2-Amaliy mashg’ulot Mavzu. E. Yu. K manbalarini ketma-ket va parallel ulash. Tokning ishi va quvvati. Tokning issiqlik ta’siri



Yüklə 479,98 Kb.
səhifə1/2
tarix27.09.2023
ölçüsü479,98 Kb.
#149658
  1   2
2-Amaliy


2-Amaliy mashg’ulot
Mavzu. E.YU.K manbalarini ketma-ket va parallel ulash. Tokning ishi va quvvati. Tokning issiqlik ta’siri.
R tashqi qarshilik va ichki qarshiligi r bo’lgan manbadan (E – e.yu.k ) iborat berk zanjirdan o’tuvchi to’la tok

ko’rinishda ifodalanadi.
Zanjirning E – e.yu.k va R qarshilik (manbaning ichki qarshiligi ham shunga kiradi) ishtirok etgan qismdagi kuchlanish.
U = φ1 φ2 = E – IR, bundaφ1 φ2 shu qism boshi va oxiridagi potensiallar. Bu yerda qism boshi deganda manbaning musbat qutb tomoni, oxiri deganda manfiy qutb tomoni tushuniladi va tok I manba ichida manfiy qutbdan musbat qutb tomon oqadi.

Agar zanjirning boshqa qismlari xam e.yu.k manbaga ega bo’lsa, u holda bu qismdagi manba ichida qarama-qarshi yo’nalgan tok mavjud bo’lishi mumkin. Bu holda U = E + IR.


n-ta bir xil elementni ketma-ket ulab batareya hosil qilinganda umumiy zanjirdagi tok


bo’ladi, bunda Rtashqi zanjir qarshiligi,r har bir elementning ichki qarshiligi, E – elementning e.yu.k.

n-ta bir xil elementlar parallel ulanganda zanjirdagi umumiy tok



Kirxgof qoidalari.
Tarmoqlangan elektr zanjirlariga doir masalalarni yechishda, ayniqsa agar bunday zanjirlarda bir nechta tok manbalari bo’lsa, Kirxgof qoidalaridan foydalanish qulaydir. Tarmoqlanish nuqtasi (tuguncha)ga keluvchi va undan ketuvchi toklarning algebraik yig’indisi nolga teng.
I1 + I2 + ................ + In = O
Tugunga kelayotgan toklarni musbat toklar, tugundan ketayotgan toklarni manfiy deb qabul qilinadi.
Murakkab elektr zanjiridagi istalgan yopiq konturni aylanib chiqqanida barcha qarshiliklardagi (manbalarning ichki qarshiliklari ham kiradi) kuchlanish tushishlarining algebraik yig’indisi shu konturdagi e.yu.klarning algebraik yig’indisiga teng, ya’ni:

Yüklə 479,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin