Yuqorida sanab o‘tilgan dalolatchilikning barcha vositalari amaliyotda
ko‘p uchraydi. Biroq, ular dalolatchilik vositasi sifatida muayyan
sharoitda, aniq holatlarda tan olinishi kerak. O‘z navbatida, subyektning
har qanday boshqa harakatlari, agar uning yordamida jinoyat
bajaruvchisida ko‘zda tutilgan jinoiy niyatning amalga oshirilishiga
qat’iylik va ishonch yuzaga kelgan hamda shakllangan bo‘lsa, dalolatchilik
deb tan olinishi zarur. Ko‘zda tutilayotgan bajaruvchining subyekt
xususiyatlarini hisobga olgan holda dalolatchi do‘q-po‘pisa, xushomad,
ba’zan esa ishora, yo‘l-yo‘lakay tashlangan so‘z kabilarga murojaat qilishi
mumkin.
Obyektiv tomondan dalolatchilik faqatgina muayyan bajaruvchini
jinoyat sodir etishga qiziqtirishga yo‘naltirilgan faol harakatlar bilan
ifodalanadi. Harakatsizlik natijasida shaxsni jinoyat sodir etishga jalb etish
mumkin emas, harakatsizlik faqatgina jinoyat sodir etishga yordam berishi
mumkin, bu esa dalolatchilik chegarasidan chiqadi va muayyan holatlarda
yordamchilik bo‘ladi. Konklyudent rozilik yoki muayyan jinoyatga
tayyorgarlik ko‘rish bilan bog‘liq bajaruvchining harakatlarini so‘zsiz
qabul qilish dalolatchilik sifatida ko‘rilishi mumkin emas.
Dalolatchilikning subyekt tomoni dalolatchi qanday harakat sodir
etishidan qat’i nazar, bajaruvchida jinoyat sodir etish istagini uyg‘otishga
va bu istakni so‘ndirmaslikka harakat qilishda ifodalanadi. Dalolatchi
qilmishini kvalifikatsiya qilish va jinoiy javobgarlikka tortish uchun uning
qanday motivlar hamda maqsadlarda ish yuritganligining ahamiyati yo‘q.
Shuning uchun u boshqa shaxsni keyinchalik uni fosh etish maqsadida
jinoyat sodir etishga qiziqtirgan, ya’ni «jinoyat provokatsiyasi» holida ham
javobgarlikka tortiladi.
Dalolatchi, odatda, ishtirokchi-bajaruvchi tomonidan sodir etilgan
muayyan jinoyat obyektiv tomonini tashkil etuvchi harakatlarni amalga
oshirishda bevosita ishtirok etmaydi, dalolatchining harakatlari Jinoyat
kodeksi Maxsus qismining bajaruvchi tomonidan sodir etilgan jinoyat
uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi moddasi bo‘yicha,
Dostları ilə paylaş: