Harakatga o’rgatish bosqchlari Harakatlarga o‘rgatishdagi boshlang'ich tushunchalar. Jismoniy tarbiya jarayonida o'rgatish “inson o'z harakatlarining to'laqonli boshqarish usullarini tizimli o'zlashtirishi, ushbu yo'llar orqali hayot xazinasi uchun zarur bo‘lgan harakat ko'nikma va malakalari bilan bog'liq bilimlar” deb ataladigan jismoniy ta’lim qismini ta’minlaydi (L.P.Matveev, 1983). Jismoniy tarbiya jarayonida shug‘ullanuvchilarni turli harakat faoliyatlariga o‘rgatish bilan birga, ularni o‘z tana harakatlari qonuniyatlarini anglab olishi va o‘z harakatlarini boshqarish imkoniyatlarini rivojlantirishga ham o‘rgatiladi. Shuningdek, jismoniy rivojlanishni boshqarish uchun umumrivojlantiruvchi mashq sifatida qo'llaniiadigan harakatlami to'g'ri bajarishga o‘rgatiladi. Natijada, o'quvchilar mehnat jarayonida, yoki sport mashg'ulotlarida zarur bo'lgan harakat faoliyati texnikasiga o‘rgatiIadi. Biron - bir harakat faoliyati texnikasini egallashda uni bajarish ko‘nikmasi yuzaga keladi, keyinchalik mustahkamlashtirish va takomillashtirish natijasida ko'nikma asta - sekinlik bilan malakaga aylanadi. Ko'nikma va malaka inson tomonidan ongli ravishda boshqarish usullarining o'zlashtirish darajasiga qarab bir - biridan farq qiladi. Yangi harakat faoliyatini bajara olish ko'nikmasi quyidagi asosiy yo'nalishlarda yuzaga keladi: qisman bo'lsada harakat texnikasi haqida asosiy bilimga ega bo'lish; harakat tajribasiga egaligi; yetarli darajadagi jismoniy tayyorgarlik; yangi harakatlar tizimini tuzish jarayonida ijodiy fikrlashdan iborat. Hayolan yondoshgan holda, harakatlami boshqarish jarayonida harakatlaming bajarish usullarini har doim takomillashtirish maqsadga muvofiq. Ushbu jarayon harakat ko'nikmasining mazmunini tashkil qiladi. 71 Harakat ko‘nikmasi - tushunchasi shunday darajaki, harakat faoliyati jarayonida harakatlaming noturg'un chalg'ituvchi omillari va natijaiaming o‘zgaruvchanligini ongli ravishda boshqarishdan iborat. Jismoniy tarbiyada harakat ko‘nikmalarining ahamiyati turlicha boiishi mumkin. Ayrim vaziyatlarda ko'nikma malakaga aylanishi mumkin, agarda harakat faoliyati texnikasini takomillashgan darajada egallaganda erishish mumkin. Boshqa holatlarda harakat ko‘nikmalari navbatsiz malakaga aylanish jarayonida shakllanadi. Ular ushbu sharoitda yordamchi hisoblanadi. Masalan, maktabda jismoniy madaniyat dasturi aynan ko'nikma darajasida o‘zlashtirilishi lozim. Harakat ko'nikmalari katta ta’limiy ahamiyatga ega bo‘lib, ulaming asosi harakatlami analiz va sintez qilishga yo‘naltirilgan faol ijodiy fikrlash hisoblanadi. Harakat malakalarini takomillashtirish davomida ko‘p marta takrorlash uning avtomatlashgan tarzda bajarilishiga olib keladi va malakaga aylanadi (5-rasm). Bunga har doim harakatlami aniqlash va tuzatish orqali erishiladi. Natijada harakatlami uyg‘unlashuvi va turg‘unlashuvi shakllanadi, asosan — harakatlami avtomatlashgan tarzda boshqarishga erishiladi. 72 5-chizma. Harakat ko’nikma va harakat malakalarini shakillantirish. Harakat malakasi - harakat texnikasini yuksak darajada egallash, harakatni avtomatlashgan tarzda boshqarish, harakatni bajarishga boigan ishonch va uning mustahkamligidan iborat. Malakada onglilik harakatning uzviy jihatlariga yo‘naltirilgan bo‘lib, o'zgaruvchan vaziyatda va harakat natijasining yakuniga bog'liq. Demak, shug‘ullanuvchiiar yugurish vaqtida asosan o‘z diqqat e’tiborini 73 tezlikni nazorat qilishga jalb qiladi; uloqtirishda - harakat natijasida yuqori samaradorlikka erishuvchi kuchlanishni bajarishga yo‘naltiradi. 0 ‘rgatishda samaradorlik bosqichi ko‘nikmaning malakaga aylanish davomiyligi quyidagilarga bog‘liq: 1) harakatchanlik iqtidori (tug'ma imkoniyatlari) va o‘rganuvchining harakat tajribasiga (harakat tajribasi qanchalik ko‘p boisa, yangi harakatlar shunchalik tez shakllanadi); 2) o‘rganuvchilaming yoshiga (bolalar kattalarga nisbatan harakatlami tez o‘zlashtiradilar); 3) harakat faoliyatining koordinatsion jihatdan qiyinligi (harakat texnikasi qanchalik qiyin boisa o‘rgatish jarayoni shunchalik uzoq davom qiladi); 4) o‘qituvchining kasbiy mahoratiga; 5) o‘rganuvchilaming onglilik va faolligiga, motivatsiya darajasiga va boshqalarga. 6.2. Harakatlarga dastlabki o‘rgatish bosqichi. 0 ‘rgatish — ijtimoiy sub’yekt sifatlarini tizimli va tashkillashgan ravishda shakllantirish va rivojlantirish uchun zarur boigan biron - bir harakatni bajarish jarayonidir. 0 ‘rgatish o‘rganish va o'qitishni o‘z ichiga qamrab oladi. O'rganish - o'rganuvchining bilim, ko‘nikma va malakalami egallash faoliyatidir. O'qitish - pedagogik faoliyat boiib, o‘qituvchining tashkilotchiligi va shug‘ullanuvchilaming o‘quv faoliyatini boshqarishdan iborat. Harakat faoliyatiga oigatish jarayonida o‘z harakatlarini boshqarishga o‘rgatish vazifasi qo'yiladi. Demak, harakat yo‘nalishi, amplitudasi, shakli, bajarish tezligi, berilayotgan kuchlanishni nazorat qilishdan iborat. Harakat faoliyatiga o‘rgatish jarayoni vazifalaming bir - biridan farqlanishi va metodikaning xususiyatlaridan iborat uchta bosqichdan iborat. Dastlabki o‘rgatish bosqichi. Maqsad — o'quvchilarda dastlab o‘rganilayotgan harakat texnikasi asoslarini shakllantirish va umumiy tarzda bajarilishiga erishish. 74 Asosiy vazifalar. 1. Harakat faoliyati va uni bajarilishi haqida tasawur va fikrlashni shakllantirish. 2. 0 ‘rganilayotgan harakat elementlari yoki yondoshtiruvchi mashqlami o‘zlashtirish orqali asosiy tayanch nuqtalariga doir harakatlar haqida tasavvur hosil qilish. 3. Umumiy tarzda harakat faoliyatini to‘liq (dastlabki ko'nikmalar darajasida) bajarishga erishish. 4. Harakat faoliyati texnikasi buzilishini oldini olish va uni o‘z vaqtida bartaraf qilish. Ushbu vazifalar navbatma - navbat amalga oshiriladi. 0 ‘quvchilarda texnika haqidagi tasavvur o'qituvchining mashqni, ya’ni, bajarilayotgan harakatni ko'rgazmali qurollar yordamida tushuntirishi, shug‘ullanuvchilaming harakatni birinchi marta bajarish jarayonidagi mushaklaming sezishi natijasida shakllanadi. Bularning barchasi harakat texnikasini chamalashsiz bajarib bo‘lmaydigan asosini tashkil qiladi. Shug‘ullanuvchilaming jismoniy tayyorgarligi, harakat faoliyatiga qismlarga bo‘lib va butunligicha o‘rgatishda o‘rganilayotgan mashq texnikasining qiyinligi va uning xususiyatlariga bog'liq. Ushbu o‘rgatish bosqichida harakatlami yengil bajarishda yondoshtiruvchi mashqlar keng qo‘llaniladi. Harakatlami o‘zlashtirish xatolik va xatosiz o'zlashtirilishi mumkin. Dastlabki o‘rgatish jarayonida ommaviy tus olgan quyidagi harakat xatolari mavjud: a) ortiqcha va keraksiz harakatlar; b) harakat yo‘nalishi va maromdagi farqlar; v) harakat faoliyatidagi ritmning buzilishi. Xatolaming sabablari: harakat vazifalari haqida aniq tasawurga ega bo‘lmaslik; koordinatsion qobiliyatlar, aniqlik va boshqa harakat sifatlarining yaxshi ri voj lanmaganligi; qo‘rquv, e’tiborsizlik, ishonchsizlik, shug'ullanuvchilaming ortiqcha qo‘zg‘aluvchanligi, charchash holati va boshqalar boiishi mumkin. 75 Xatolami tuzatishning asosiy yo‘llari: xatoni ko‘rsatish lozim, to‘g‘ri bajarishni ko‘rsatish va o'quvchilarga to‘g‘ri usul bilan bajarishini egallashi uchun qo‘shimcha imkon yaratish zarur. Agarda bu ham natija bermasa, u holda yondoshtiruvchi mashqlarga qaytiladi. Harakatlarga dastlabki o‘rgatish bosqichining davomiyligi quyidagilarga bog‘liq: 1) o‘rganilayotgan mashq texnikasining qiyinlik darajasiga; 2) shug‘ullanuvchilaming tayyorgarlik bosqichiga; 3) ularning yakka xususiyatlariga; 4) malakalarning ko'chish samarasidan ijobiy foydalanish imkoni mavjudligiga. 6.3. Chuqurlashtirib o‘rgatish bosqichi. Ushbu bosqichning maqsadi-harakat ko‘nikmalarini to‘laqonIi shakllantirishdan iborat. Asosiy vazifalar. 1. Texnika bo'laklaridagi kabi va barcha asosiy tayanch nuqtalaridagi harakatlami aniqlashtirish. 2. Harakat faoliyati va dinamik tavsifdagi texnikani diqqat bilan to‘liq bajarilishini nazorat qilishga erishish. 3. Harakat texnikasidagi, ayniqsa asosiy qismdagi mayda xatolami bartaraf qilish. Ushbu vazifalar hamjihatlikda hal qilinishi mumkin. 0 ‘rgatishning ushbu bosqichdagi samaradorligi 0‘rgatishning vosita va usullari, uslublami to‘g‘ri tanlanganligiga bog'liq. Butunligicha bajarish uslubidan foydalanish jamlanmasida texnika bo‘laklarini to‘g‘ri bajarilganligini sezishga yo‘naltirilgan ovoz va harakat ko‘rinishini namoyish qilishni qo‘llash maqsadga muvofiq. Tushuntirish uslubiyati o‘z shaklini o‘zgartirib suhbat, tahlil va harakat texnikasini muhokama qilishga aylanadi. Bunday yondashuv o‘rganilayotgan harakat texnikasini yanada chuqurroq anglashga imkon yaratadi. Ushbu bosqichda turli-tuman majmuali vositalar keng qo‘llaniladi. 76 1. 0 ‘rganilayotgan harakat faoliyati xususiyatidan kelib chiqib, mushak tizimi va butun tanani mustahkamlash uchun mashqlar qo‘llaniladi. 2. Soddalashtirilgan shaklda, butunligicha yoki qismlarga boiib, mashqlami bajarish yo‘li orqali asosiy harakatga tayyorlovchi yondashtiruvchi mashqlar qo‘llaniladi. Odatda yondashtiruvchi mashqlar o‘rganilayotgan harakat faoliyatini bog'lovchi bir qancha element va qismlami o‘z ichiga oladi. Shakli va harakat tavsifiga ko‘ra ushbu mashqlar o‘rganilayotgan mashqlar bilan o'xshash ahamiyatga ega bo‘lishi lozim. Masalan, o‘quvchi uch qadamdan yugurib balandlikka sakrashdagidek depsinishni bajaradi, plankadan o'tish o‘miga siltanuvchi oyog‘ini yuqorida osilgan buyumga tekkizadi. 3. Yondoshtiruvchi mashqlami qo‘llash davomiyligi 0‘rganilayotgan mashqlaming qiyinligi va shug‘ullanuvchilaming tayyorgarligiga bog‘liq. Yondoshtiruvchi mashqlami qoMlashda tanaffus bo‘lmasligi lozim, aks holda oldin o‘rganilgan harakatlar esdan chiqadi va ulami ta’sir qilish samarasi pasayadi. Quyidagi holatlarga qat’iy amal qilinganda turli (tayyorgarlik, yondoshtimvchi, imitatsiya) mashqlardan foydalanish samaradorligiga erishiladi: - mashqning maqsad va vazifalari; - asosiy harakat faoliyati bilan tuzilishning bogliqligi; - mashqlaming me’yori; - bajarishni nazorat qilish va o‘z-o‘zini nazorat qilish. Ushbu bosqichda o'rgatishni bitta mashg‘ulot kesimida dars asosiy qismining birinchi yarmiga, ya’ni charchash sezilishidan oldin rejalashtirish lozim. 6.4. Mustahkamlash va takomillashtirish bosqichi Maqsad - harakat ko‘nikmalarini malakaga aylantirish, egallangan imkoniyatlardan maqsadli foydalanish. Asosiy vazifalar. 1. Harakat faoliyatini muntazam va avtomatik tarzda bajarilishiga erishish; 2. Texnikaning yakka xususiyatlarini takomillashuv darajasiga yetkazish; 77 3. Harakat faoliyatini amaliyotda foydalanish talablariga mos holda (tezlik vayuqori darajada tezJanish, tejamkorlik, aniqlik, to‘laqonli ritm va boshqalar) bajarishga erishish. Ushbu vazifalar o‘zaro bog'liq bo‘lganligi sababli bir vatqda va ketma-ketlikda yechilishi mumkin. Ushbu bosqichning odatiy va yangi, noqulay sharoitlarida takrorlashlar soni oshiriladi va ko‘nikmani malakaga aylanishiga imkon yaratiladi. Harakatlarni takomillashtirish maqsadida turli metodik usullar qo'llaniladi: jihozlar balandligi, harakat tezligi va amplitudasi oshiriladi, mashqlarni oqim shaklida bajarish, o‘yin, musobaqa tarzida natija va sifatli takrorlash va boshqalar. 6.5. Harakat malakalarining tashkil etish qonuniyatlari. Rus olimi I.M.Sechenov birinchi bo‘lib, bizning barcha harakatlarimiz kelib chiqishi bo‘yicha reflekslardir va “miya faoliyatining jamiki tashqi ko‘rinishlari mushak harakatiga kelib taqaladi” deb ko‘rsatgan. Harakat malakalari fiziologik nuqtai nazardan shakllanish mexanizmi bo‘yicha murakkab shartli harakat reflekslaridir. Bu reflekslaming hosil bo‘lishi uchun, turli analizatorlardan (harakat, vestibulyar, ko'rish va boshqalar) keladigan ma’lumotlar va qanday harakat qilish zarurligi hamda, bajarish xususiyatlari haqidagi xabarlar muhim ahamiyatga ega. Bunday holatda markaziy asab tizimida harakat aktining modeli bilan haqiqiy bajarilgan harakat to‘xtovsiz taqqoslanadi. Harakat malakalari sport bilan shug‘ullanishda yoki biron kasbni egallashda takrorlanadi va shu yo‘l bilan borgan sari puxtalanib, takomillashib boradi. Inson harakat faoliyatining bunday takomillashib borishi, uning harakat apparati, ishni boshqaruvchi markaziy asab tizimi faoliyatining rivojlanib borishi bilan bog‘liq. Chunki harakatning yuzaga chiqishi, ayniqsa murakkab va nozik harakatlaming bajarilishi mushak guruhlari, har xil turdagi asab-mushak harakat birliklari va mushak tolalarining ishtirokida amalga oshiriladi. Bu elementlar ishining oldiga qo‘yilgan maqsadga mos bo‘lishi, ularning bir-biri bilan mos holda 78 ish bajarishini ta’minlash uchun asab markazlari juda murakkab vazifalami bajaradi. Katta yarim sharlar po‘stlog‘ida vaqtinchalik bog'lanishlaming hosil bo‘lishi va mustahkamlanishi mashq qilish natijasida avtomatlashgan harakat malakalarini hosil qilishga asos boMadi. Odam o‘z hayot faoliyati davrida hosil qiladigan harakat malakalari yuqori darajada rivojlangan bo‘ladi, masalan: tikka turish, yurish, yugurish, jismoniy tarbiya va sportdagi har xil harakatlar, harakat malakalariga kiradi. Malakalami hosil qilishda miya po‘stlog‘ining effektor-piramidal neyronlari bilan harakat analizatorlari va boshqa analizatorlaming po'stloqdagi sensor hujayralari o‘rtasida neyronlararo vaqtinchalik bog'lanishlar paydo bo‘ladi, odam yashaydigan tabiiy sharoitda harakat malakalari ko‘pincha sinab ko‘rish va yanglishish metodi bilan, ya’ni qidirish-sinash jarayonlari natijasida hosil bo‘ladi. Harakat malakalarining shakllanish fazalari Harakat malakalarining shakllanishi asosan uchta fazada farqlanadi: a) irradiatsiya, b) konsentrlanish, v) avtomatlashish. Irradiatsiya fazasi qo‘zg‘olish jarayonining markaziy asab tizimini juda ko‘p qismga yoyilishi bilan tavsiflanadi. Natijada, muayyan harakatni yuzaga kelishida ishtirok etmaydigan mushaklar ham ishga jalb etiladi. Bunday holatda harakatni bajarish qiyin boMadi, ko‘p quvvat sarflanib tez charchashga olib keladi. Harakat malakalari shakllanishining irradiatsiya fazasi sport bilan yangi shug‘ullana bosh lagan, biror kasbni o‘rgana boshlagan kishilarda kuzatiladi. Bunday kishilarda faqat bir qo'lni harakatlantirish bilan bajariladigan mashqni, masalan, birinchi sinf o'quvchilarida yozishni o‘rganish qo‘l mushaklaridan tashqari gavdaning bir qancha mushaklarini taranglashishi bilan bajariladi. Demak, irradiatsiya fazasida qo‘zg‘alish jarayoni faqat muayyan harakatda ishtirok etadigan mushaklar markazidagina yuzaga kelmay, markaziy asab tizimining ko'pchilik qismiga irradiatsiya qilgan (tarqalgan) boMadi. 79 Konsentrlanish fazasi mashqni takrorlash natijasida qo‘zg‘olish jarayonining tegishli asab markazlariga to‘planishi bilan ifodalanadi. Harakat malakasi shakllanishining bu ikkinchi fazasida differensirovka tormozlashning (o‘xshash ta’sirlovchilami farqlash) rivojlanib muayyan harakat uchun kerak bo'lmagan ortiqcha mushaklar markazi tormozlanadi va mushaklar ishdan chetlatiladi, ya’ni qo‘zg‘olish jarayoni harakatni bajarishda bevosita ishtirok etadigan mushaklar markaziga to‘planadi. Bundan tashqari, konsentrlanish fazasida harakatning dinamik stereotipi shakllana boshlaydi. Mashqni takrorlash natijasida shartli harakat refleksining ma’lum tartibdagi tizimi harakatning dinamik stereotipi yuzaga kela boshlaydi. Bu fazada harakat ancha aniqlashadi, bajarilishi yengillashadi, quwatni sarflash kamayadi. Harakatni ko‘p marta, ayniqsa, bir xil shaklda takrorlanishi harakat malakasini avtomat ravishda bajarilishiga olib keladi, bu-malaka shakllanishining uchinchi-avtomatlashish yoki turg'unlashish (stabilizatsiya) fazasi hisoblanadi. Avtomatlashish fazasi, deganda, biz-ikkinchi fazada shakllana boshlagan harakatning dinamik stereotipining puxtalanishi va harakatning o‘z-o‘zidan avtomat tarzda bajarilishini tushunamiz. Avtomatlashgan harakatlami bajarishda quwat sarfi tejamli, ish unumi yuqori darajada bo'ladi. Shu bilan bir qatorda, bunday harakatlar bosh miya yarimsharlari po‘stlog‘i nazoratida. uning passiv pastki qo‘zg‘algan qismlari ishtirokida bajariladi. Harakat malakasining uchinchi bosqichida shunday shakl beriladiki, unda harakatni izdan chiqaradigan halaqit beruvchi reaktiv kuchlar harakatning to‘g‘ri yo‘nalishdan chetga chiqishida katta miqdordagi foydali kuchlarga aylanadi va harakatni o‘zining yo‘nalishiga qaytarish uchun intiladi. Bunday shakldagi harakatlar zaminida awal yuzaga kelgan dinamik stereotip yotadi va bunday harakatlar dinamik turg‘un va avtomatlashgan harakatlar deyiladi. Malaka shakllanishining hamma bosqichlarida kuch, tezlik, chaqqonlik va chidamlilik kabi harakat faoliyatining sifatlari ma’lum ahamiyatga ega. Har bir harakat, harakat faoliyatining xususiyatlarini belgilaydigan bu sifatlarning o‘zaro bog'liqligi bilan ifodalanadi. 80 Harakat malakasi shakllanib boiganidan so‘ng, uning rivojlanishi davom etadi. Agar to‘laqonli takrorlash davom ettirilsa, unda malakaning yana ham takomillashuvi sodir boMadi, uning barqarorlashuvi davom etadi. Malakani nisbatan moslashuvchanroq qilish uchun urinish davom etadi va afzal malaka deb qaraladigan turg'unroq, yuqori harorat, shovqin va hakozalaming ta’siriga yetarli darajada moslashuvchan, kerak bo‘lsa, o‘zgaruvchan sharoitda qayta shakllantirish mumkin bo‘lgan malakani yaratish imkoni yuzaga keladi. Harakat malakasi asta-sekin nisbatan uzoqroq vaqt ichida qator mayda yaqinlanishlar orqali vujudga keladi. 1. Malakaning “salbiy tezlik” bilan shakllanishi. Та’limning birinchi bosqichida harakat faoliyatini o‘zlashtirish ancha tez amalga oshadi, keyinchalik uning sifatini yaxshilash nisbatan sust boradi. Bu yo'sindagi malakaning shakllanishi harakat faoliyati texnikasini egallash uchun xosdir. 0 ‘quvchilar harakat faoliyatlari asosini oson o‘zlashtiradilar, chunki maktab jismoniy tarbiya dasturiga oson harakatlar kiritilgan, uning detailarini o‘zlashtirish esa nisbatan uzoq davom etadi. 2. Malakaning “ijobiy va zudlik” bilan shakllanishi. TaTimning birinchi bosqichida malaka sifatining o'sishi ahamiyatli darajada bo'lmaydi. So‘ng u keskin oshadi. 3. Malaka rivojlanishining sekinlashuvi. Malaka belgilangan mahorat darajasiga yetganda, ikkala ko‘rinishdagi tezlik bilan malakaning shakllanishi sodir bo‘lishi mumkin. Malaka qancha takomillashmagan bo‘lsa, o‘z navbatida, uni yanada yaxshilash uchun shunchalar katta pedagogik mahorat va kuch talab qilinadi. 4. Malaka rivojlanishining ushlanishi. Ushlanish ikki sabab orqali sodir bo‘lishi mumkin: vaqt o'tishi bilan organizmda malakaning sifat o'zgarishlariga olib keluvchi sezilarsiz moslashuv jarayonining borishi; - ta’lim usulubiyatining noto‘g‘riligi yoki harakat sifatlarining yetarli darajada rivojlanmaganligi orqali kelib chiqadigan sabablar. 81 Agar malakaning ushlanish sababi to‘g‘ri aniqlansa, uni yengish, tezroq o‘tishini ta’minlash uchun birinchi sabab vaqt, ikkinchi sabab o‘qitishning vosita va uslublari bo‘lib, lozim bo‘lsa ulami keskin o‘zgartirish kerak. Harakat malakasi barcha shartli reflekslar qatori, agar mustahkamlanib turilmasa so‘nadi. So‘nish malakaning ketma-ketligiga o‘xshash birin-ketin yoki unga teskari tartibda sodir bo'ladi. Harakat malakasi mashqni takrorlamay qo‘yish orqaligina yomonlashmay, harakat sifatlari darajasining, organizmdagi funksional imkoniyatlaming pasayishi orqali ham sodir bo‘lishi mumkin. Masalan, yoshi o‘tgan gimnastikachilar siltanish bilan bajariladigan texnik jihatdan yengil mashqlami juda osonlik bilan qo‘shpoyada bajarsalar, halqada kuch bilan bajariladigan mashqlami uddalay olmaydilar. Malakaning ko‘chishi (o‘tishi). Jismoniy tarbiyaning bilim berish vazifalaridan bin belgilangan harakat malakalari tizimini yaratishdir. Natijada bir vaqtning o‘zida yoki birin-ketin harakat malakalari shakllanib, bir-biriga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Malakalaming o‘zaro ta’siri bir necha xil bo'ladi: 1. Malakaning ijobiy ko‘chishi. Ijobiy ko‘chish malakalaming o‘zaro shunday munosabatiki, unda oldin hosil boigan malaka keyingi, yangisini shakllantirishga yordam beradi. Masalan, tennis to‘pini uloqtirish malakasi granata uloqtirish malakasini o'zlashtirishni osonlashtiradi. Yangi hosil bo‘layotgan malakalar hayotiy tajriba va o'rgatish natijasida asoslanib, awal shakllanganlariga tayanadi. Bunda oldin shakllangan malakalaming tuzilish jihatidan o‘xshash elementlari yangisini shakllantiradi. 2. Malakaning salbiy ko‘chishi. Oldin shakllangan malaka yangisini shakllantirish jarayonida qiyinchiliklami yuzaga keltiradi. Bu ta’lim jarayonining cho‘zilishiga sabab bo‘ladi, jismoniy sifatlaming rivojlanishini orqaga suradi. Masalan, suvga sakrovchidan, gimnastikachidan sprinter tayyorlash yoki kurashchidan tennischi tayyorlashdek og‘ir jarayonni aytib o‘tish mumkin. Ijobiy ko'chishning foydali tomonidan iloji boricha samarali foydalanish va salbiy ko‘chish elementlaridan ogoh bo'lish malakaning shakllanish jarayonini osonlashtiradi.
83 VII. BOB. JISMONIY QOBILIYATLARNITARBIYALASH METODIKASI. Jismoniy tarbiya jarayonida hal qilinadigan asosiy vazifalardan biri insonga hos jismoniy sifatlarni to‘laqonli rivojlanishini ta’min lash hisoblanadi. Jismoniy sifatlar deb, insonning jismoniy faolligi shakllanishidagi maqsadli harakat faoliyati zamiridagi (irsiy) tug'ma morfofunksional sifatlarga aytiladi (L.P.Matveev, 1991). Asosiy jismoniy sifatlarga mushaklar kuchi, tezkorlik, chidamlilik, egiluvchanlik va epchillik kiradi. Jismoniy sifatlaming dinamik o‘zgarishlariga xos “rivojlanish” va “tarbiya” kabi atamalar ishlatiladi. Rivojlanish atamasi jismoniy sifatlarni tabiiy o'zgarishini tavsiflasa, tarbiya atamasi jismoniy sifat ko'rsatkichlarining o‘sishiga faol va yo'naltirilgan ta’sirini nazarda tutadi. Zamonaviy adabiyotlarda “jismoniy sifatlar” va “jismoniy (harakat) qobiliyatlar” atamalaridan foydalaniladi. Ammo ulaming ma’nolari bir xil emas. Harakat qobiliyatlarini umumiy ko'rinishda inson harakat imkoniyatlarini aniqlovchi yakka xususiyatlar deb tushunish mumkin (V.L.Lyax,1996). Inson harakat qobiliyatlarining asosini jismoniy sifatlar, shakllanishi harakat ko‘nikma va malakalar tashkil qiladi. Harakat qobiliyatlariga kuchlilik, tezkorlik, tezkor-kuch, koordinatsion-harakat qobiliyatlari, umumiy va maxsus chidamlilik kiradi. Har bir insonda harakat qobiliyatlari o‘zgacha rivojlangan. Qobiliyatlaming