Har XIL janrdagi asarlarni o‘qitish metodikasining o‘ziga xos xususiyatlari. Ertakni o‘qish mеtodikasi. O‘quvchilarni ertak janri bilan tanishtirish


«Davlat», «Ilm afzal», «Hiylagarning jazosi», «Hunarsiz kishi o‘limga yaqin»



Yüklə 38,3 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix07.01.2024
ölçüsü38,3 Kb.
#208258
1   2   3
\'ruza matni

«Davlat», «Ilm afzal», «Hiylagarning jazosi», «Hunarsiz kishi o‘limga yaqin»
kabi maishiy ertaklarni ham o‘qiydilar. Bunday ertaklarda xalq o‘z hayotini hikoya 
qiladi, shu sababli o‘quvchilar ertakni o‘qigach, o‘tmishdagi xalq hayotini, o‘y-
fikrlari va orzu-istaklarini bilib oladilar.
Bunday ertaklarni tahlil qilish badiiy hikoya tarzida uyushtiriladi. Bolalar 
o‘qituvchi rahbarligida ertakda qatnashuvchilarning hulq-atvori, ayrim xatti-


harakatlarini baholaydilar, ularning bir-birlariga bo‘lgan munosabatlarini aytadilar 
va shular asosida ayrim obrazlar haqida xulosalar chiqaradilar, ertak rejasini 
tuzadilar, ertakni rollarga bo‘lib o‘qiydilar. 
«Davlat»
ertagi (4-sinf) oddiy turmushga tegishli hodisalarni tasvirlovchi 
ertakdir. Ertakni o‘qishga tayyorlash uchun ota-bobolarimiz atrofni, tabiatni, 
borliqni qanday tasavvur etishlari haqida suhbat o‘tkaziladi. Bunday suhbat 
ertakdagi badiiy obrazlarni, ularning o‘zaro munosabatlarini, xulq-atvorlari
xarakterlarini to‘g‘ri tushunishga yordam beradi. 
«Davlat»
ertagi matni ustida 
ishlash jarayonida o‘quvchilar 
«Dehqonning xonadoni qanday hayot kechirar 
ekan?», «Nima uchun Davlat dehqonning xonadonidan ketishni istamaydi?»
kabi 
savollarga javob topish orqali ertak qahramonlarini baholaydilar, ahil va inoq bo‘lib, 
halol mehnat qilish lozim degan xulosaga keladilar. 
Ertak ustida ishlashda bolalarni ertakni o‘qishgagina emas, balki uni aytib 
berishga o‘rgatish ham muhimdir. Ertak aytish og‘zaki nutqni o‘stiradi, bolalar 
nutqini yangi so‘z va iboralar bilan boyitadi. 
O‘quvchilarni 1-sinfdayoq ertak tilidan erkin foydalanishga o‘rgatish uchun 
ertak bilan birinchi tanishtirishda uni o‘qituvchi aytib berishi mumkin. 
O‘quvchi ertak mazmunini o‘zlashtirib olgandan so‘ng, uning tili ustida 
ishlashga alohida ahamiyat qaratilishi zarur. Ertak mazmunini qayta hikoyalashda, 
qahramonlarga tavsif berishda o‘quvchilarning o‘z nutqida til vositalaridan o‘rinli 
foydalanish talab qilinadi. Til vositalaridan foydalanish uchun talab va vaziyat, 
ehtiyoj yaratish zarur. 
Ertak tilida shunday so‘z va iboralar borki, ular bolaga o‘zgacha ta’sir 
ko‘rsatadi. Masalan, 
«Yo‘lbars, Tulki va Bo‘ri»
ertagida 
«Tog‘ echkisi siz 
ulug‘imizniki bo‘lsin», «Quyon siz podshohimizning ertalabki nonushtangiz 
bo‘lsin», «Kiyik kechqurungi taomingiz, qo‘y kunduzgi xo‘ragingiz bo‘lsin»
kabi 
gaplar tarkibidagi ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarga o‘quvchilar diqqati qaratilib, ertakni 
so‘zlab berayotganda ulardan nutqda foydalanishlariga erishish zarur. 
Ertaklarda keltirilgan maqollar ustida ishlash, ularda ilgari surilayotgan 
g‘oyalarni bolalar ongiga etkazish, yod oldirish yo‘li bilan bog‘lanishli nutqni 
o‘stirish, nutqning ta’sirchanligini oshirish lozim. Masalan, 
«Rostgo‘y bola»
(1-sinf) 
ertagida bola o‘z rostgo‘yligi bilan podshoga ma’qul bo‘lganligi hikoya qilingan. 
Ertak g‘oyasiga mos xulosa esa 
«Boshingga qilich kelsa ham to‘g‘ri gapir»
maqoli 
bilan ifodalangan. O‘quvchilar ushbu maqol mazmunini tushunib olishsa, o‘zlari 
ham yuqoridagi kabi ertak tuzib, hikoya qilib berishlari mumkin. 
So‘z ma’nolari ustida ishlashda boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga mos bo‘lgan 
usullardan biri rasmdan foydalanishdir. Masalan, 2-sinfda 

Yüklə 38,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin