Harbiy tayyorgarlik o‘quv markazida rezervdagi va zaxiradagi ofitserlarni tayyorlash: an’analari, innovatsiyalari, istiqbollari



Yüklə 42,39 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü42,39 Kb.
#206312
shshsh


HARBIY TAYYORGARLIK O‘QUV MARKAZIDA REZERVDAGI VA ZAXIRADAGI OFITSERLARNI TAYYORLASH: AN’ANALARI, INNOVATSIYALARI, ISTIQBOLLARI


КЛЮЧЕВЫЕ СЛОВА
qurolli kuchlar / vatan himoyasi / mojarolar tajribasi / taktik bo’linmalar / hamkorlikni yo'lga qo'yish / zamonaviy fanlar bilan boyitish / professional kadrlar bilan ta'minlash / harbiy bilim yurtlaridagi ta'lim tizimini noyob prinsiplar asosida rivojlantirish. / armed forces / protection of the country / experience of conflicts / tactical divisions / establishing cooperation / enriching with modern sciences / providing professional personnel / developing the education system in military educational institutions on the basis of unique principles.
АННОТАЦИЯнаучной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Umarov, Ismoiljon Olimjonovich
Ushbu maqolada “Harbiy tayyorgarlik o‘quv markazida rezervdagi va zaxiradagi ofitserlarni tayyorlash: an’analari, innovatsiyalari, istiqbollari” mavzusida ma’lumotlar bayon etiladi.
"HARBIY TAYYORGARLIK O'QUV MARKAZIDA REZERVDAGI VA ZAXIRADAGI OFITSERLARNI TAYYORLASH: AN'ANALARI, INNOVATSIYALARI, ISTIQBOLLARI"
Umarov Ismoiljon Olimjonovich,
Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti harbiy tayyorgarlik
o'quv markazi katta o'qituvchisi
"Yangi fikr, yangi g'oyaga, innovatsiyaga tayangan davlat yutadi. Biz buyuk kelajagimizni barpo etishni bugundan boshlaydigan bo 'lsak, uni aynan innovatsion
g'oyalar, innovatsion yondashuv asosida boshlash kerak".
Sh.M.Mirziyoyev
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada "Harbiy tayyorgarlik o 'quv markazida rezervdagi va zaxiradagi ofitserlarni tayyorlash: an 'analari, innovatsiyalari, istiqbollari " mavzusida ma 'lumotlar bayon etiladi.
Kalit so'zlar: Qurolli Kuchlar, Vatan himoyasi, mojarolar tajribasi, taktik bo'linmalar, hamkorlikni yo'lga qo'yish, zamonaviy fanlar bilan boyitish, professional kadrlar bilan ta'minlash, harbiy bilim yurtlaridagi ta'lim tizimini noyob prinsiplar asosida rivojlantirish.
"TRAINING OF RESERVE AND RESERVE OFFICERS IN THE TRAINING CENTER OF MILITARY TRAINING: TRADITIONS, INNOVATIONS, PROSPECTS"
Umarov Ismoiljon,
Senior lecturer of the military training center of the National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek
ABSTRACT
This article describes the information on the topic "training of reserve and reserve officers in the training center of military training: traditions, innovations, prospects".
Keywords: Armed Forces, protection of the country, experience of conflicts, tactical divisions, establishing cooperation, enriching with modern sciences, providing professional personnel, developing the education system in military educational institutions on the basis of unique principles.
"A state based on a new idea, a new idea, innovation will win. If we are going to start the restoration of our great future from the Steam, then it should be started precisely on the basis of innovative ideas, an innovative approach ".
Sh.M.Mirziyoyev
«ПОДГОТОВКА ЗАПОВЕДНИКОВ В УЧЕБНОМ ЦЕНТРЕ ВОЕННОЙ ПОДГОТОВКИ: ТРАДИЦИИ, ИННОВАЦИИ,
ПЕРСПЕКТИВЫ»
Умаров Исмоилжон,
Старший преподаватель центра военной подготовки Национального университета Узбекистана имени Мирзо Улугбека
АННОТАЦИЯ
В статье представлена информация по теме «Подготовка офицеров запаса и офицеров запаса в учебном центре военного обучения: традиции, нововведения, перспективы».
Ключевые слова: Вооруженные Силы, защита страны, опыт конфликтов, тактические подразделения, налаживание сотрудничества, обогащение современной наукой, обеспечение профессиональными кадрами, развитие системы образования в военно-учебных заведениях на основе уникальных принципов.
KIRISH (INTODUCTION)
O'zbek xalqining asriy orzusi ushalib, mustaqillikni qo'lga kiritgan davlatimiz siyosatining asosiy yo'nalishlaridan biri- mustaqil O'zbekistonning mudofaasini mustahkamlash va milliy havfsizligini ta'minlashga qaratildi. Bugungi kunda fanning eng yaxshi ixtirolari harbiy sohada tez qo'llanilishi va taraqqiyotning yuksak darajada rivojlanganligi sharoitida, yoshlarni Vatan himoyasiga tayyorlash ishlarining ahamiyati o'z-o'zidan oshib bormoqda. Xalqaro terrorizmning, separatchilik harakatlarining ko'p davlatlarda avj olishi, global urush xavfi bartaraf bo'lib lokal urushlarni paydo bo'lishi askarning ruhiy, jismoniy va maxsus tayyorgarligiga yangi talablarni qo'ymoqda. Undan turli xolatlarda o'zini munosib tutishni va tezlik bilan vaziyatni to'g'ri baholashni, hamda eng to'g'ri qarorni qabul qilishni, o'z harakatlarini bo'linma harakatlari bilan moslashtira olishni talab qilmoqda. Yangi texnika vositalari jangovar harakatlar olib borish hususiyati va uslublarini tubdan o'zgartirmoqda. Bu hozirgi sharoitda jangovar mashinalarda, tanklarda, samolyot
Scientific Journal Impact Factor
shturvallarida, zenit-raketa komplekslarda harbiy va maxsus tayyorgarlikka ega bo'lgan harbiy xizmatchilar bo'lishi kerak deganidir.
Armiya davlat mexanizmlaridan biri bo'lib, ko'p tomonlama davlatning taqdirini, ichki barqarorligini, hozirgi zamondagi o'rni va rolini belgilaydi. Qurolli Kuchlar davlat hududiy yaxlitligini va uning fuqarolarini tinch hayotini ta'minlaydi. Harbiy sohadagi islohotlar shart-sharoitlarida Qurolli Kuchlar yangi sifat kasb etmoqda. Armiyamizda tuzilmaviy o'zgarishlar o'tkazilib, harbiy doktrina mudofaa yo'nalishiga va uning rivojlanishi sifat va aqliy ustuvorliklar asosida shakllantirishga qaratilgan.
Shu munosabat bilan bugun har bir Vatanimiz jangchisidan aniq ish, yuksak vatanparvarlik tuyg'usi, o'zining jangchilik burchini vijdonan bajarishi va shaxsiy ma'suliyat talab etiladi. Jangovar shaylikni yuqori darajada ushlab turish, jangchilik mahoratini takomillashtirish, tartib va intizomni mustahkamlash har bir askarning mamlakat mudofaa qudratini ta'minlashdagi ulushi hisoblanadi.
O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari oldidagi yuksak va ma'suliyatli vazifalarni sog'lom, jismonan baquvvat va chidamli, aqlan shakllangan, yuksak ma'naviy-jangovar sifatlarga ega, Vatan himoyasi yo'lida vatanparvarlik va fuqaroviy burchini bajarishga tayyor kishigina uddalay oladi.
ASOSIY QISM. (Main part)
Qurolli Kuchlar doim mamlakatimiz erki va mustaqilligi, demokratik islohot va fuqarolik jamiyatini shakllantirish bo'yicha keng miqyosli rejalarni amalga oshirish, yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni ta'minlashning ishonchli kafolati bo'lgan, bo'lmoqda va bo'lib qoladi. O'zbekiston Armiyasi istalgan sharoitda, qanday shakl va ko'rinishda namoyon bo'lishidan qat'iy nazar, har qanday tajovuzga qarshi munosib javob qaytarishga qodir bo'lishi kerak. Shiddati turlicha kechayotgan bugungi harbiy mojarolar tajribasi, taktik bo'linmalar, xususan, batalon va vzvodning jangovar harakatlarda egallagan o'rni va ahamiyati sezilarli darajada oshib borayotganidan dalolat bermoqda. Ayniqsa, jangarilarning qurollangan tuzilmalarga qarshi qurolli kurash davomida ushbu taktik bo'linmalar muhim o'rin egallaydi. Zamonaviy qurolli kurashlarda taktik bo'linmalar ahamiyati kengayib borar ekan, ushbu bo'linma komandirlarining professional tayyorgarlik saviyasiga qo'yilayotgan talablar ham oshib boradi. Bugungi bo'linma komandiri zehn-zakovatli, yuqori malakali ofitser bo'lishi, murakkab (keskin) vaziyatda nostandart qaror qabul qila olishi, bo'ysunuvchi bo'linmani jangda ham, kundalik faoliyat davomida ham mohirona boshqara bilishi shart.
Scientific Journal Impact Factor
O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar tizimida davom etayotgan islohotlarning asosiy vazifasidan biri bugungi kunda - professional kadrlar bilan ta'minlash, ularni tayyorlash va imkoniyatlardan foydalanish. Buning uchun esa harbiy xizmatchilarning professional tayyorgarlik darajasiga alohida e'tibor qaratish lozim. Mazkur masala esa o'ziga xos harbiy - siyosiy, psixologik ahamiyatga ega.
Bugungi kunda Respublikamizda oliy harbiy bilim yurtlaridagi ta'lim tizimini noyob prinsiplar asosida rivojlantirish maqsadga muvofiqdir.
Yangi harbiy ta'lim jihatlariga erishish uchun yoki bosqich samaradorligini oshirish uchun, davlat mudofaasidagi harbiy ta'lim-tarbiya tizimini yangidan barpo etish va ta'minlash lozim. Buning uchun nazariy va amaliy bilimlar, ilmiy qo'llanmalar va dars berish metodlari, malakali professor o'qituvchilar bilan ta'minlash maqsadga muvofiq.
Ma'lumki, 2017-2021 yillar davomida mudofaa tizimidagi harbiy qism va ta'lim muassasalarida barcha talablarga javob beruvchi eng zamonaviy moddiy-texnik baza yaratildi. Dastlab O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 25-apreldagi qaroriga asosan Toshkent oliy umumqo'shin qo'mondonlik bilim yurti negizida va uning shonli harbiy an'analarini hamda mamlakatimizdagi yetakchi ilmiy-ta'lim muassasalarida to'plangan faoliyat tajribasini o'ziga qamrab olgan holda Qurolli Kuchlar Akademiyasi yangidan tashkil etildi.
2019-yilning oktyabr oyida Respublikamiz oliy ta'lim muassasalari harbiy kafedralari qisqartirilib, uning o'rniga har yili 700 dan ortiq rezervdagi va zaxiradagi ofitserlarni tayyorlaydigan Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston milliy universiteti harbiy tayyorgarlik o'quv markazi tashkil qilindi.
Butun jamiyatimizda bo'lgani singari Qurolli Kuchlarimiz faoliyatida ham katta o'zgarishlar yuz beryapti. Qurolli Kuchlarimiz mamlakatimiz mustaqilligining kafolati va asosiy ramzlaridan biri bo'lib yangidan barpo etildi. Davlatimiz mudofaasini yetuk harbiy xizmatchilarsiz tasavvur qilish qiyin. Bu o'rinda harbiy kadrlarni tayyorlashda ularning quyidagi asosiy sifatlari va fazilatlariga katta e'tibor qaratish kerak:
1. Vatanga sadoqati va muhabbati, fidoiyligi, adolatliligi, tashabbuskorligi, omilkorligi va uddaburonligi, izlanuvchanligi va yangilikka intilishi, talabchanligi, iqtisodiy va huquqiy savodxonligi, ma'naviy yetukligi, xushmuomalaligi, intizomliligi va boshqalar.
2. Shu bilan birga, harbiy kadrlarning Vatan rivoji uchun o'z vazifa va majburiyatlarini nazarda tutish lozim:
- mamlakatimiz Prezidenti va hukumati olib borayotgan siyosatni teran anglashi va qo'llab-quvvatlashi;
- topshirilgan vazifa uchun jonkuyarligi, mas'uliyatni his etishi, o'z sohasining bilimdoni ekanligi, o'z ustida izlanishi va mehnatsevarligi;
- ishlayotgan lavozimi bo'yicha topshirilgan vazifalarni mukammal bilishi va puxta bajara olishi;
- vazifalarni amalga oshirish uchun bor imkoniyatlarini ishga sola bilishi;
- o'zi mehnat qilayotgan sohani yanada rivojlantirish uchun aniq takliflar bera olishi va shu masalaga oid izlanishi;
- o'z fikrini boshqalarga tushuntira olishi;
- odamlar bilan ishlay bilishi;
- ish faoliyatining natijalari;
- turmush tarzi, oilaviy ahvoli, yashash joyidagilar bilan munosabati.
Bularning hammasi hozirgi kunda harbiy kadrni tanlash uchun lozim bo'lgan
talablardir. Bu talablardan kelib chiqqan holda harbiy kadrlarni har tomonlama yetuk, hozirgi va kelajak zamon talablariga javob berishlari va ularning professional, intellektual darajasiga erishishlari uchun eng avvalambor ta'lim, tarbiya va harbiy psixologiya masalalariga katta ahamiyat berish lozimligidan dalolat beradi.
XULOSA VA TAKLIFLAR
"Harbiy tayyorgarlik o'quv markazida rezervdagi va zaxiradagi ofitserlarni tayyorlash siyosatini samarali amalga oshirish uchun quyidagilar taklif etiladi:
- birinchidan, Harbiy tayyorgarlik o'quv markazidagi ta'lim-tarbiya tizimining ilg'or pedagogik texnologiyalar bilan boyitib borishni ta'minlash va bu o'rinda asosiy e'tiborni harbiy xizmatchilarni tayyorgarligida zamonaviy texnik va texnologik vositalar (kompyuter, internet va boshqalar) yordamida amalga oshirilishi. Shu bilan bir qatorda ta'lim-tarbiya tizimining ilmiy uslubiyatini takomillashtirishda horijiy mamlakatlar tajribasidan keng foydalanish;
- ikkinchidan, harbiy xizmatchi (ofitser) shaxsini professional zamon talablari darajasiga yetkazish uchun, tanlash, malaka oshirish va qayta tayyorlash masalalari katta e'tiborni jalb etadi. Shu nuqtai nazardan harbiy xizmatchi (ofitser)larni uzluksiz ta'lim jarayonini mukammallashtirish yuzasidan o'quv metodik bazasini yaratish;
- uchinchidan, ta'lim-tarbiya tizimining moddiy ta'minoti darajasini yaxshilash maqsadida harbiy tayyorgarlik o'quv markazida, oliy harbiy bilim yurtlari, harbiy qism va okruglarning o'z imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda va shu bilan bir qatorda, mahalliy hokimiyat va oliy o'quv yurtlari bilan yaqin hamkorlikni yo'lga qo'yish;
Scientific Journal Impact Factor
- to'rtinchidan, Harbiy tayyorgarlik o'quv markazida kursantlarni o'qitish jarayonida ijtimoiy va boshqa fanlar o'rtasida o'zaro mantiqiy bog'liqlikni kuchaytirish, o'qitilayotgan har bir mavzuning, harbiy xizmatchilarda g'oyaviy barkamollikni vujudga kelishiga xizmat qilishi va zamonaviy fanlar bilan boyitilishi.
REFERENCES
1. Ozbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o'tash tartibi to'g'risidagi nizomi. Toshkent - 2006 yil.
2. https://lex.uz/docs/-3372089?0NDATE=24.03.2020
3. O'zbekiston Respublikasining 2019-yil 5-sentyabrdagi O'RQ-564-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/564/3690-son
4. https://mudofaa.uz/21780/
Yüklə 42,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin