«Ko‘ngilchan o‘tinchi»
ertagida
qayin, eman, shumtol, zarang, zirk, tog‘terak, qarag‘ay, qayrag‘och, chinor
kabi daraxt nomlari keltirilgan. Ularni bola ko‘z oldiga keltira olmaydi.
Ertakni
o‘qishdan oldin shu daraxt rasmlarini ko‘rsatib, uning o‘ziga
xos xususiyatlarini
izohlash va nomlarini aytish lozim. Shundan so‘ng didaktik o‘yin o‘tkaziladi. Bunda
daraxt rasmlari bolalarga bo‘lib beriladi. Har bir o‘quvchi o‘ziga berilgan rasmdagi
daraxtning nomini aytishi va ertakdagi shu daraxtning so‘zini o‘z so‘zlari bilan aytib
berishi kerak bo‘ladi.
Shu ertakni o‘qib,
mazmuni bilan tanishtirilgach, o‘quvchilardan
shaylanib,
ro‘parasida, sharbat, xayrli ish, xivchin, muhayyo
so‘zlarining ma’nosi so‘raladi.
Javoblar to‘ldiriladi, umumlashtiriladi.
Ertak matni bilan ishlash jarayonida unda qo‘llangan badiiy vositalar:
jonlantirish, metafora, mubolag‘alar ustida ishlash ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Yuqoridagi barcha fikrlarni hisobga olganda,
ertakni o‘rganish darslarining
qurilishi quyidagicha bo‘lishi mumkin:
1. Ertak bilan tanishtirish:
a) o‘quvchilarni ertakni idrok etishga tayyorlash;
b) o‘qituvchining ertakni ifodali o‘qishi, yod aytib berishi va hok.
2. Ertakni o‘quvchilar qay darajada idrok etganliklarini aniqlash maqsadida
qisqacha suhbat o‘tkazish;
3. Ertakni qismlarga bo‘lib o‘qish va tahlil qilish; undagi ayrim tasviriy
vositalar, ma’nodosh so‘zlarni topish, lug‘at ishi (ayrim so‘zlar ma’nosini
tushuntirish);
4. Ertakni aytib berishga tayyorlanish (ichda o‘qish);
5. Ertakni so‘zlab berish;
6. Umumlashtiruvchi suhbat (ertak g‘oyasini ochish);
7. Ma’lum vazifa bilan ertakni qayta o‘qish (ijodiy va mustaqil ishlar);
8. Vazifani tekshirish va yakunlash;
9. Uyda ertakni o‘qib (yoki aytib) berishga tayyorlanish.
Mustaqil o‘zlashtirish uchun savollar:
1.Boshlang‘ich sinf ”O‘qish kitobi”dagi ertak janriga xos asarlarni ajratish.
2.Ertak janrini o‘rganish darsi ishlanmasini tayyorlash.