turlicha rivojlanish asosida hilma-xil tug‘ma (irsiy) anatomik-fiziologik belgilar ierarxiyasi у о tad i (V.L.Lyax,1996): - miya va asab tizimining anatomik-morfologik xususiyatlari (asab jarayonlari xususiyatlari - kuch, harakatchanlik, vazminlik; po'stloq tizimining yakka variantlari); - fiziologik xususiyatlar (yurak-qon tomir, nafas tizimlarining xususiyatlari); - biologik (biologik oksidlanish, moddalar almashinuvi, mushak qisqarishlari quwatiga xos) xususiyatlar; 84 - tana tizimiga xos xususiyatlar (tana uzunligi va og‘irligi, mushak va yog‘ to‘qimalari massasi); - xromosomalar (genlar)ga oid xususiyatlar. Harakat qobiliyatlarining rivojlanishiga psixodinamik belgilar (temperament, harakter yoki fe’l- atvor, psixik jarayonlarni boshqarish va o‘z-o‘zini boshqarish xususiyatlari) ta’sir ko‘rsatadi. 7.1. Kuch qobiliyatini tarbiyalash metodikasi Kuch - bu insonning tashqi qarshilikka yoki mushak kuchlari evaziga qarshi tura olish qobiliyatidir. Kuchlilik qobiliyati - “kuch” tushunchasi asosida insonning ma’lum bir harakat faoliyatining turlicha shakllanish majmuasi. Kuchlilik qobiliyati o‘z-o‘zidan emas, balki biron-bir harakat faoliyati orqali shakllanadi. Ushbu jarayonda kuch qobiliyatlarining shakllanishiga hissa qo'shuvchi insonning yakka va jinsiy, yosh, kuch qobiliyatlarini amalga oshinivchi va aniq harakat faoliyatiga hissa qo'shuvchi omillar o‘z ta’sirini o'tkazadi. Ulardan alohida ajralib turadiganlari: 1. mushaklar ichidagi omillar; 2. asabli boshqarishning xususiyatlari; 3. psixofiziologik; 4. biomexanik; 5. biokimyoviy; 6. fiziologik omillar, shuningdek, harakat faoliyatini amalga oshirishdagi atrof muhitdagi turli sharoitlar. Kuchni rivojlantirishning mushaklar ichidagi omiilari o‘z ichiga mushak tolalarining biokimyoviy, morfologik va fimksional xususiyatlarini oladi: • mushak tolalarining soniga bog‘liq bo‘lgan fiziologik ko‘ndalang o'lcham (u patsimon tuzilishga ega bo'lgan mushaklar uchun eng katta bo'ladi); 85 • mushak tolalarining tarkibi (kompozitsiyasi): kuchsiz va nisbatan qo‘zg‘aluvchan sekin mushak tolalari (oksidlovchi, kam toliquvchan) va kuchliroq pog‘ona darajasi yuqori boMgan mushak tolalarining (glikolitik, toliquvchi) nisbati; • mushakning miofibrillyar gipertrofiyasi, ya’ni mushak massasining ortishi. U kuchni rivojlantirishga qaratilgan mashqlami bajarganda adaptatsion-trofik ta’sirlar natijasida rivojlanadi va mushak tolalari qisqaruvchi elementlarining miofibrillarning zichroq joylashishi va qalinlashishi bilan xarakterlanadi (bunda yelka aylanasi 80 sin ga, sonniki esa 95 sm va ko'proqqa yetishi mumkin). Asabli boshqarish alohida mushak tolalarining faoliyati, butun mushak va mushaklararo muvofiqlikning harakat birliklarining takomillashuvi hisobiga kuchningrivojlanishini ta’minlaydi. U quyidagi omillami o‘z ichiga oladi: • orqa miya motoneyronlaridan skelet mushaklariga keladigan va ulaming tolalarining kuchsiz, yakka qisqarishlaridan kuchli tetanik qisqarishlarga o‘tishini ta’minlovchi asab impulslari chastotasining ortishi; • ko‘plab harakat birliklarini faollashtirish — harakat aktiga jalb qilingan harakat birliklari soni ortganida mushakning qisqarish kuchi oshadi; • harakat birliklari faolligining sinxronlashishi - iloji boricha ko‘p sonli faol harakat birliklarini bir vaqtda qisqarishi mushakning tortilish kuchini keskin orttiradi; • mushaklararo muvofiqlik (koordinatsiya) - mushak kuchi boshqa mushak guruhlarining faoliyatiga bog‘liq: mushak kuchi uning antagonisti bo‘shashgan bir vaqtda oshadi, u boshqa mushaklar qisqargan vaqtda kamayadi va antagonistmushaklami tana va uning alohida bo‘g‘imIarim fiksatsiya qilganida ortadi. Masalan, shtangani ko‘targanda kuchanish hodisasi (yopiq holdagi tovush chiqaruvchi oraliqdan nafas chiqarish) paydo bo‘ladi, bu hodisada mushaklar sportchining tanasini fiksatsiyalaydi va ko‘tarilayotgan og‘irlikni yengish uchun mustahkam asos yaratadi. Mushak kuchini orttirishning psixofiziologik mexanizmlari funksonal holatning o'zgarishi (bedorlik, toliqish), gipofiz, buyrakusti bezi va jinsiy bezlar 86 tomonidan bioritmlaming simpatik va gormonal ta’sirini kuchaytiruvchi motivatsiyalar va hissiyotlaming ta’siriga bog‘liq. Kuchning rivojlanishida skelet mushaklarida qisqaruvchi oqsillar sintezi ko‘payishini ta’minlaydigan erkak jinsiy gormonlari (androgenlar) muhim rol o‘ynaydi. Ular erkaklarda ayollarga nisbatan 10 marta ko‘p. Sportchi erkaklarda sportchi ayollarga nisbatan, hatto absolyut bir xil mashq yuklamalarida ham, kuchni rivojlantirishga qaratilgan mashqlarda, ishining, ko‘proq mashqlaming samarali boiishining sababi ana shu bilan tushuntiriladi. Biomexanik - kuch qobiliyatlarini shakllanishida biomexanik omillar (tana va uning qismlarini fazoda joylashishi, tayanch-harakat apparatining mustahkamiigi, vazn og‘irligi) o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Biokimyoviy - (gormonal) va fiziologik (qon aylanish tizimi, nafas olish) omillari. Kuch qobiliyatlari va ulami boshqa jismoniy qobiliyatlar (tezkor kuch, epchillik kuchi, chidamlilik kuchi) bilan bog‘liqligi quyidagicha farqlanadi (6-chizma). Kuch va boshqa jlsmonty qobUyatlami boe'UqUgl |Tcskorkuch qobilyatlari | ] Epchillik kuchi J | Chidamlilik kuchi | * * Tezlik Portlavchi Siklik Asiklik Dioamik Statik fcnchi kuch nhdagi ishdagi shiddati shlddati Start nidi .kudu. Tedanish JtiuhL 6-chizma. Kuch qobiliyatlari va ular bog’Iiqligining turkumlanishi. 87 Asl kuch qobiliyatlari quyidagi holatlarda namoyon bo‘ladi: 1. Chegaraga yaqin, chegaraviy ba’zan haddan ortiqcha mushaklaming sust qisqarishi hisobiga bajariladigan mashqlar (masalan, yetarli darajadagi og‘ir vazndagi shtanga bilan o‘tirib turish); 2. Izometrik turdagi (statik) mushak zo‘riqishlarida (mushak uzunligi o'zgarmagan holda). Ular ushbu holatga mos ravishda sust kuch va statik kuchga farqlanadi. Asl kuch qobiliyatlarini tarbiyalash barcha sport turlari uchun zarur bo‘lgan tayanch - harakat apparatini mustahkamlashga, maksimal kuchni rivojlantirishga (og‘ir atletika, tosh ko'tarish sporti, kuch akrobatikasi, yengil atletika uloqtirishlari) hamda tana tuzilishini (bodibilding) takomillashtirishga yo'naltirish mumkin. Tezkor - kuch qobiliyatlari harakat qobiliyatlarida namoyon bo‘lib, bunda katta mushak kuchi bilan birga harakatlar tezligi ham talab etiladi (uzunlikka va balandlikka joyidan turib hamda yugurib kelib sakrash. snaryadlar uloqtirish va h.k.). Sportchi zabt etishi kerak bo‘lgan tashqi kuch qancha katta bo‘lsa (masalan, yadro irg‘ itish yoki ancha og‘ir toshni siltab ko'tarishda), kuch tarkibiy qismi shunchalik katta ahamiyatga ega boiadi, og'irlik kamroq bo‘lsa (masalan, kichkina koptokni uloqtirishda) tezlikning ahamiyati ortib boradi. Tezkor kuch qobiliyatlari sirasiga quyidagi lar kiradi: Tezkor kuch katta, ammo chegaraviy kattalikka yetmaydigan tezlik bilan bajariladigan mashqlarda namoyon bo‘luvchi mushaklaming chegaraviyga yaqin bo‘lmagan zo‘riqishi bilan tavsiflanadi. Portlovchi kuch - harakat faoliyatini bajarish davomida imkon qadar qisqa muddatda (masalan, sprinterlik yugurishda start paytida, sakrash, uloqtirishda va boshqalaida) kuchning maksimal ko‘rsatkichlariga erishish qobiliyati. Portlovchi kuchning rivojlanish darajasini tezkor-kuch indeksi yordamida baholash mumkin, u quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi: 88 J = F шах / 1 шах J - tezkor kuch indeksi; F max mazkur harakatda namoyon etiladigan kuchning maksimal qiymati; t max - maksimal kuchga erishish vaqti. Chidamlilik kuchi - mushaklaming katta hajmda davom etuvchi kuchlanishga, charchashga bardosh bera olishidir. Mushaklaming ishlash faoliyatidan kelib chiqib, statik va dinamik chidamlilik kuchiga aj rati lad i. Dinamik chidamlilik kuchi siklik va asiklik faoliyatda, statik chidamlilik kuchi ma’lum bir holatda ishchi kuchlanishni saqlash bilan bogiiq faoliyat bilan tavsiflanadi. Masalan, gimnastika halqasida qo‘llami yon tomonga yoyib tayanishda yoki to'pponchadan o‘q otishda qo‘lni bir holatda ushlash jarayonida statik chidamlilik kuchi, qo‘llarga tayangan holda ko‘p marta qo'llami bukib yozishda, shtanga bilan o‘tirib turish, og‘irligi 20 - 50 % teng bo‘lgan inson kuch imkoniyatlarining maksimal darajadagi holatida dinamik chidamlilik namoyon bo‘ladi. Epchillik kuchi - mushaklaming o‘zgaruvchan ish faoliyati va kutilmagan vaziyat faoliyatlarida (regbi, kurash, chim hokkeyda) shakllanadi. Uni “mushaklaming aralash ish faoliyatlarida va kutilmagan vaziyatlarda katta hajmdagi mushaklar kuchlanishini tabaqalashtirish imkoniyati sifatida aniqlashimiz mumkin” (J.K.Xolodov, 1981). Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarida asl kuch qobiliyatlarining rivojlanish darajasini baholashda odam harakatini mutloq va nisbiy kuchga ajratiladi. Mutloq kuch - odam tana massasiga bog‘liq bo‘lmagan holda inson tomonidan namoyon bo‘ladigan maksimal kuchdir. Nisbiy kuch - insonning o‘z vazniga nisbatan 1 kilogramm og‘irlik hisobiga namoyon bo‘ladigan kuchdir. Ular inson tana og‘irligiga bo'lgan maksimal kuch nisbatida namoyon bo‘ladi. Nisbiy kuch harakat faoliyati davomida gavdaning ko chishida katta ahamiyatga ega. Harakatlardagi katta bo'lmagan tashqi ta’sir 89 qarshiligida nisbiy kuch ahamiyatga ega emas, agarda qarshilik sezilarli bo‘lsa, u holda maksimal darajada portlovchi kuchlanish bilan bog'liq va alohida ahamiyatga ega bo‘ladi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, insonning mutloq kuch darajasi ko‘proq muhit omillari (mashg‘ulot, mustaqil shug‘ullanish va boshqalar) bilan belgilanadi. Ayni paytda nisbiy kuch ko‘rsatkichlarida genotip ta’sirini ham yaqqol ko‘rish mumkin. Tezkor - kuch qobiliyatlari irsiy va muhit omillariga taxminan teng darajada bog‘liq. Statik kuch chidamliligi ko'proq irsiy shart - sharoitlar bilan belgilanadi, dinamik kuch chidamliligida esa genotip va muhit ta’siri teng miqyosda aks etadi (V.LLyax, 1977). Bolalar va o'smirlarda kuchning eng samarali rivojlanishi 13-14 yoshdan 17 - 18 yoshgacha, qiz bolalar va qizlarda 1 1 -1 2 yoshdan 15 - 16 yoshgacha bo‘lgan davr hisoblanib, tana umumiy og'irligi massasiga mushaklar massasi ulushi (10 - 11 yoshda 23 % ni, 14 - 15 yoshda 33 % ni, 17 - 18 yoshda 45 % ni tashkil qiladi) biroz darajada mos keladi. 9 yoshdan 11 yoshgacha, ayniqsa, kichik maktab yoshida nisbiy kuchning o‘sish maromi turli mushak guruhlarida kuzatiladi. Ko'satilgan vaqt bo‘laklarida kuch imkoniyatlari ko'proq maqsadli ta’sir darajasiga moyildir. Kuch rivojlanishida o‘sayotgan organizmning morfofunksional imkoniyatlarini e’tiborga olish lozim. Kuch qobiliyatlarini rivojlantirish vazifalari. Birinchi - vazifa inson organizmi tayanch - harakat apparati barcha mushak guruhlarining har tomonlama uyg‘un rivojlanishidan iborat. U kuch mashqlarini tanlab olish yo‘li bilan amalga oshiriladi Ushbu holatda, hajm va mazmun katta ahamiyatga ega. Ular turli mushak guruhlarini mutanosib tarzda rivojlanishini ta’minlashi lozim. Bu tashqi tomondan tana tuzilishi hamda qomatning tegishli shaklga egaligida ifodalanadi. Harakat faolligini amalga oshirish va organizm funksiyalarining hayot uchun zarurligini yuqori darajada ta’minlashda kuch mashqlarini qo‘llashning ichki samarasi namoyon bo'ladi. Skelet mushaklari faqatgina harakatlanish organi emas, balki qon aylanishiga katta yordam beradigan a’zolar - markazdan uzoqdagi o‘ziga xos yurakchalar hisoblanadi (N.I. Archinin, 1980). 90 Ikkinchi vazifa - hayot uchun zarur bo'lgan harakat faoliyatlarini (ko‘nikma va malaka) o‘zlashtirish bilan birgalikda kuch qobiliyatlarini har tomonlama rivojlantirish. Ushbu vazifa asosiy turdagi barcha kuch qobiliyatlarini rivojlantirishni nazarda tutadi. Uchinchi vazifa - kasbiy - amaliy jismoniy tayyorgarlik yoki aniq sport turi bilan shug'ullanishda kuch qobiliyatlarini yanada takomillashtirish uchun sharoit va imkoniyatlar yaratishdan iborat. Ushbu vazifalami muvaffaqiyatli amalga oshirish tanlangan kasb yoki sport turlarida harakatchanlik iqtidorini hisobga olgan holda kuchni rivojlantirishga, shaxsiy qiziqishlami qondirishga imkon yaratadi. Kuch tarbiyasi urnumiy jismoniy tayyorgarlik (inson salomatligini mustahkamlash va saqlash, tana shakllarini takomillashtirish, barcha mushak guruhlari kuchini oshirish) hamda maxsus jismoniy tayyorgarlik (asosiy musobaqa mashqlarini bajarishda katta ahamiyatga ega bo‘lgan mushak guruhlarining har xil kuch qobiliyatlarini tarbiyalash) jarayonida amalga oshirilishi mumkin. Bu yo‘nalishlaming har birida kuchni rivojlantirishga muayyan hozirlikni belgilovchi maqsad hamda shu hozirlikdan kelib chiqib hal etish zarur bo‘lgan vazifalar mavjud. Shunga ko‘ra kuchni tarbiyalashning ma’lum vosita va usullari tanlanadi. Kuch qobiliyatlarini tarbiyalash vositalari Kuchni rivojlantirish vositalari qarshilikni yengishga qaratilgan jismoniy mashqlar bo‘lib, mushaklaming taranglik darajasini oshirishga yo‘naltirilgan. Ushbu vositalar kuchlilik deb ataladi. Ular shartli ravishda asosiy va qo‘shimchalarga ajratiladi (7-chizma). 91 Kuch qobilyatlarini tarbiyalash vositalari 7-chizma. Kuch qobiliyatlarini tarbiyalash vositalari tarldbi. Asosiy vositalar 1. Tana vazniga nisbatan og'irlik bilan bajariladigan mashqlar: turli og'irlikdagi disklar jamlanmasidan iborat shtanga, gantellar, qadoqtosh, to'ldirma to‘p, sherik og'irligi bilan bajariladigan mashqlar va boshqalar.