Ta'lim tizimi haqida gapirsak...
Lyuksemburg ta'lim tizimi 1912 yildan buyon (shu yili tizimga asos solingan) o‘zgarmagan. 16 yoshgacha bo‘lgan barcha bolalar ta'lim olish uchun ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi lozim. O‘qish jami 11 yil davom etadi. Bu muddat ichiga 2 yillik tayyorlov kurslari ham kiritilgan.
Xalq ta'limi tizimi 4-6 yoshli bolalar uchun mo‘ljallangan maktabgacha muassasalardan boshlanadi. Keyingi bosqich esa boshlang‘ich majburiy maktablardir. Ularda o‘qish muddati 6 yil (6 -12 yosh). Mazkur bosqichda bepul ta'lim beriladi. Maktablar davlatga qarashli yoki xususiy muassasa bo‘lishi mumkin.
Bola 12 yoshida o‘rta maktabga boradi va unda 3 yil tahsil oladi. Mamlakatda o‘rta ta'lim umumiy va ikkinchi darajali texnik ta'limga bo‘linadi. Shuningdek, o‘rta maktab ta'limi klassik va zamonaviy litseylarda ham amalga oshiriladi. O‘qish klassik litseylarda 7 yil, zamonaviy litseylarda 6 yil davom etadi. Bunday maktablar pulli asosda ta'lim berib, u yerda o‘qish majburiy hisoblanmaydi.
O‘quv yili oktyabrda boshlanib, iyul oyida yakunlanadi.
Dostları ilə paylaş: |