Haqida rivoyat-qissa



Yüklə 236,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/27
tarix07.01.2024
ölçüsü236,84 Kb.
#211533
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Amir Temur o‘g‘lining o‘limi haqida rivoyat



Xurshid Davron. Amir Temur o‘g‘lining o‘limi haqida rivoyat.
t.me/e_kutubxona
Xurshid Davron. Amir Temur o‘g‘lining o‘limi haqida
rivoyat.
Xurshid Davron
AMIR TEMUR O‘G‘LINING O‘LIMI
HAQIDA RIVOYAT-QISSA
I
QISH bilan bahor jangi – ayamajuz avjiga chiqqan pallada men sizga
Amir Temur haqidagi afsonalarning birini hikoya qilib berish
maqsadida qo‘limga qalam oldim.
Bu afsonani to‘qiganlar unga qanday nom berganlaridan
bexabarman, men uni “Amir Temur o‘g‘lining o‘limi” deb atadim. Uni
menga bir do‘stim gapirib bergan edi, do‘stimning aytishicha, bu
qadim afsonani u talabalar shaharchasida yashagan afg‘onlardan
eshitgan ekan.
Afsonani hikoya qilib berishdan avval, ikki narsa haqida biroz bo‘lsa-
da, to‘xtalib o‘tmoqchiman. Eng avvalo, “afsona o‘zi nima?”, degan
savolga javob izlamoqchiman. Odatimni kanda qilmagan tarzda,
o‘zining nomukammalligi bilan mashhur “O‘zbek tilining izohli
lug‘ati”ga qarayman. Mana, lug‘atning 1 jild 63-betidagi “Afsona”
so‘ziga yozilgan izoh: “1. Avloddan avlodga, og‘izdan og‘izga o‘tib
kelgan fantastik, ba’zan diniy mazmundagi hikoya, rivoyat, doston…
2. Ko‘chma: asossiz gap, yolg‘on-yashiq uydirma… 3. Ko‘chma: aql
bovar qilmaydigan, aqlga sig‘maydigan mislsiz narsa, ish”.
“«Afsonaviy” so‘ziga oid izoh: “1. Afsona janriga mansub bo‘lgan,
fantastik. 2. Faqat afsonalarda mavjud bo‘lgan, odatda yo‘q, xayoliy.
3. Ko‘chma: Uydirma, to‘qima. 4. Ko‘chma: Aql bovar qilmaydigan,
aqlga sig‘maydigan, misli ko‘rilmagan, mislsiz».


Xurshid Davron. Amir Temur o‘g‘lining o‘limi haqida rivoyat.
t.me/e_kutubxona
Agar e’tibor bergan bo‘lsangiz, barcha izohlarga “uydirma” so‘zi asos
qilib olingan. Aslida, shundaymikan? Bir o‘ris shoiri “Afsona – bu
haqiqatning siniq parchalaridir” deb yozgan edi. Agar, “afsona”
so‘ziga izoh bering desalar, men mana shu so‘zni takrorlagan
bo‘lardim. Zero, har qanday xayoliy yoki to‘qima afsona ham aslida
sodir bo‘lgani aniq, ma’lum bir tarixiy shaxs hayoti bilan uzviy bog‘liq
bo‘ladi. Bobil minorasining qurilishi, Nuh to‘foni yoki Samarqanddagi
SHohizinda mozori bilan bog‘liq afsona bo‘lsin, ularning har birining
asosida tarixiy dalil — haqiqat yotgan bo‘ladi. SHuning uchun ham
juda ko‘p qadimiy bitiklarimiz quyidagi jumla bilan boshlangan: “Bul
hikoyat agarchi afsona tusida ersa-da, haqiqatdan yiroq emasdur”.
Ingliz adibi CHesterton bitganidek, afsona har qanday dalildan ham
tarixiyroqdir. Dalil yolg‘iz bir odam haqida so‘z yuritsa, yoki u
odamlar qatnashgan voqea haqida ma’lumot bersa, afsona yuzlab va
millionlab odamlar taqdiri haqida, voqeani yuzaga chiqargan odamlar
haqida hikoya qiladi. Dalil ba’zan zamon almashishi bilan o‘z
mohiyatini, o‘z rangini o‘zgartirishi mumkin, ammo afsona abadiy
o‘zgarmas haqiqatdir. Tarix faqat xalq xotirasi ramzi bo‘lmish
asotirlar (afsona va rivoyatlar) yordamidagina moziy mohiyatini,
demak uning yuragini kashf eta oladi. Xotirasiz inson yuragi ham
quruq hujjatlar yig‘indisidan farq qilmaydi. Tarix vaqt haqida emas,
vaqt mobaynida yashagan inson haqida hikoya qilmog‘i zarur.
Demak, u vaqt hujjatlariga emas, inson xotirasiga suyangandagina
haqiqatni ochadi. Inson xotirasi afsonalarga hamnafas bo‘lgandagina
tirikdir. Faqat shundagina tarixiy dalil tiriladi. Afsona bilan hujjat
(dalil)ning o‘zaro bog‘lanishi aslida inson bilan vaqt bog‘lanishidir.
Tarix, deb yozadi Nikolay Berdyaev, tom ma’nodagi afsonadir…
To‘xtalmoqchi bo‘lgan ikkinchi masala men sizga so‘zlab bermoqchi
bo‘lgan rivoyat Amir Temur hayotining qaysi to‘xtamida bo‘lib o‘tgan
voqealar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin degan savolni
oydinlashtirishdir. Tarixiy bitiklarning guvohlik berishicha, Amir
Temurning to‘rt o‘g‘li bo‘lib, ularning ismlari: Jahongir mirzo (1356-
1376), Umarshayx mirzo (1356-1394), Amironshoh (Mironshoh) mirzo
(1367-1408), SHohruh mirzo (1377-1447) bo‘lgan. YAna shu narsa



Yüklə 236,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin