Ayb shaklining mazmuni
aybning shakli va uning qonuniy
belgilanishi aybdorning ijtimoiy xavfli qilmishni
sodir etish chegaralarini
ko‘rsatib berishga olib boradi. Subyektning sodir etgan qilmishiga bo‘lgan
turli xil ruhiy munosabati faqat shu ajratib ko‘rsatilgan chegaralar ichida
bo‘lganida aybli deb topilishi mumkin.
Agar qonun faqat qasddan ijtimoiy xavfli qilmish sodir etishga jinoiy
javobgarlikni belgilasa, aybning shakli jinoiy harakatni jinoiy bo‘lmagan
harakatdan ajratib beradi. Masalan, bolani almashtirib qo‘yish, agar
ehtiyotsizlik orqasida sodir etilsa, jinoiy javobgarlikka olib kelmaydi.
Shu kabi hodisalar qatorida aybning
shakli jinoiy javobgarlikni
qonuniy tabaqalashtirishning asosi bo‘lib xizmat qiladi. Qasddan odam
o‘ldirish, qasddan badanga og‘ir yoki o‘rtacha og‘irlikda shikast yetkazish,
mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish kabi qilmishlar
ehtiyotsizlik orqasida
sodir etilganlariga qaraganda, ular uchun javobgarlik
ancha qattiqroq.
Qasd va ehtiyotsizlikning ko‘rinishi jinoyatning kvalifikatsiyasiga
ta’sir qilmasdan, jinoiy javobgarlik va jazoni individuallashtirishda muhim
mezon bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Boshqacha so‘z bilan aytganda, agar
jinoyat to‘g‘ri qasd bilan sodir etilgan bo‘lsa, egri qasd bilan sodir
etilganga nisbatan u o‘zida ancha ko‘proq darajada xavflilikni ko‘rsatadi,
jinoiy o‘z-o‘ziga ishonish esa, beparvolikka
nisbatan ancha xavfliroq
ekanligini ko‘rsatadi.
Faqat aybning qasd shakli bilan jinoyat sodir etishning bir necha
huquqiy oqibatlari bog‘langan. Chunonchi, retsidiv jinoyatlarni belgilash
faqat ilgari qasddan sodir etilgan jinoyatlar uchun hukm qilinishi bilan
bog‘liq (JK 34-moddasi). Jinoiy faoliyatning boshlanishi
va jinoyat sodir
etishda ishtirokchilik kabi tushunchalar aybning faqat qasd shaklini taqozo
etadi; aybning shakli (ijtimoiy xavflilik darajasiga bog‘liq holda)
jinoyatlarni kategoriyalar bo‘yicha kvalifikatsiya qilishning asosida yotadi.
Va nihoyat, aybning shakli jazoni, shuningdek, uning o‘talish shart-
sharoitlarini oldindan belgilab beradi.
Qonunchilikni loyihalashtirishda JKning Maxsus qismi moddalarida
ko‘rsatilganidek, aybning shakli normalarning dispozitsiyasida to‘g‘ridan-
183
to‘g‘ri ko‘rsatiladi yoki nazarda tutiladi (masalan, JK 97-moddasi –
qasddan odam o‘ldirish). Oxirgi vaziyatda aybning qasd shakliga
qonunchilikda ko‘rsatilgan xususiyat (o‘g‘rilik, talonchilik, nomusga
tegish, tuhmat, pora olish yoki berish va h.k.) yoki qonunchilikda
ko‘rsatilgan qilmishning ayni bir maqsadi yoki sodir qilinayotgan
qilmishning o‘zboshimchaligi va noqonuniyligi yo bo‘lmasa, jinoyat
tarkibiga qilmishning maxsus motivini kiritish ko‘rsatiladi.
Ehtiyotsizlik, asosan, dispozitsiyada ko‘rsatilgan, o‘z
vazifalarini
bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik, harakatsizlik (agar bunday
harakat qandaydir maqsad yoki motivni tug‘dirgan bo‘lmasa) kabilarda
aniq ifodasini topadi.
Shunday qilib, aybning ichki tuzilishi bilan bog‘langan aybning shakli
va boshqa elementlari (irodaviy va intellektual elementlari), shaxsning
o‘zini o‘rab turgan real voqelikka bo‘lgan ruhiy munosabatini
belgilovchi
aybning mohiyatini tashkil etadi. Boshqacha aytganda, aybning ijtimoiy-
huquqiy mohiyati, jinoyat qonunchiligi bilan taqiqlangan aybli ijtimoiy
xavfli qilmishni jazo qo‘llash tahdidi bilan jinoyat
sifatida aniqlashiga
tayanadi. Bunday mohiyat, ayb o‘zida shaxs o‘zi qilgan har qanday
qilmishlari va uning oqibatlari uchungina ruhiy munosabatini namoyon
etmaydi, balki u faqat jazo qo‘llash tahdidi bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy
xavfli, ya’ni Jinoyat kodeksi bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlar
uchun xavfli qilmishlarni namoyon etadi. Aybdor shaxs jinoyat sodir eta
turib, qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida davlat tomonidan o‘rnatilgan
qadriyatlarga nisbatan o‘zining salbiy ichki munosabatini namoyon etadi.
Aybning ijtimoiy mohiyati, salbiy (qasddan sodir etiladigan tajovuzlar
uchun xarakterli) yoki e’tiborsizlik yoki kam e’tiborli (ehtiyotsizlik
orqasida sodir etiladigan jinoyatlarga xarakterli bo‘lgan) qasd yoki
ehtiyotsizlik orqasida ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etishda asosiy
qadriyatlarga nisbatan ruhiy munosabatning namoyon bo‘lishida ko‘rinadi.
Sud-tergov amaliyoti nuqtai nazaridan ayb tasdiqlanishi qiyin bo‘lgan
konkret va aniq bo‘lmagan kategoriya hisoblanadi. Shu bilan birga ayb
jinoiy tajovuzlarni, ularning ijtimoiy xavfliligi, zararliligi va huquqqa
xilofliligini ifodalovchi o‘ziga xos miqdoriy o‘lchovlariga ega. Shunday
184
aybni ifodalovchi asosiy ko‘rsatkichlardan biri darajadir. Aybning
mohiyati tushunchasi kabi ayb darajasi tushunchasi ham jinoyat
qonunchiligida nazariy xarakterga ega. Bundan tashqari, sud va dastlabki
tergov uchun ayb darajasini aniqlash amaliy ahamiyat kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: