Har -XIL nominal kuchlanish ochiq zanjirli elektr tarmoqlari reja. Elektr tokini olchash. Quvvat va elektr energiyani o’lchash


Tok kuchi, kuchlanish va elektr qarshiligi



Yüklə 452 Kb.
səhifə2/8
tarix01.05.2023
ölçüsü452 Kb.
#105548
1   2   3   4   5   6   7   8
HAR -XIL NOMINAL KUCHLANISH OCHIQ ZANJIRLI ELEKTR TARMOQLARI

Tok kuchi, kuchlanish va elektr qarshiligi
Elektr toki. Tashqi kuch ta’sirida elektronlar harakati manfiy zaryadlangan atomlardan (ionlardan) musbat zaryadlangan atomlar (ionlar) tomon yo‘naladi. Elektronlarning ushbu oqimi tok deb ataladi. Tok berilgan nuqtadan oqib o‘tgan barcha elektronlar zaryadlari yig‘indisi orqali aniqlanadi. Elektronning zaryadi ancha kichik bo‘lib, 6280000000000000000=6,28·1018 ta elektronning birgalikdagi zaryadi kulon (C) deb ataladi. Agar berilgan nuqtadan bir sekund vaqt oralig‘ida bir kulon zaryad oqib o‘tsa, unda o‘tkazgichdan bir amper tok oqib o‘tdi deb hisoblanadi. Tok kuchi birligi fransuz fizigi Andre Mari Amper (1775-1836 yy.) sharafiga Amper (A) deb ataladi.
Elektr kuchlanishi. Agar o‘tkazgichning bir uchida elektronlar soni ortiqcha (manfiy zaryad), ikkinchi uchida esa yetishmasa (musbat zaryad) o‘tkazgich bo‘ylab tok oqa boshlaydi. O‘tkazgich uchlarida elektronlar yetishmovchiligi va ortiqchaligini hosil qiluvchi manba potensial bilan xarakterlanadi. Potensial bu manbaning ish bajarish qobiliyatidir.
O‘tkazgich uchlaridagi potensiallar farqi elektronlarning harakatlanishiga sabab bo‘ladi. Potensiallar farqi elektr yurituvchi kuch (e.yu.k.) yoki kuchlanish bilan bog‘liqdir. Kuchlanish bu o‘tkazgich bo‘ylab elektronlarni kuchiruvchi kuchdir. Kuchlanish birligi volt (V) bo‘lib, u Alessandro Volta (1745-1827 yy.) sharafiga quyilgan.
Elektr kuchlanishi va e.yu.k. qarama-qarshi elektr jarayonlarini xarakterlaydi: kuchlanishning musbat qiymati elektr energiyani boshqa tur energiyaga aylanish jarayoniga mos kelsa, e.yu.k.ning musbat qiymati boshqa tur energiyani elektr energiyaga aylanishiga mos keladi.
Elektr qarshilik. O‘tkazgich bo‘ylab harakatlanayotgan erkin elektronlar o‘z yo‘llarida atomlar bilan to‘qnashadi. Elektronlar oqimining ushbu to‘qnashishlari (qarama-qarshilik) elektr qarshiligiga sabab bo‘ladi.
Turli materiallar ma’lum elektr qarshiligiga ega bo‘lib, u material turiga, o‘lchamiga va haroratiga bog‘liqdir.
Kichik qarshilikli materiallar o‘tkazgichlar deb ataladi. O‘tkazgichlar juda ko‘p erkin elektronlarga ega bo‘lib, elektr tokiga kam qarshilik ko‘rsatadi. Kumush, mis, oltin, alyumin kabi elementlar kichik qarshilikka egadir.
Katta qarshilikka ega materiallar dielektriklar deb ataladi. Dielektriklarda erkin elektronlar miqdori ancha kam bo‘lib, elektr tokiga katta qarshilik ko‘rsatadi. Shisha, rezina, plastmassa kabi materiallar yaxshi dielektrik hisoblanadi.
Qarshilik omlarda (Ω) o‘lchanadi. U nemis fizigi Georg Simon Om (1787-1854yy.) sharafiga qo‘yilgan.
O‘tkazgichning qarshiligi uning materiali, uzunligi va ko‘ndalang kesim yuzasiga bog‘liq bo‘lib, bu bog‘liqlik quyidagi munosabatda bo‘ladi:
(1.1)
bunda ρ–solishtirma qarshilik, Ω·m; S–o‘tkazgichning ko‘ndalang kesim yuzasi, m2; l –o‘tkazgich uzunligi, m.
O‘tkazgich qarshiligi atrof-muhit haroratiga quyidagicha bog‘liqdir:
, (1.2)
bunda –rezistorning haroratdagi qarshiligi; –qarshilikning harorat koeffisienti, .
ρ va α qiymatlar turli materiallar uchun turlicha bo‘lib, ma’lumotlar jadvalidan olinadi.
Elektr qarshiligiga teskari bo‘lgan kattalik o‘tkazuvchanlik deb ataladi.

O‘tkazuvchanlik birligi Semens (S)

Solishtirma qarshilikka teskari kattalik solishtirma o‘tkazuvchanlikdir

Demak, qarshilik deganda elektr energiyasini boshqa tur energiyaga (issiqlik, yorug‘lik, mexanik yoki tovush) aylantiruvchi element tushuniladi.



Yüklə 452 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin