232
VIII BOB. JINOYAT SUBYEKTI
1-§. Jinoyat subyekti tushunchasi
Jinoyat subyekti jinoyat tarkibining ajralmas elementi hisoblanadi.
Jinoyat subyekti va uning belgilari JK Umumiy qismining IV bobida
belgilab berilgan bo‘lib, bu bob «Javobgarlikka tortilishi lozim bo‘lgan
shaxslar» deb nomlanadi. Bu belgilarni umumiy jinoyat subyektiga tegishli
deb nomlash belgilab qo‘yilgan.
Jinoyat kodeksi Umumiy qismining ko‘pgina moddalarida jinoyat
tarkibining umumiy tushunchasi doirasida boshqa qo‘shimcha belgilari
ham namoyon bo‘ladi, jumladan, boshqarish tartibiga qarshi jinoyatlar va
boshqa obyektning muayyan ko‘rinishiga nisbatan tajovuzlar –
mansabdorlik jinoyatlari ko‘rib chiqilishida – jinoyatlarning mazkur
fakultativ belgilari zaruriy xususiyatga ega bo‘lib, ular jinoyatning maxsus
subyekti belgilariga xos bo‘ladi.
NOTA BENE !
Jinoyat subyekti
– jinoyat qonunchiligida nazarda tutilgan jinoyatni
sodir etgan va ushbu qonunda belgilangan yoshga yetgan aqli raso
jismoniy shaxsdir.
JK 17-moddasida
jinoyat subyektining umumiy belgilariga ta’rif
berilgan hamda ular quyidagi uchta zaruriy elementlar majmui orqali
ifodalanadi:
– jismoniy shaxsligi;
– aqli rasoligi;
– JKga muvofiq jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaruvchi subyektning
yoshi.
Ushbu element (belgi)lar birontasining mavjud bo‘lmasligi jinoyat
subyektining, demak jinoyat tarkibining mavjud emasligidan dalolat
beradi.
Jinoyat kodeksi qoidalariga ko‘ra, faqat jismoniy shaxs, ya’ni inson
jinoiy javobgar bo‘lishi mumkin. Aytish kerakki, jinoyat qonunchiligida
233
jismoniy shaxs tushunchasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri berilmagan. Biroq, Jinoyat
Kodeksi va boshqa huquqiy aktlarning mohiyatidan ko‘rinadiki, jinoyat
huquqidagi jismoniy shaxs tushunchasi Fuqarolik Kodeksining 16-
moddasidagi tushunchaga o‘xshash bo‘lib, unga ko‘ra «fuqaro zamirida
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, boshqa davlatlar fuqarolari va
shuningdek, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tushuniladi».
Jinoyat subyekti faqat jismoniy shaxs bo‘lishi mumkin, bu esa
O‘zbekiston Respublikasining jinoyat qonunchiligi bo‘yicha yuridik
shaxsning jinoiy javobgarligi bundan mustasno ekanligini bildiradi.
Yuridik shaxslar fuqarolik qonunchiligi bo‘yicha faqat mulkiy javobgar
bo‘ladilar. Ular qachonki jinoyat natijasida mulkiy yoki boshqa zarar
yetkazilgan bo‘lsa, bunda mazkur yuridik shaxsning rahbari jinoiy
javobgarlikka tortilishi mumkin, masalan, JK 196-moddasi bo‘yicha atrof
tabiiy muhitni ifloslantirganlik uchun. Demak, agar biron-bir tashkilot,
masalan, shaxtada mehnat muhofazasi qoidalari buzilishi natijasida
odamlarga shikast etsa, buning uchun yuridik shaxs sifatida shaxta emas,
balki mazkur qoidalarning buzilishida aybdor bo‘lgan muayyan shaxs
javobgarlikka tortiladi.
Hayvonlar jinoyat subyekti bo‘lishi mumkin emas, masalan, it biror-
bir odamni tishlab olsa yoki uning sog‘lig‘iga zarar yetkazsa, uni jinoyat
subyekti deya olmaymiz. Sud-tergov amaliyotida aniqlanishi kerak bo‘lgan
yagona holat bu, it jinoyat sodir etish quroli sifatida foydalanilganligi yoki
foydalanilmaganligidir. Masalan, inson tomonidan o‘rgatilgan it buyruq
berilishi natijasida inson sog‘lig‘iga zarar yetkazsa, bunda hayvon
tomonidan yetkazilgan zarar uchun uning egasi javobgarlikka tortiladi.
Aytish kerakki, jinoiy javobgarlik shaxs bilan chambarchas
bog‘langan bo‘lib, shaxs o‘zining ijtimoiy xavfli, qasddan yoki
ehtiyotsizlik orqasida sodir etgan qilmishi uchun javobgardir. Bu bilan
mazkur holat jinoyat huquqining asoslantirilgan tamoyillari asosida
shaxsning aybini belgilashda ongli va maqsadli jinoiy qilmishi uchun
shaxsiy javobgarlik o‘rnatishga ruxsat beradi.
Shunday qilib, yuridik shaxslarni yoki hayvonlarni emas, balki faqat
insonlarni, ya’ni o‘z qilmishining xususiyatini va ijtimoiy xavflilik
234
darajasini anglab yetish qobiliyatiga ega bo‘lgan, o‘z qilmishiga hisob bera
oladigan va ularni boshqara oladigan
Dostları ilə paylaş: |