Majburlash jismoniy yoki ruhiy bo‘lishi mumkin. Ruhiy majburlash
ko‘pincha, dalolatchi tomonidan qo‘rqitish orqali sodir etiladi. Dalolatchi,
masalan shaxsni do‘pposlash vositasida uni jinoyat sodir etishga
majburlashi, aynan shu maqsadga dalolatchi kaltaklash yoki unga boshqa
zarar yetkazish tahdidi vositasida erishishi ham mumkin. Ushbu ma’noda
tahdid ruhiy majburlash vositasi sifatida namoyon bo‘ladi.
Buyruq berish dalolatchilik vositasi sifatida faqatgina dalolatchiga
xizmat bo‘yicha bo‘ysunadigan shaxslarga nisbatan ishlatilishi mumkin.
Jinoiy buyruqni qonuniy ijro etish natijasida bevosita sodir etgan
xizmat bo‘yicha bo‘ysunuvdagi shaxs o‘zining sodir etgan qilmishi uchun
javobgarlikka tortilmaydi. Bu hollarda noqonuniy buyruq bergan yoki
majburlagan shaxs, agar (harbiy xizmatchilar, mansabdor shaxslar uchun)
majburiy bo‘lsa, bevosita zarar yetkazuvchi sifatida jinoiy javobgarlikka
tortiladi.
Ishontirish dalolatchi tomonidan jinoyat sodir etish motivi bo‘lib
keladigan holatlarni bajaruvchi yoki yordamchiga xabar qilishdan iborat.
Dalolatchilik vositasi sifatida ishontirishning o‘ziga xos xususiyati
shundaki, tashqi tomondan dalolatchining jinoyatda o‘z manfaatlari
bo‘lmaydi. Bajaruvchining irodasiga ta’sir etib, dalolatchi u yoki bu
qilmishni sodir etishning maqsadga muvofiqligi va zarurligiga, jinoyat
sodir etilishi bajaruvchi manfaatlarida ekanligiga ishontirishga harakat
qiladi.
Ishontirish obyektiv tomondan dalolatchi va u qiziqtirayotgan shaxs
orasida aloqalarni talab etuvchi davomli jarayondir. Aloqa vaqtida
dalolatchi bajaruvchi tomonidan qaror qilinishiga turtki beruvchi
motivlarni tug‘dirishgagina emas, balki dalolatchi istagan qarorning qabul
qilinishiga to‘sqinlik qiluvchi motivlarni kuchsizlantirishga, yo‘q qilishga
harakat qiladi.
Ishontirishga yaqin bo‘lgan boshqa bir vosita — shaxsda jinoyat sodir
etishga bo‘lgan qat’iyatni uyg‘otuvchi bir vaqtning o‘zidagi akt sifatidagi
304