Harakatlarga o‘rgatish bosqichlarining tuzilish asoslari Mundarija: Kirish


Jismoniy madaniyat vositalarini turkumlarga ajratish, vositalarning turli-tumanligi, uning ta’sir ko‘rsatishi yaxlit tizimi sifatida



Yüklə 38,73 Kb.
səhifə3/6
tarix24.09.2023
ölçüsü38,73 Kb.
#147645
1   2   3   4   5   6
Harakatlarga o‘rgatish bosqichlarining tuzilish asoslari

1.2 Jismoniy madaniyat vositalarini turkumlarga ajratish, vositalarning turli-tumanligi, uning ta’sir ko‘rsatishi yaxlit tizimi sifatida.
1. Shug‘ullanuvchilarda harakat faoliyat bo‘yicha to‘liq tasavvur hosil bo‘lishi uchun u to‘g‘risida asosli tushuncha hosil qilish.
2. Yangi harakatlarni o‘rganish uchun shug‘ullanuvchilarning bilimlari to‘g‘risida kerak bo‘lgan elementlar bilan to‘ldirib borish.
3. Harakatlarni butunlay bajarishga erishish.
4. Ortiqcha muskul kuchlanishlarini va ortiqcha keraksiz harakatlarni yo‘q qilish.
Bu bosqichda qo‘llaniladigan o‘rganish metodikasi didaktik prinsiplarini amalga oshirish bilan, o‘rganishning shu bosqichi uchun kerakli bo‘lgan metod va usullardan foydalanishda qator xususiyatlarga egadir. Bularga so‘z metodi, ko‘rgazmalilikni ta’minlash metodi, shug‘ullanuvchilarga oson tushunarli va individuallashtirish, muntazamlilik hamda talabalarni tabora oshirib borish prinsiplari kiradi.
So‘z metodi mashq to‘g‘risida tasavvur hosil qilish, shuningdek shu mashqni paydo bo‘lishi haqida uning amaldagi va sport sohasida ahamiyati haqida so‘zlab shug‘ullanuvchilarni qiziqtirish.
Ko‘rgazmalilikni ta’minlash metodi o‘rgatish lozim bo‘lgan mashq to‘g‘risida shug‘ullanuvchilarda aniq tasavvur hosil qilish uchun vositali va vositasiz variantlari ko‘riladi.
Harakatlarning aniqmasligi va xatolar oldin yirik so‘ngra esa mayda xatolar yo‘q qilib boriladi. Harakatlarning aniqmasligini va xatolar sabablarini ravshan belgilash zarurdir. Xatolar yo o‘rgatish metodini oqilona bo‘lmasligi, yo o‘quvchilarning vazifalarini yetarli daraja aniq tushunmasliklari, yo murakkab harakatning avvalgi fazalarini noto‘g‘ri bajarish natijasida paydo bo‘ladi. Birinchi bosqichda o‘rgatishning muntazamligi, vazifalarining optimal miqdorda takrorlanishning va ular orasidagi intervalning qanchalik zarurligi bilan xarakterlanadi.
II. Chuqurlashtirilgan o‘rgatish bosqichi va bosqichnig maqsadi - Ilgari xosil qilingan "qupol» texnika ko‘nikmalarini aniqlashtirishdir. Dastlabki o‘rgatish jarayonida harakatlar shunday aniqlik bilan bajarilishi kerakki natijasida harakatko‘nikmasi harakat malakasiga aylanishi lozim. Agarda dastlabki o‘rgatish harakat texnika asosini o‘rganishdan iborat bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchi bosqichda bu chuqurlashtirilgan holda o‘rganiladi va uning detallari aniqlanadi.
Bu bosqichda harakatlarning vaqtli, fazoviy va ayrim murakkab harakatlar xarakteristikasi bilan xarakterlanadi. Bu bosqichning didaktik vazifalari quyidagilardan iborat:
1. O‘rganilayotgan harakatlarining qonuniyatlarini yanada chuqurroq tushunish;
2. O‘rganilayotgan harakatlar texnikasining detallarini o‘rganish va aniqlash.
3. Harakatlarni butunlay, aniq, bir tekis, oson bajarishga erishish.
Bu bosqichga asosan so‘z metodi, shug‘ullanuvchilarga oson tushunarli va individuallashtirish metodi, keyinchalik jismoniy tarbiyaning metodik prinsiplrdan esa talablarni tobora oshirib borish prinsipi, onglilik va faollik prinsipiga e’tibor etiladi.
III. Harakatlarni mustahkamlash va yanada takomillashtirish bosqichi - Jismoniy tarbiyaning umumiy yo‘nalishiga bog‘liq holda, bu bosqichni davom ettirish har xil bo‘ladi. Bu bosqichda o‘rgatish jarayoni harakat malakalarini rivojlantirishning 2 xil stadiyasini o‘z ichiga oladi:
1. Harakat malakasining asosiy varianti mustahkamlash stadiyasi;
2. Ko‘nikma va malakalarni qo‘shimcha variantda hosil bo‘lish stadiyasi. Birinchi stadiyada o‘rganilayotgan harakat texnikasining asosiy variantiga mos dinamik stereotip mustahkamlanadi.
Ikkinchi stadiyada esa, bu asosiy stereotipga qo‘shimcha harakat reaksiyalari mustahkamlanadi. Bu bosqichda vazifalar quyidagilardan iborat:
1) Harakat ko‘nikmasi, harakat malakasi xosil bo‘lish uchun harakatlarning har xil variantlarda bajarilishi.
2) E’tiborni oldingi bosqichda yo‘l qo‘yilgan xatoni yo‘q qilinishiga qaratilishi zarur.
3) Asosan harakat texnikasini o‘zlashtirish va mustahkamlashga erishish zarur.
4) Harakat faoliyatini maksimal darajada aniq bajarilishiga erishishdir.
Bu bosqichda o‘rgatish metodikasi yuqorida ko‘rsatilgan vazifalarni muvofiqli bajarishga qaratilgan bo‘lishi kerak.
Onglilik va faollik prinsipini amalga oshirishda shug‘ullanuvchilarning diqqatini bir nuqtaga yo‘nalishga qaratish lozim. Harakat aktiga hosil qilingan ritmning bo‘zilishiga, alohida harakatlar o‘rtasida o‘zaro aloqalarning bo‘zilishiga olib kelishi mumkin. Lekin bu bilan bu bosqichda ishga ongli munosabatda bo‘lishning roli kamayadi deb tushunish mutlaqo noto‘g‘ri.
Harakatlar faoliyatini takomillashtirish jarayonida ko‘p vazifalarni hal qilishda ongli va faollik prinspi yetakchi rol o‘ynaydi. Onglilik o‘rganilayotgan harakat texnikasini, uning qonuniyatlarini va bajariladigan ishining natijasini yanada chuqurroq tushunib olishga qaratilishi kerak.
Bu bosqichda muhokama, suhbat, nazariy manbalar ustida mustaqil ishlash va hokazolar birinchi o‘ringa qo‘yiladi. Harakat malakasini mustaµkamlash jarayonida o‘rgatishning ko‘rgazmaliligi oldingi, bosqichlarga qaraganda boshqacha shakl yotadi.
Harakatni o‘rgatishga yordam beradigan qushimcha vosita va metodlar asta-sekin minimum darajagacha kamaytiriladi. Harakat malakasining mustaxkamlanishida harakat analizatori yetakchi rol o‘ynaydi, masofa analizatorlari esa "yo‘qlanadi", bu diqqatni harakatning tashqi sharoitiga qaratishga imkon beradi. Bu o‘z navbatida, taktik ko‘nikma va malakalarni xosil qilish va takomillashtirish uchun qulay sharoit yaratadi. Bunda ko‘rgazmali vositalar, video va kino materiallardan, turli xil taktik vaziyatlarni aks ettiruvchi rasm va chizmalardan foydalanadi.
Muntazamlilik prinsipi bo‘lsa, harakat malakasini mustahkamlash va takomillashtirish harakatini butunlaycha qayta takrorlash sharoitlarida amalga oshiriladi. Hamda extiyojga qarab, qismlarni bo‘lishga ham yo‘l qo‘yiladi. Bunda standart va o‘zgaruvchan mashqlar metodlaridan birgalikda foydalanish juda katta ahamiyatga ega.
Bu bosqichning dastlabki o‘rgatish bosqichida doimiy sharoitlarda o‘tkaziladigan standart mashq yaxshidir, chunki hosil bo‘lgan dinamik stereotip hali yetarli darajada mustaxkamlanmasdan o‘zgartirishga o‘rinilganda, asosiy variantda "salbiy ko‘chish» ko‘zga tashlanadi va o‘rganilgan qismlarni aniqlash yuzasidan olib borilayotgan ishni davom ettirishga halaqit beradi.
Bundan keyin malakaning mustahkamlanishiga qarab, asosiy o‘rinni o‘zgaruvchan mashq eggalaydi, bu mashq jarayonida xilma-xil sharoitlarda harakat turli o‘zgaradi.
Harakat malakalarini takomillashtirish jarayonida oson tushunarli va individuallashtirishni ta’mnlash bilan birga, o‘rganilgan harakatning qanchalik mustahkamlanganligiga qarab musobaqa metodidan oldin harakat texnikasiga asosan, so‘ngra butun funksional imkoniyatlarini ko‘rsatib yanada kengroq foydalaniladi. O‘rganishning bu bosqichida jismoniy yuklanish bilan dam olishni almashinishi, takomillashining belgilanadigan darajasiga bogliqdir. O‘rgatishning bu bosqichida malakaning mustaxkam bo‘lishi va talabning tobora oshib borishi muhim o‘rin egallaydi. Harakat ko‘nikmalari va malakalarini takomillashtirish uchun shart-sharoit harakat vazifalarini muntazam ravishda yangilab mukamallashtirib turish va jismoniy sifatlarini har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan funksional jismoniy yuklanishlarni oshirish yo‘li bilan yaratiladi. Shuni ham aytib o‘tish kerakki bu bosqichda o‘rgatish jarayonining harkterli tomonlaridan biri bu o‘rgatish jarayonining jismoniy sifatlarini tarbiyalash jarayoni bilan yaqin bog‘liqligidir.
O‘rgatish bosqichlari. dastlabki o‘rganish chuqur o‘rganish takomil va mustahkam o‘rganish
Maqsad-o‘rganish jarayonida shug‘ullanuvchilar harakat texnikasining asosini o‘zlashtirish. Bu bosqichning xususiy vazifalari quyidagilardan iborat:
a) shug‘ullanuvchilarda harakat faoliyati bo‘yicha to‘liq tasavvur hosil bo‘lishi uchun u to‘g‘risida asosli tushuncha hosil qilish,
b) Yangi harakatlarni o‘rgatish uchun shug‘ullanuvchilarning bilimini, harakatlar to‘g‘risida kerak bo‘lgan elementlar bilan to‘ldirib borish,
v) Harakatlarni butunlay bajarishga erishish,
g) Ortiqcha muskul kuchlanishlarni va ortiqcha keraksiz harakatlarni yo‘q qilish. Amalga oshirish metodlari.
1. So‘z metodi.
2. Ko‘rgazmali metod.
3.Bo‘lib - bo‘lib o‘rganish metodi.
Maqsad- ilgari xato qilingan -qo‘pol- texnika ko‘nikmalarini aniqlash va yo‘q qilishga intilish. Bu bosqichning asosiy vazifalari:
a) O‘rganilayotgan harakatlarning qonuniyatlashtirishni yanada chuqurroq tushuntirish,
b) O‘rganilayotgan harakatlar texnikasining detallarini o‘rgatish va aniqlash,
v) Harakatlarni butunlay aniq bir tekis, oson bajarishga intilish,
g) Harakatni turlicha bajarish imkoniyatini oldindan yaratish.
Amalga oshirish metodlari
1. Butunlay o‘rgatish.
2. So‘z metodi.
3. Ko‘rgazmali metod.
4. Musobaqaviy metod.
Maqsad amaliyotda harakat faoliyatini takomillashgan holda egallashni ta’minlash. Xususiy vazifalar quyidagilardan iborat: a)Harakat ko‘nikma harakat malakasi hosil bo‘lish uchun harakatlarni har xil variantda bajarish. b)Oldingi bosqichda yo‘l qo‘yilgan xatoni yo‘q qilish. v)Asosan texnikani va o‘zlashtirish va mustahkamlashga erishish zarur.
g) Harakat faoliyatini maksimal darajada aniq bajarishga erishish. Amalga oshirish metodlari:
1. Takroriy standart mashq metodi. 2. Takroriy o‘zgaruvchan mashq metodi. 3. Onglilik va faollik. 4. Muntazamlik.

Yüklə 38,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin