Ransom E. Olds.
Ilk bor ommaviy avtomobillarni keng miqyosda ishlab chiqarish 1902-yili Ransom Olds'ning Oldsmobile zavodida yoʻlga qoʻyildi. Bu konseptni keyinchalik (1914-yildan) Henry Ford kengaytirdi.
Natijada Ford avtomobillarining har biri har oʻn besh daqiqada zavoddan chiqadigan boʻldi, avtomobilni yigʻish ancha tezlashdi (Ford'gacha bir avtomobil uchun 12,5 kishi-soat sarflanar edi, bu koʻrsatkich keyin 1,5 soatga tushdi), bunday surʼat oʻz davri uchun misli koʻrilmagan edi.[9] Avtomobil ishlab chiqarishda vaqt asosan uni boʻyashga ketadigan boʻldi. Eng tez quriydigan boʻyoq qora boʻlgani uchun, avtomobil zavodi rang-baranglikdan voz kechdi (bu 1926-yilgacha, tez quriydigan loklar ixtiro qilinguncha davom etdi).[9] 1914-yilga kelib avtomobil narxi shu qadar pasaydiki, oddiy zavod ishchisi toʻrt oylik maoshiga Model T sotib olishi mumkin edi.[9]
Henry Ford (1919)
Ford tomonidan joriy etilgan xavfsizlik choralari – ayniqsa har bir ishchiga oʻz ish joyi ajratilishi (bu ishchilarning korxona hududida sangʻib yurishining oldini oladi) – jarohatlar sonini keskin kamaytirdi. Yuqori samaradorlikka erishish uchun yuqori maoshlar tayinlash "Fordchilik" deb atalib, boshqa katta tashkilotlar tomonidan ham qoʻllanila boshlandi. Yigʻish liniyasi – konveyerning samaralari Amerika Qoʻshma Shtatlari iqtisodiyotiga katta yordam berdi. Konveyer ishchilarni muayyan bir xil ishlarni tez-tez bajarishga koʻniktirib, yuksak samaradorlikka erishishni taʼminladi; boshqa mamlakatlarda esa nisbatan kam samarali usullardan foydalanilar edi.
Avtomobilsozlik sanoatida bunday usul tezda shuhrat topib, dunyo boʻylab tarqalib ketdi; 1911-yili Ford Fransiya va Ford Britaniya, 1923-yili Ford Daniya, 1925-yili Ford Olmoniya mahalliy shirkatlari ochildi; 1921-yildan boshlab Citroën Yevropa shirkatlari orasida birinchi boʻlib Ford konveyerlarini qoʻllay boshladi. Konveyersiz ishlaydigan avtomobilsozlik shirkatlari sinish xavfiga duch kelishdi; 1930-yilga kelib bunday shirkatlardan 250 tasi yoʻqolib ketdi.[10] Avtomobilsozlik texnologiyasi taraqqiyoti yuzlab kichik shirkatlar raqobatlashuvi tufayli ilgʻorlab ketdi. Shu davr uchun xos muhim ixtirolar safiga oʻt oldirish va elektr starter (Charles Kettering tomonidan Cadillac Motor Company uchun, 1910–1911), amortizator toʻrt gʻildirakli tormozi kiradi.
YURISH QISMI Yurish qismi quyidagi qismlardan tashkil tongan:
g‘ildirak va shinalar;
oldi va orqa osmalar.