1.5. O‘zgarmas tok manbalarini ulash usullari
O‘zgarmas tok manbalarini ketma-ket ulash. Agar n ta o‘zgarmas tok manbasi ketma-ket ulangan bo‘lsa, ularda oquvchi tok bir xil bo‘ladi.
Umumiy kuchlanish alohida elementlardagi kuchlanishlarning algebraik yig‘indisiga teng:
a) b)
1.3-rasm. Ketma-ket ulangan o‘zgarmas tok manbalari (a) va uning ekvivalent sxemasi (b).
1.3-rasmda tasvirlangan zanjir uchun:
O‘zgarmas tok manbalarini parallel ulash. O‘zgarmas tok manbalarini parallel ulashda, ularning bir nomli qutblari bir nuqtaga birlashtirib ulanadi.
a) b)
1.4-rasm. Parallel ulangan o‘zgarmas tok manbalari (a) va uning ekvivalent sxemasi (b).
Tarmoqdagi umumiy tok alohida elementlardagi toklar yig‘indisiga teng bo‘ladi.
Tarmoqning umumiy kuchlanishi alohida elementlar kuchlanishiga teng bo‘ladi.
1.6. Rezistiv elementlarni ketma-ket va parallel ulash
Qarshiliklarni ketma-ket ulash. Agar n ta qarshilik ketma-ket ulangan bo‘lsa, zanjirning barcha qismida tok kuchi bir xil bo‘ladi.
Umumiy qarshilik alohida qarshiliklarning yig‘indisiga teng bo‘ladi.
Kuchlanishlar esa alohida qarshiliklarlardagi kuchlanishlar yig‘indisiga teng bo‘ladi.
yoki
bu yerda Rekv = – zanjirning ekvivalent qarshiligi.
1.5,a-rasmdagi sxemani 1.5,b-rasmdagi ekvivalent sxema bilan almashtirish mumkin.
a) b)
1.5-rasm. Qarshiliklari ketma-ket ulangan zanjir (a) va uning ekvivalent sxemasi (b).
Qarshiliklarni parallel ulash (1.6-rasm). Parallel ulashda barcha tarmoqlarda kuchlanish bir xil bo‘ladi.
a) b)
1.6-rasm. Qarshiliklari parallel ulangan zanjir (a) va uning ekvivalent sxemasi (b).
Agar n ta tarmoq parallel ulangan bo‘lsa, zanjirda oquvchi umumiy tok alohida tarmoqlarda oquvchi toklar yig‘indisiga teng bo‘ladi.
Parallel ulanganda ekvivalent qarshilik kamayadi. Parallel ulangan zanjirning umumiy qarshiligi
Parallel ulangan zanjirning umumiy o‘tkazuvchanligi alohida tarmoqlar o‘tkazuvchanliklari yig‘indisiga teng bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |