1798 yildan buyon ishlayotgan kutubxona
Yuqorida aytilganidek, Lyuksemburgda oliy o‘quv yurtlari yo‘q. 1969 yilda xorijiy universitetlarga o‘qishga tayyorlovchi universitet markazi ochilgan. Mazkur markazda o‘qishni yakunlagach yoshlar chet davlatlari oliy o‘quv yurtlarining 2-kursiga kirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
To‘g‘ri, bu yerda 1973 yilda asos solingan Mehnat universiteti kabi bir necha universitet yoki institutlar bor, ammo ularda to‘la maxsus ma'lumot berilmaydi.
Mamlakatda bir necha kollej va konservatoriya bor. Shu bilan birgalikda shaharda 1798 yildan buyon ishlab kelayotgan Milliy kutubxona mavjud bo‘lib, uning jamg‘armasi g‘oyat katta. Milliy muzey ham xuddi shu yerda joylashgan. Bundan tashqari, Tabiatshunoslar jamiyati va Buyuk gertsog instituti ham faoliyat ko‘rsatadi. Ushbu institutda tarix, tibbiyot, tabiiy fanlar, adabiyot va san'at sektsiyalari mavjud.
Dostları ilə paylaş: |