ko‘rsatilmaydi»
1
. Shu asnoda, Oliy sud Plenumi tushuntiradiki, olib
tashlangan yoki o‘chgan sudlanganlik hukmning tavsif qismida faqatgina u
ozodlikdan mahrum qilishga hukm qilingan shaxsga koloniya turini
tayinlash uchun ahamiyatga ega bo‘lgandagina ko‘rsatilishi mumkin.
Hukmning tavsif qismida aybdorni o‘ta xavfli retsidivist deb topish
to‘g‘risida asoslantirilgan xulosalar bo‘lishi kerak. Ayblov hukmining
qaror qismida boshqa masalalardan tashqari yana sudlanuvchining o‘ta
xavfli retsidivist deb topilganligi (basharti sud shunday qaror qabul qilgan
bo‘lsa) to‘g‘risidagi qaror yoritilishi lozim.
Yuqorida, voyaga yetmagan yoshda olingan, o‘chgan yoki olib
tashlangan sudlanganlik yuzasidan cheklovlar, retsidiv jinoyatning eng
xavfli turida tan olinganligi bois, ular nafaqat o‘ta xavfli retsidiv jinoyat,
balki retsidiv jinoyatlarning boshqa turlariga ham tegishli bo‘lishi darkor.
Sudning shaxsni o‘ta xavfli retsidivist deb topish vakolatini ko‘zda
tutib,
Dostları ilə paylaş: