Harakatchan dvigatel yorda-mida harakatga keltiriladigan relssiz transport vositasi. Yoʻlovchilar va yuk tashishga moʻljallangan



Yüklə 494,61 Kb.
səhifə4/10
tarix12.05.2023
ölçüsü494,61 Kb.
#112619
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
yurish qismi

4.1. G‘ildirak va shinalar
G‘ildirak. G‘ildiraklar avtomobil yurish qismining uzellaridan
biridir. Avtomobilning ilgarilama harakati yo‘l ustida amalga oshadi.
G‘ildirakni harakatlantiruvchi burovchi moment yetakchi ko‘prikka
transmissiya agregatlari orqali uzatiladi. Burovchi moment biror
qo‘shimcha uzel yordamida yo‘l sathi bilan muloqotda bo‘lgandagina
hosil bo‘lgan aks-ta’sir kuchi yordamida avtomobil ilgarilama
harakatlanishga majbur bo‘ladi.
G‘ildiraklar tuzilishi quyidagi rasmda keltirilgan:



G‘ildirakning vazifasi avtomobilni yo‘l bilan bog‘lab uning
harakatlanishini ta’minlash va shu bilan birga yo‘l notekisliklaridan
uzatilayotgan turtkilarni biroz yumshatib kuzovga, kuzovdan tushayotgan tik yo‘nalishdagi yuklamalarni esa yo‘lga uzatishdir.
Shinalar vazifasi, profilining ko‘rinishi, o‘lchamlari, konstruksiyasi va germetikligini ta’minlash usuli bilan ham turlarga bo‘linadi.


Yurish qismi ramalar, o'qlar va g'ildirak osmalaridan iborat bo'lib, ularning nosozligi avtomobil harakatlanishida shovqin, tebranish, g'ichirlash va siltanish kabi nohush holatlarni keltirib chiqaradi, natijada haydovchi va yo'lovchilarning toliqishi va avtomobilda tashiladigan yukning sifati pasayadi.

Yengil avtomobil shinalari hamma iqlim hududlarida, yengil avtomobil, kichik yuk ko’taradigan yuk avtomobili, mikroavtobuslarda ishlatiladi. Xuddi shu ekspluatatsiya sharoiti uchun shinalar yuk avtomobillari, ularning tirkamalari, yarim tirkamalari, avtobuslarda ishlatiladi.


Shina profilining ko‘rinishi bo‘yicha (57-rasm) ular oddiy profilli, keng profilli, past profilli, o‘ta past profilli, arkasimon, pnevmo- katoklarga bo‘linadi.

55-rasm. Shinaning qirqimi: V-shinaning eni; N-profilning balandligi; D-shinaning tashqi diametri; d-to‘g‘inining diametri.

56-rasm. Diognal va radial shinalarning konstruksiyasi: a) diagnal; b) radial.

Oddiy profilli shinalarda (55-rasm) uning balandligi N ning eni V ga nisbati 0,9 dan kattadir. Uning ko‘ndalang kesimi torpid shaklidadir va u kamerali yoki kamerasiz qilib ishlanishi mumkin. Bu turdagi shinalar yaxshi yo‘llarda yurishga mo‘ljallangan hamma avtomobillarga o‘rnatiladi.


O‘z navbatida radial shinalar R va RS turlarga ajraladi.
Diagonal shinalar (56a-rasm)da kord iplari qatlami 2 ikkitadir va shina diagonali bo‘ylab joylashgan. Uning qolgan qismlarining tuzilishi radial (R) shinalar bilan bir xildir.
Radial (R) shinalarda(56b-rasm) kord iplari 2 radius bo‘ylab joylashgan, diagonal shinadan ikki marta kam. Uning uchun N / V —0,7­0,85 va kamerali yoki kamerasiz qilib tayyorlanadi.
Radial shinalar diagonal turiga nisbatan kattaroq yuk ko‘tara olish qobiliyati, katta radial elastikligi, g‘ildirashga qarshiligining kamligi, nisbatan kamroq qizishi, chidamliligining 2 martagacha yuqoriligi bilan ajralib turadi. Lekin radial shina tannarxining yuqoriligi, yon tomonga elastikligining yuqoriligi, notekis yo’ldan yurilganda shovqin chiqarishi kabi kamchiliklarga ega.
Radial (RS) turidagi shinaning tuzilishi xuddi R turidagiga o’xshash bo‘lib, faqat protektorining yechilish usuli bilan ajralib turadi. RS turidagi radial shinalar protektor halqalarining almashishi hisobiga ko‘p vaqtga chidaydi (150000 km gacha), lekin massasi kattaligi va halqalarning chiqib ketish xavfi borligi kabi kamchiliklarga ega.

Yüklə 494,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin