Harakatni tashkil qilishda svitaforlardan foydalanish reja: Harakatni tashkil etishning maqsadi va vazifalari



Yüklə 123 Kb.
tarix22.01.2023
ölçüsü123 Kb.
#80156
HARAKATNI TASHKIL QILISHDA SVITAFORLARDAN FOYDALANISH


HARAKATNI TASHKIL QILISHDA SVITAFORLARDAN FOYDALANISH

Reja:


1. Harakatni tashkil etishning maqsadi va vazifalari
2. O`zbekiston Respublikasida avtomobillashtirish va yo`l tarmoqlarining o`sish ko`rsatkichlari
3. Harakatni tashkil etish bo’yicha me’yoriy hujjatlar
Svetofor (rus. svet — yorugʻlik va yun. phoros — eltuvchi) — yorugʻlik signali beradigan elektr qurilma. Piyodalar va transport vositalarining koʻchada, yoʻlda va temir yoʻldan oʻtish joylaridagi harakatini hamda temir yoʻl tarkibi qatnovini tartibga solib turish uchun ishlatiladi. Semafor tarzida S. birinchi marta 1868-yil Londonda oʻrnatilgan. Qoʻlda boshkariladigan birinchi elektr S. 20-asr boshida AQSH da paydo boʻlgan (unda faqat yashil va kizil chiroklar boʻlgan). Dastlabki 3 rangli (yashil, sariq va qizil) S. 1918-yil NyuYorkda, 1930-yil Moskvada ishlatilgan. Sdan temir yoʻlda foydalanish 20-asrboshlarida rayem boʻlgan. S.larni oʻrnatish va ulardan foydalanish qoidalari Venada 1968-yil qabul qilingan "Yoʻl belgilari va signallari haqida konvensiya" va bu konvensiyani toʻddiruvchi Yevropa kelishuvi (1971, Jeneva) talablariga koʻra belgilab qoʻyilgan. Oʻzbekistonda 2001-yil xalqaro meʼyorlar asosida ishlab chiqilgan "Yoʻl harakati qoidalari"ga rioya qilinadi (qarang Yoʻl belgilari).
S.ning 1, 2 va 3 seksiyali hamda qoʻshimcha seksiyali xillari bor. Bir seksiyali S.da faqat bir xil — sariq yoki qizil chiroq yonadi. Sarigʻi oʻchibyonib, haydovchilarni ogohlantirib turadi. Agar transport vositasini toʻxtatish lozim boʻlsa (mas, temir yoʻldan oʻtish joylarida, oʻt oʻchirish avtomobillari chiqadigan joylarda va h.k.), qizil chiroq yonadi. Ikki seksiyali S.da 2 xil — yashil va kizil chirok yonadi. Asosan, shaharlarda temir yoʻldan oʻtish joylariga oʻrnatiladi. U ch seksiyali S.da uch xil — yashil, sarik va qizil chiroq yonadi. Tik va yotiq joylashgan xillari bor. Asosan, yoʻl (koʻcha) chorrahalariga oʻrnatiladi.
Yashil chiroq yonganda relssiz transport vositalari barcha yoʻnalishlarda, tramvay esa toʻgʻriga va chapga harakatlanishi mumkin. Qizil chiroq yonganda barcha transport vositalarining harakati toʻxtaydi, tramvay esa oʻngga burilishi mumkin. Sariq chiroq yonganda chorrahaga yaqinlashayotgan transport vositalari toʻxtaydi, chorrahaga kirganlari chorrahani boʻshatadi, signal oʻzgarishini kutib turganlari harakatlanishga tayyorlanadi. Oʻchibyonib turadigan sariq chiroq haydovchilarni ogohlantiradi.
Qoʻshimcha seksiyali S. chapga burilishni, oʻngga burilishni, ikkala tomonga burilishni va 3 tomonli chorrahalarda toʻgʻriga harakatlanishni koʻrsatadi. Bunday S.lar serharakat chorrahalarga oʻrnatiladi. Qoʻshimcha seksiyadagi "strelka" signali yonganda (S.dagi qaysi asosiy chiroq yonganidan qatʼiy nazar) transport yongan strelka yoʻnalishida harakatlanishi mumkin.
S.lar chorraha chetiga, oʻrtasiga osib qoʻyilishi, maxsus ustunga yoki bino devoriga oʻrnatilishi mumkin. Ular, asosan, avtomatik tarzda yonib oʻchadi. Shu maqsadda EHM dan ham foydalaniladi. Harakatni avtomatik boshkarishning uygʻunlashtirilgan tizimi borgan sari kengroq qoʻllanilmoqda. Bunda, mas, bir yoʻnalishda oʻrnatilgan S.lardan birining yashil chirogʻida oʻtgan transport maʼlum tezlikda (mas, 45 km/soat) harakatlansa, navbatdagi S.ning ham yashil chirogʻiga toʻgʻri keladi va h.k. Qanday tezlikda harakatlanish kerakligi haqidagi belgi har qaysi S. yaqiniga osib qoʻyiladi. Bunday tizim "yashil toʻlqin" deb ataladi. Sdan sanoatda dispetcherlik (boshqarish) da ham foydalaniladi.
Transport yoʻli svetofori stansiyalar va oʻtish joylariga oʻrnatilib, temir yoʻl tarkibining harakatini tartibga soladi va uning tezligini belgilaydi. Bunday S.da yashil, kizil, koʻk, sariq va sutrangoq chiroklar boʻladi. Transport yoʻlining avtomatik yoki yarim avtomatik blokirovka bilan taʼminlangan bir qismini boshqaradi.

Harakatni tashkil etishning maqsadi va vazifalari


Avtomobil yo’llarida harakat tartibsiz ravishda vujudga keladi. Har bir haydovchi o’ziga qulay harakat rejimini tanlaydi hamda o’zi tanlagan harakat rejimining boshqa harakat qatnashchilariga ta’siri bilan hisoblashmaydi. Shuningdek, turli rusumli avtomobillarning har xil dinamik sifati harakat rejimiga ta’sir qilishi muqarrar. Yo’l harakatida avtomobillarning o’zaro ta’siri harakat miqdori qancha ko’p bo’lsa, shuncha orta boradi.
Yo’l harakatini tashkil etish yo’llarda harakatni boshqarish bo’yicha huquqiy, tashkiliy-texnikaviy tadbirlar va boshqaruv harakatlari majmui.
Yo’l harakatini tashkil etishda transport vositalari oqimini maksimal darajada yo’lning geometrik o’lcham imkoniyatlaridan foydalanib, uning har xil bo’laklarida xavfsiz harakat rejimini va yuqori o’tkazish qobiliyatini ta’minlashga qaratilib, u transport vositalarini yuqori samaradorlik bilan harakatlanishiga qaratilgan tadbirlar tizimidan iborat. Yo’l harakatini tashkil etish tamoyillari quyidagilarga qaratiladi: transport oqimini to’g’ri yo’naltirishga, kerak hollarda ularni tezliklar bo’yicha guruhlarga ajratishga, har bir yo’l bo’lagi uchun ratsional tezliklarni belgilashga, haydovchilarga o’z vaqtida harakat marshruti va yo’l sharoiti to’g’risida axborot berishga.
Harakatni tashkil etishni takomillashtirish progressiv boshqarish vositalari (harakatni boshqarishni avtomatik tizimi; svetafor ob’ektlarini «yashil to’lqin», «yashil ko’cha» tizimi usulida ishlashi; tezlashuvchi-sekinlashuvchi, reversiv, rezevr polosalaridan foydalanish, ba’zi bir ko’chalarni bir tomonli harakatga o’tkazish va h.k.z.) chorrahalarni har xil sathda o’tkazish, shuningdek, transport vositalarining harakat marshrutini ratsional ravishda tanlash yordamida erishiladi. Yo’l harakatini tashkil etishda EHM yordamida avtobus va trolleybuslarni, shuningdek, yalpi yuk tashuvchi avtomobillarni optimal harakatlanish grafigini to’g’ri tuzish katta ahamiyatga ega. Tig’iz soatlarda harakatni tashkil etish maqsadida asosiy magistralning tirband yo’l bo’laklaridagi transport oqimining harakati aylanma yo’llar orqali o’tishga intiladi. Harakatlanish tartibini oshirish uchun avtomobil va avtobuslarga ikki tomonlama radio aloqa o’rnatiladi, bu esa harakat grafigini yo’lda nazorat qilish imkonini beradi. Yo’l harakatini tashkil etishda quyidagi xujjatlarning ahamiyati katta. «Yo’l harakati xavfsizligi to’g’risidagi» O’zbekiston respublikasining qonuni; yo’l harakati qoidasi; transport vositalarining konstruktiv xavfsizlik me’yorlari; yo’l va ko’chalar uchun qurilish me’yorlari va qoidalari, shuningdek, harakat xavfsizligi bo’yicha soha me’yoriy xujjatlari.
Avtomobil transporti ishini, haydovchi mehnatini, yo’ldagi transport vositalarining va piyodalarning harakatini tashkil etishni bir biridan farqlash lozim. Birinchi ikki masala bilan asosan avtokorxonalar, keyingisi bilan esa yo’l xo’jaliklari, davlat avtomobil nazorati organlari va xokimiyat vakillari shug’ullanadi.
Yuqorida keltirilganlardan kelib, chiqib yo’l harakatini tashkil qilishning asosiy maqsadi deb har xil transport vositalarini yuqori tezliklar bilan yo’lning turli bo’lagidan yilning har qanday ob-havo sharoitlarida xavfsiz o’tkazilishi tushuniladi.
Harakatni tashkil qilishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
transport vositalarining harakat tartibini belgilash va ta’minlash;
- avtomobilni yuqori samaradorlik bilan ishlashini ta’minlash va eng yaxshi yul sharoitlarini vujudga keltirish;
harakat xavfsizligini ta’minlash;
atrof-muxitni bulgatmaslik;
transport vositalarini va yul sharoitlarini tez ishdan chikmasligini ta’minlash.
Harakatni tashkil kilish buyicha kuyidagi vazifalarni muvaffakiyatli bajarish uchun turli vazirliklar, korporatsiyalar, kontsernlar, uyushmalar va hokimiyatlar darajasida keng ko’lamlik faol ishlar olib borilishi zarur. Bunda harakatni tashkil qilishdagi yechiladigan masalalarni ko’lamiga qarab uch darajaga bo’lish mumkin:
1. Davlat ahamiyatidagi daraja. Bu darajada yo’lda harakatlanish qonun va me’yorlari tuziladi, «avtomobil-haydovchi-yo’l-piyoda-muhit» tizimidagi elementlarga talab standartlashtiriladi, yo’l tarmog’ining rivojlanish rejalari tuziladi, davlat miqyosida avtomobilizatsiya ko’lami muvofiqlashtiriladi.
2. Vazirliklar darajasi. Bu daraja passajirlarni va yuk tashishni takomillashtirish va rivojlantirish; transport vositalarini ishlab chiqarish; yo’llarni qurish; ta’mirlash; yo’lda yurishni tashkil qilishda ishlatiladigan texnik vositalarni ishlab chiqarish; haydovchilarni tayyorlash va yo’l qoidalarni yo’l harakati qatnashchilariga targ’ibot qilish masalalari ko’rib chiqiladi.
3. Muhandis xizmati darajasi. Bu darajada yo’lda harakatni tashkil qilish bo’yicha izlanishlar; yo’lning xavfli uchastkalarida harakatlanish sharoitlarini yaxshilash; transport vositalarini texnik ko’rikdan o’tkazish; harakatni tashkil qilish uchun ishlatiladigan texnik vositalarni tadbiq etish va ishlatish; haydovchilar va piyodalarning yo’l harakati qoidalariga rioya qilishlarini nazorat qilib borish masalalari hal qilinadi.
O’zbekiston respublikasi avtomobillashtirish va yo’l tarmoqlarining o’sish ko’rsatkichlari
Butun dunyoda avtomobillar soni kundan-kunga ko’payish kuzatilmoqda. Bunday holat birinchi navbatda O’zbekiston Respublikasiga xosdir. O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyin mamlakat iqtisodiyotini kuchaytirish maqsadida avtomobilsozlik sanoatini rivojlantirib, Andijon viloyatining Asaka shahrida Janubiy Koreya bilan hamkorlikda «O’zDEUavto» qo’shma korxonasida yengil avtomobillar ishlab chiqaradigan zavod qurilib, 1996 yildan boshlab Tiko, Neksiya, Damas va 2001 yilning avgust oyidan esa Matiz rusumli avtomobillari ishlab chiqara boshladi. Ayni vaqtda zavod konveyeridan 250 ming avtomobil ishlab chiqarildi, uning 51 minggi eksport qilindi. Faqatgina 2000 yilda zavodda 30,7 ming dona avtomobil ishlab chiqarildi. Shuningdek, 1999 yil avgust oyila Samarqand shahrida Turkiya Respublikasi bilan hamkorlikda «Samkochavto» zavodida kichik hajmli avtobus va yuk avtomobillarini ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. SHunday qilib O’zbekiston Respublikasi dunyoga avtomobil ishlab chiqaradigan zavodga ega bo’lgan 26 davlat bo’lib kirdi.
Akademik O.V.Lebedev ma’lumotiga ko’ra O’zbekistondagi avtomobil zavodlaridan 2007 yilga kelib yiliga 350.000 avtomobil ishlab chiqarilib, undan 23 qismi eksport qilinadi. Umuman O’zbekiston Respublikasida 1996 yildan boshlab xususiy sektorda avtomobil transportining soni yildan-yilga ortib bormoqda va bu o’sish ko’rsatkichi keyingi olti yil ichida o’rtacha 5% tashkil etdi (12.1-jadval).
12.1-jadval

Yillar

1996

1997

1998

1999

2000

2001

Xususiy sektordagi avtomobillar soni

808736

865700

926670

969890

1014420

1038335

Avtomobillashtirish jamiyatning iqtisodiy yuksalishiga ijobiy ta’sir qilish bilan birga, qator salbiy oqibatlarni ham keltirib chiqarmoqdaki, ularni hal qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Avtomobillashtirishning salbiy oqibatlari yo’l-transport xodisalari natijasida ko’plab kishilarning halok bo’lishlari, (respublikamizda 2000 yil ularni soni 2128 taga yetdi) yoki tan jarohatlarini olishlari, (2000 yil ularni soni 11677 tadan oshib ketdi), shuningdek, yo’l-transport hodisalari natijasidagi ko’plab yetkazilayotgan moddiy zararlar, shahar ko’chalari, aholi yashaydigan joylardan o’tadigan yo’llar mintaqasidagi yuqori darajadagi shovqin, havo bassenlarining ifloslantirilishi, ko’chalarni to’xtab turuvchi avtomobillar tomonidan to’sib qo’yilishlari va nihoyat, transportlarning ushlanib qolishlari va harakat tezliklarining keskin tushib ketishidan iboratdir.
Past darajadagi harakat xavfsizligiga sabab bo’ladigan avtomobillar harakatining uchta o’ziga xos xususiyatlarini ko’rsatish mumkin:
1) avtomobil transportining o’z ko’rsatkichlariga ko’ra mos keladigan avtomobil-transport foydalanish ko’rsatkichlariga ega bo’lgan avtomobil yo’llari bilan yetarli darajada ta’minlanmaganligi;
2) avtomobillar harakatining yo’l harakatining boshqa qatnashchilaridan yetarli darajada ajratilmaganligi va piyodalarning harakatlanish madaniyatining pastligi;
3) haydovchilik kasbining ommaviyligi va ular orasida past malakali, kam ko’nikmaga ega bo’lgan havaskor haydovchilarning ko’pligi.
Mamlakatimizdagi iqtisodiy tarmoqni rivojlantirishda yo’l sohasining roli katta bo’lib, u ishlab chiqarish sohasi va iqtisodiy mustaqillikni mustahkamlash va O’zbekiston Respublikasini jahon hamjamiyatiga faol kirib borishi natijasida uni yuqori darajadagi avtomagistrallar bilan ta’minlash transport kommunikatsiyalarining a’lo darajada rivojlantirishni talab etadi, bu esa birinchi navbatda avtomobil yo’llarining ustivor tarzda rivojlantirib borishni talab etadi.
O’zbekistonning jahon bozoriga chiqishi uchun transport yo’laklarini shakllantirish bo’yicha maqsadli tadbirlar o’tkazilmoqda hamda respublika va chet el yaqin-uzoq mamlakatlari avtomobil yo’llari integratsiyasi va hamkorlik bo’yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda. Bularga quyidagi transport yo’laklarini misol qilib ko’rsatish mumkin.
Toshkent-Andijon-O’sh-Irkishtim-Qashqar-Lyanьyunьgan-Shanxay;
Toshkent-Samarqand-Buxoro-Chorjo’y-Ashgabat-Mashhad-Bender-Abbos;
Termez-Shibirg’on-Moymona-Hirot-Qondoxor-Chaman-Kvetta-Karachi;
Qizilo’rda-Uchquduq-Nukus-Toshhovuz-Ashgabad-Mashhad-Bender-Abbas.
Buyuk Ipak Yo’lining qayta tiklash bo’yicha bir nechta quyidagi xalqaro shartnomalar qabul qilindi:
- Transkavkaz yo’lagini tashkil qilish to’g’risidagi Ozarbayjon, Gruziya, Turkmaniston, O’zbekiston o’rtasida 1996 yil may, 1998 yil sentyabr oylaridagi shartnomalar;
- BMT hamkorligida 1997 yil aprel va 1998 yil fevral oylarida o’tkazilgan Xitoy Xalq Respublikasi (XXR), Qirg’iziston va O’zbekiston Respublikasi xukumatlari o’rtasidagi bitimlar;
- O’zbekiston va Qirg’iziston Respublikasi xukumatlari o’rtasida 1998 yil aprelda «Toshkent-O’sh-Irkishtom» avtomobil yo’lini loyihalash, qayta qurish va foydalanish bo’yicha bitim;
- Toshkent shahrida 1999 yil aprel XXR, Ozarbayjon, Gruziya, Eron, Turkmaniston va O’zbekiston Respublikalari o’rtasidagi ishchi yig’ilishida zamonaviy Ipak Yo’lining «Lanьyunьgan-Qashqar-Toshkent-Turkmanboshi-Baku-Poti-Batumi-Konstantsa»dan Rotterdamgacha boruvchi qismi bo’yicha o’zaro bayonnoma;
- O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 18 avgustdagi 396-sonli «Avtotransport vositalarining katta tezlikdagi harakatini ta’minlovchi Andijon-Toshkent-Nukus-Qo’ng’irot xalqaro avtomagistrali qurilishini loyihalash to’g’risida»gi qarori;
- Toshkent shahrida 1999 yil sentyabrda Buyuk Ipak Yo’lini tiklash bo’yicha navbatdagi xalqaro anjumanda pak Yo’li transport yo’lagini tiklash loyihasini amalga oshirish bo’yicha bayonnoma.
O’zbekiston Respublikasining avtomobil yo’llarini rivojlantirish bo’yicha tuzilgan istiqbollik rejasiga asosan mavjud avtomobil yo’llarining transport-ekspluatatsion sifatlarini yaxshilash borasida muntazam ravishda ish olib borilmoqda. Xususan Toshkent-O’sh avtomobil yo’lining 110195 kilometrlarida katta hajmda qayta qurish ishlari o’tkaziladi va qisqa muddat ichida «Qamchiq» va «Rezak» devonlarida umumiy uzunligi 2500 pm bo’lgan avtomobil yo’llari tonnellari qurildi va foydalanishga topshirildi.
O’zbekiston Respublikasi yetarli darajada zich avtomobil yo’llar tarmog’iga ega. 2000 yil 1 yanvar holatiga ko’ra Respublikamizdagi yo’llarning umumiy uzunligi 146347 km, shu jumladan, umum foydalanuvdagi avtomobil yo’llari 43467 km, ichki xo’jalik yo’llari 78606 km, shahar va tuman markazlari ko’chalari 13829 km, inspektor va asosiy yo’ldan ajralib chiqqan yo’llar 7420 km va boshqa yo’llar 3025 km ni tashkil qiladi. O’zbekiston xududlarining transport tarmog’i bilan ta’minlanish ko’rsatkichlari keltirilgan.
Respublikamizda umum foydalanuvdagi avtomobil yo’l tarmoqlarining o’sish ko’rsatkichlari 1995 yildan 2010 yilgacha atigi 2,6% ko’payadi, bu esa respublikada yo’l tarmoqlari yetarli faqat tez yurar avtomagistrallar va yirik shaharlarni aylanib o’tuvchi qurilishi zaruriyati borligidan dalolat beradi.
Harakatni tashkil etish bo’yicha me’yoriy hujjatlar
O’zbekiston Respublikasi Kosntituttsiyasida belgilangan inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari yo’llarda harakatni amalga oshirish, xavfsizligini ta’minlash jarayonida vujudga keladigan barcha ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Harakat xavfsizligini ta’minlash yo’nalishidagi me’yoriy xujjatlar O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasi talablariga muvofiq ravishda ishlab chiqilgan.
Hozirgi kunda «Yo’l harakati xavfsizligi to’g’risida» O’zbekiston Respublikasi Qonuni (1999 yil 19 avgustda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining XV sessiyasida qabul qilingan) harakat xavfsizligini huquqiy ta’minlovchi asosiy me’yoriy xujjat bo’lib xizmat qiladi. Bu Qonun yo’l harakati xavfsizligi sohasida yuzaga keluvchi munosabatlarni turtibga sladi hamda fuqarolarning hayoti, sog’lig’i va mol-mulkini muhofaza etishini ta’minlashga, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, shuningdek, atrofi-muhitni himoya etishga qaratilgan. Qonun quyidagi 24-moddadan tashkil topgan: qonunning maqsadi, asosiy tushunchalar, qonun xujjatlari, davlat boshqaruvi, sohalar (Vazirlar Mahkamasi, Xokimiyailar, avtomobil va daryo transporti, yo’l xo’jaligi, ichki ishlar vazirligi) vakolatlari, transport vositalari egalarining majburiyatlari, yo’llarga doir talablar, transport vositalariga doir talablar, transport vositalaridan foydalanuvchilarga talablar, yo’l harakati xavfsizligini tibbiy jihatdan ta’minlash, tashkil etish, yo’l harakati qatnashchilarining huquqlari va majburiyatlari, transport vositalarini boshqarish huquqi, haydovchilarni tayyorlashga doir talablar, boshqarish huquqining bekor qilinishi, qonunni buzganlik uchun javobgarlik.
Yo’l harakati xavfsizligi to’g’risidagi Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qabul qilingan:
Yo’l-transport vositalari qatnovi uchun qurilgan yoki moslashtirilgan va xuddi shu maqsadda foydalaniladigan yer mintaqasi yohud sun’iy inshoot yuzasi;
Yo’l harakati-odamlar va yuklarning transport vositalari yordamida yoki bunday vositalarsiz yo’llar doirasida harakatlanish jarayonida yuzaga keluvchi munosabatlar majmui;
Yo’l harakati qatnashchisi-yo’l harakati jarayonida transport vositasining haydovchisi, yo’lovchisi yoki piyoda tariqasida bevosita ishtirok etayotgan shaxs;
Yo’l harakati xavfsizligi-yo’l harakati qatnashchilarining yo’l-transport xodisalari va ularning oqibatlaridan himoyalanganlik darajasini aks ettiruvchi yo’l harakati holati;
Yo’l-transport hodisasi-transport vositasining yo’ldagi qatnovi jarayonida sodir bo’lib, fuqarolarning o’limi yoki ularning sog’ligiga zarar yetishiga, transport vositalari, inshootlar, yuklar shikaslanishga yoki boshqa tarzda moddiy zarar yetkazilishiga sabab bo’lgan hodisa;
Yo’l harakati xavfsizligini ta’minlash-yo’l-transport xodisalarining yuzaga kelish sabablarining oldini olishga, bunday hodisalar oqibatalrining og’irligini yengilatishga qaratilgan faoliyat;
Transport vositasi-odamlarni, yuklarni tashishga yoki maxsus ishlarni bajarishga mo’ljallangan qurilma.
O’zbekiston Respublikasi xududida harakatlanish xavfsizligini ta’minlash, yo’l-transport hodisalarning oldini olish va bu yagona davlat siyosatini yuritish, yo’l harakati qoidalarini xalqaro «Yo’l harakati haqidagi» Konventsiya talablariga muvofiqlashtirish maqsadida hamda «Yo’l harakati xavfsizligi to’g’risida»gi Qonunning 5-moddasiga asosan Vazirlar Mahkamasi muntazam ravishda «Yo’l harakati qoidalari»ni ko’rib, takomillashtirilgan variantini tasdiqlaydi. Hozirda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 11 dekabrdagi № 472 qaroriga asosan «Yo’l harakati qoidalari» 2001 yil 1 martdan e’tiboran amalga kiritildi.
“Yo’l harakati qoidalari” asosida Vazirliklar, davlat qo’mitalari, korporatsiyalar, uyushmalar, kontsernlar va boshqa tashkilotlar va muassasalar, Qoraqolpog’iston Respublikasi Vazirlar kengashi, vilyatlar, shaharlar xokimliklari yo’l harakatini tashkil etilishi bilan bog’liq bo’lgan barcha ishlarni amalga oshirish chora-tadbirlarini belgilaydilar, hamda u yo’l harakati tartiblarini belgilovchi asosiy xujjat bo’lib hisoblanadi.
Yo’l harakati xavfsizligini ta’minlashda 1992 yil 3 iyulda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining “Avtomobil yo’llari to’g’risida”gi Qonun O’zbekiston Respublikasida avtomobil yo’llarini rivojlantirish va ulardan foydalanish hamda harakat xavfsizligini ta’minlash borasidagi imtimoiy munosabatlarini tartibga solishning huquqiy asoslarini belgilab bergan bo’lib, 3 ta bo’lim va 24 ta moddadan iborat. Birinchi bo’limda «Umumiy qoidalar»da avtomobil yo’llari tushunchasi va tarkibi, avtomobil yo’llari to’g’risidagi qonunlar, qonunning vazifalari, yo’llarni farqlash, yo’llarga yer ajratib berish tartibi, yo’l mintaqasidan foydalanish to’g’risidagi moddalar keltirilgan. Ikkinchi bo’limda «Avtomobil yo’llarini boshqarish» da avtomobil yo’llarini boshqaruvchi idoralar, yo’l tarmog’ini rivojlantirish, yo’l ishlarini moddiy ta’minlash, yo’llarni loyihalash, qurish va qayta qurish, yo’llarni saqlash va ta’mirlash, yo’l idoralari xodimlarning huquqlari to’g’risida ko’rsatmalar berilgan. Uchinchi bo’lim “Avtomobil yo’llaridan foydalanish” quyidagi 11 ta moddadan tashkil topgan: avtomobil yo’llaridan foydalanuvchilar, ularning huquqlari va burchlari, yo’llardan foydalanish tartibi, avtomobillarning yurish sharoitini yomonlashishiga sabab bo’ladigan ishlarni cheklash, yo’llarda harakatni cheklash va ta’qiqlab qo’yish, yo’llarga tutash yer egallarining va foydalanuvchilarning burchlari, yo’llarda transport vositalariga texnikaviy yordam ko’rsatish, yo’llarda yordam ko’rsatish, yo’llarni davlat tomonidan nazorat qilish, yo’l idoralarining qonunni buzganlik uchun javobgarligi, yo’llardan foydalanuvchilarning javobgarligi, xalqaro shartnomalar.
O’zbekiston Respublikasi avtomobil transporti to’g’risidagi qonun 1998 yil 29 avgustda qabul qilingan. Qonun 31 ta moddadan iborat bo’lib unda quyidagilar yoritilgan.
Qonunning maqsadi-avtomobil transportining huquqiy asoslarini shakllantirish; asosiy tushunchalar; avtomobil transporti to’g’risidagi qonun xujjatlari; mulk shakllari; avtotransport vositalarini tasniflash; tashish turlari; avtomobil transporti faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish va boshqarish; favqulodda holatlarda avtotransport ishi; tashuvchining huquqlari va majburiyatlari; mijozning huquqlari va majburiyatlari; yo’lovchilar va yuklarni sug’urta qilish; avtomobil transportida xavfsizlikni ta’minlash; nizolarni hal qilish.
Shahar yo’lovchi transporti to’g’risidagiO’zbekiston Respublikasi Qonuni 1997 yil 25 aprelda qabul qilingan bo’lib, jami 27-mlddadan tashkil topgan. Bu qonunda shahar yo’lovchi transporti turlari, shahar yo’lovchi transportiga egalik shakllari, idoraviy shahar yo’lovchi transporti, yo’lovchilarning tashish shartnomalari, shahar yo’lovchi transportini davlat boshqaruvi, qatnov marshrutini belgilash, harakat xavfsizligini ta’minlash to’g’risida aniq ko’rsatmalar berilgan.
Harakat xavfsizligi bo’yicha transport vositalari, yo’llar va boshqa ishootlarga hamda harakatni tashkil etish vositalariga qo’yiladigan talablar davlat me’yoriy xujjatlari Davlat namunalari («GOST»), Qurilish me’yoriy qoidalari («SniP») va Soha qurilish me’yorlari («VSN») orqali aniqlanadi.
Davlat namunalari yordamida yo’l belgilari (№ 23457-86), belgi chiziqlari (№ 13508-74), yo’l harakatini tashkil qilish texnik vositalari (№ 23457-86), svetafor (№ 25695-83), yo’l to’siqlari (№ 26804-86) boshqa harakat xavfsizligini ta’minlovchi qurilmalarga umum texnikaviy shartlar belgilanadi.
Sohalar me’yoriy xujjatlarida (instruktsiya, uslubiy ko’rsatma) avtomobil transportida, yo’l xo’jaligida, yo’l harakat xavfsizligi xizmatlarida harakat xavfsizligini yaxshilash, yo’l-transport hodisalarini hisobga olish, transport vositalaridan foydalanishga ruxsat berish, yo’lning xavfli bo’laklarini aniqlash, harakat xavfsizligini boshqarish bo’yicha yo’l yo’riqlar ko’rsatiladi.
«Yo’l harakati haqidagi» va «Yo’l belgilari va signallari haqidagi» Konventsiyalar eng asosiy xalqaro me’yoriy xujjat hisoblanadi. Bu Konventsiya larga 1968 yilda Vena shahrida BMT yo’l harakati konferentsiyasida qabul qilingan. Konventsiyaga 1971 yil Jenevada Yevropa kengashida to’ldirishlar kiritilgan.
Yo’l harakati to’g’risidagi Konventsiyada yo’l harakatini tashkil etish bo’yicha umumiy talablar, xalqaro harakatga qo’yish uchun transport vositalariga qo’yiladigan talablar, haydovchilar guvohnomasini namunasiga qo’yiladigan talablar, haydovchilarga qo’yiladigan talablar, davlatlarni Konventsiyaga qo’shilish tartiblari, atamalarga qo’yilgan talablar berilgan.
Foydalanilgan adabiyotlar:

1. I.A. Karimov, Jahon moliyaviy inqirozi O`zbekiston sharoitida uni bartaraf etish yo`llari va choralari. Toshkent. “O`zbekiston” – 2009 y. – 56 bet.


2. “Yo`l harakati qoidalari”. Toshkent – 2001 y.
3. “Yo`l belgilari va yo`l chiziqlari”. Toshkent – 2001 y. 4. Q. X. Azizov. “Yo`llarda xavfsiz harakatlanish asoslari”. Toshkent – 2005 y.
5. N. F. Muhitdinov, G. K. Nurmuhamedov, R. N. Dimitov “Yo`l harakati qoidalariga sharhlar”. Toshkent – 2005 y.
Yüklə 123 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin