Harbiy-texnik instituti m. X. Rustambayev



Yüklə 3,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/336
tarix07.01.2024
ölçüsü3,11 Mb.
#203198
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   336
Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti

Jamiyat manfaatlari
– jamiyatning borligini belgilovchi uning eng 
muhim elementlari. 
NOTA BENE ! 
Jamiyat 
deganda, o‘zining ma’lum bir umumiy manfaatlari, o‘zaro 
munosabat va madaniyati bilan o‘zgalardan farqlanuvchi kishilar guruhi 
tushuniladi. 
 
15 


JKning 2-moddasi mazmuniga ko‘ra, jamiyat deganda, biron 
davlatning fuqaroligiga mansubligi yoki boshqa shartlar bilan (jinsi, irqi, 
millati, dini, ijtimoiy ahvoli va boshq.) bog‘liqligidan qat’i nazar, 
Respublikaning butun aholisi tushuniladi.
Jamiyat manfaatlari sifatida axloq, ma’naviyat, iqtisodiy-ijtimoiy 
asoslar, jamiyatda xulq-atvor qoidalari va boshqalar qaralishi mumkin. 
Davlat manfaatlari
butun jamiyatning emas, balki uning ma’lum 
tarzda siyosiy uyushgan qismini ifodalovchi manfaatdir. 
NOTA BENE ! 
Davlat 
– butun jamiyatga tatbiq etiladigan, uning rasmiy vakili sifatida 
chiqadigan va majbur qilish vositalari va tadbirlariga tayanadigan 
ommaviy hokimiyat tashkiloti
1

 
JKning 2-moddasi mazmuniga muvofiq, davlat deganda, uni tashkil 
etuvchi organlarini emas, balki O‘zbekiston Respublikasini yaxlit 
tushunish kerak.
Davlat manfaatlari deganda, unga jamiyat tomonidan yuklatilgan 
vazifa va funksiyalarni ijro etish uchun mavjud bo‘lishi zarur hayotiy 
faoliyatning o‘ta muhim elementlari, jumladan, huquq-tartibot, boshqaruv 
tartibi, siyosiy barqarorlik, hokimiyat organlarining faoliyat yuritishi, 
suverenitet va boshqalar tan olinadi. 
NOTA BENE ! 
Mulk 
JK muhofaza obyekti sifatida moddiy dunyoning, shuningdek, 
mualliflik huquqi obyektlari sifatida mulkiy ashyolariga ega bo‘lish 
yuzasidan va shunga bog‘liq ravishda ijtimoiy munosabatlarning ma’lum 
bir guruhi sifatida namoyon bo‘ladi. 
 
Mulkchilikning shakli ahamiyatga ega emas, chunki konstitutsiyaviy 
qoidalarga muvofiq, mulk qanday huquqiy shaklda ekanligidan qat’i nazar, 
bir xilda himoya qilinadi. 
Большой юридический словарь. / Под ред. А.Я. Сухарева, В.Е. Крутских. – М.: ИНФРА-М, 2000. – С. 129. 
16 


Tabiiy muhitni jinoyat-huquqiy muhofazaning mustaqil obyekti 
sifatida qarash barcha fuqarolar davlat himoyasi ostida bo‘lgan va 
umummilliy boylik hisoblangan tabiiy muhitga ehtiyotkorona 
munosabatda bo‘lishlari (Konstitutsiyaning 50-moddasi) lozimligi 
haqidagi qoidaga asoslanadi
1

Bugungi kunda «tabiiy muhitni asrash, tabiat boyliklaridan oqilona 
foydalanish umummilliy vazifa hisoblanadi va bu ekologiya tizimini, 
tabiat komplekslari va ayrim obyektlarning muhofazasini ta’minlashga, 
fuqarolarning qulay atrof muhitga ega bo‘lish huquqini kafolatlashga 
qaratilgan»
2


Yüklə 3,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   336




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin