun xuddi jang maydoni
bilan baravar, hatto undan-da yuqori turadigan o‘ziga xos sinov



Yüklə 236,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin