Harbiy pedogogika va harbiy pedagog kadrlarni tayyorlash masalalari



Yüklə 288,68 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix18.01.2023
ölçüsü288,68 Kb.
#79612
1   2   3   4   5
Bobojonov Rasul Tohir og’li

PEDAGOG RESPUBLIKA ILMIY JURNALI 
3– SON / 2022 - YIL / 15 - NOYABR 
www.bestpublication.org
 
518 
turg‗unligini ta‘minlash bo‗yicha maqsadli ravishda unda ruhiy xislatlarni shakllantirish 
jarayonidir. 
Mustaqil tarbiya – askarning ijtimoiy va xizmat burchini muvaffaqiyatli ado etishi 
uchun zarur bo‗lgan xislatlarni o‗zida shakllantirish va rivojlantirish bo‗yicha maqsadli 
ongli faoliyatidir. 
Mustaqil ta‘lim – askarning bilim, ko‗nikma va malakalarni egallash, 
chuqurlashtirish va takomillashtirish bo‗yicha maqsadli mustaqil ishidir. 
Bilim – borliq, voqea va hodisalarning, ularning aloqa va munosabatlarining inson 
ongida namoyon bo‗lishidir. 
Ko‗nikma – ish-harakatlarning puxta egallanganligi, avtomatlashgan tarzda 
bajarilishidir. 
Malaka askarning o‗z vazifalarini bajarishga tayyorlik darajasini ko‗rsatadi hamda 
bilim va ko‗nikmalaridan samarali foydalanishda, ularni yangi va murakkab 
sharoitlarda to‗g‗ri va muvaffaqiyatli qo‗llay olishida namoyon bo‗ladi. 
Hozirgi kunga kelib askarlar va harbiy jamoalarni tayyorlash, harbiy qismlar va 
bo‗linmalarning jangovar tayyorgarligini oshirishda ofitserlarning, komandir va 
tarbiyachilarning harbiy-pedagogik bilimlari darajasiga qo‗yilayotgan talablar tobora 
oshib bormoqda. Shu bilan birga harbiy pedagogikaning vazifalari doirasi ham kengayib 
bormoqda. 
Harbiy pedagogikaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 
- harbiy-pedagogik jarayonning mohiyati, xususiyatlari va qonuniyatlarini va 
uning tarkibiy qismlari bo‗lmish ta‘lim, tarbiya, ruhiy tayyorgarlik, rivojlanish, 
mustaqil tarbiya, mustaqil ta‘lim olish jarayonlarini o‗rganish; 
- jamiyatda va Qurolli Kuchlarda ro‗y berayotgan o‗zgarishlar asosida, shuningdek 
jangovar texnika va qurol-yarog‗ning takomillashuvi, jangni olib borish usullari, 
shaxsiy tarkibdagi miqdor va sifat o‗zgarishlari, jangovar tayyorgarlikni kuchaytirish 
vazifalaridan kelib chiqib ta‘lim va tarbiya prinsiplarini aniqlash, shakllari va metodlari 
rivojlantirib, takomillashtirib borish; 
- turli toifadagi harbiy xizmatchilar bilan turli sharoitlarda ta‘lim-tarbiya 
jarayonini amalga oshirishda ta‘lim va tarbiya prinsiplari talablarini muvaffaqiyatli 
amalga oshirish sharoitlarini aniqlash va asoslash; 
- qo‗shin turlarining, turli ixtisoslikdagi harbiy mutaxassislarni tayyorlashning 
o‗ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib ta‘lim va tarbiya metodlari tizimini ishlab 
chiqish va takomillashtirib borish; 
- ta‘lim-tarbiya ishlarini tashkil etish shakllarini takomillashtirish va rivojlantirish
askarlar va harbiy jamoalar ta‘limi va tarbiyasi darajasini aniqlash, tekshirish va 
baholashning samarali yo‗llarini tadqiq qilish; 
- harbiy-pedagogik jarayonning rivojini bashorat qilish rejalashtirish
- didaktik tadqiqotlarning markaziy muammosi sifatida askarlar bilish faoliyatini 
faollashtirish, alohida olingan askarlar va harbiy jamoalarning yuksak harbiy-



Yüklə 288,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin