Kamida uchta chet tilini bilishadi
Majburiy maktabda ta'lim nemis tilida olib boriladi. O‘rta maktabda esa darslar frantsuz tilida o‘tiladi. Frantsuz tili xuddi shu tartibda majburiy maktablarda ham o‘rgatiladi.
Aytish lozimki, xorijiy tillarni o‘rganishda bolalar ham, kattalar ham davlat tomonidan birdek qo‘llab-quvvatlanadi. Buning uchun Lyuksemburg tillar markazi doimiy xizmatda. Ushbu markazning oddiy til markazlari qatorida emasligini ta'kidlash lozim. U shunchalar mashhurki, muassasa barcha murojaat etuvchilarga ham "labbay" deyishga imkon topolmay qoladi. Markaz til o‘rganish uchun zarur bo‘lgan barcha qulayliklar, jumladan, bepul kompyuter ta'limini berish imkoniyatiga ega.
Davlat tomonidan ko‘rsatilgan yordam hamda fuqarolarning intiluvchanligi samarasi o‘laroq, mamlakat fuqarolarining deyarli har biri kamida 3 tadan xorijiy tilni o‘zlashtirgan.
Dostları ilə paylaş: |