Harbiy-texnik instituti m. X. Rustambayev



Yüklə 3,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə284/336
tarix07.01.2024
ölçüsü3,11 Mb.
#203198
1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   336
Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti

JK 34-moddasi 7-qismida
jinoyat qonuni shuni tushuntiradiki, o‘ta 
xavfli retsidivist bilan bog‘liq jinoiy-huquqiy oqibatlar faqatgina 
keyinchalik jinoyat sodir etish bilan tan olinadi. «Ushbu Kodeks maxsus 
qismining o‘ta xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan jinoyatlar uchun 
javobgarlikni belgilovchi moddalari shaxs ushbu jinoyatni sodir etgunga 
qadar qonunda belgilangan tartibda o‘ta xavfli retsidivist deb topilgan 
bo‘lsagina qo‘llaniladi» 
(JK 34-moddasi 7-qismi)
. Boshqacha aytganda, 
jinoyatni o‘ta xavfli retsidiv sifatida kvalifikatsiya qilish uchun, ushbu 
retsidiv aniq qayd qilinishi shart, bu holat esa faqat shaxs sud tomonidan 
o‘ta xavfli retsidivist deb topilganidan so‘ng vujudga keladi. 
Sud tomonidan shaxsni o‘ta xavfli retsidivist deb topish bir qator 
huquqiy oqibatlarga olib keladi: 
– o‘ta xavfli retsidivist tomonidan jinoyat sodir etganlik Maxsus 
qismning ko‘p moddalarida qonun chiqaruvchi tomonidan tasniflovchi 
yoki alohida kvalifikatsiya belgisi sifatida baholanadi; 
1
См.: Постановление Пленума Верховного суда Республики Узбекистан от 2 мая 1997 г. № 2 «О судебном 
приговоре» (с изменениями и дополнениями, внесенными постановлениями Пленума Верховного суда 
Республики Узбекистан от 14 июня 2002 г. № 10, 19 декабря 2003 г. № 20 и 3 февраля 2006 г. № 5) // Сборник, 
Т.1. – С. 338. 
373 


– o‘ta xavfli retsidivist erkaklar ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi 
jazoni maxsus tartibli koloniyalarda, ayollar esa qattiq tartibli 
koloniyalarda o‘tashadi; 
– o‘ta xavfli retsidivistlarga ozodlikdan mahrum etish jazosi 
muddatining bir qismini turma qamog‘ida saqlash tarzida o‘tash 
tayinlanishi mumkin; 
– ularga nisbatan jinoiy javobgarlikdan yoki jazodan ozod etishni 
qo‘llashning bir qancha cheklashlari belgilanishi mumkin; 
– ularga nisbatan shartli ravishda jazo tayinlash, jazo muddatidan 
ilgari shartli ozod etish va jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish mumkin 
emas; 
– o‘ta xavfli retsidivistlarga nisbatan sudlanganlikni olib tashlashning 
alohida tartibi belgilanadi. Mazkur turdagi retsidiv JK 79-moddasi 2-
qismiga asosan, sudlanganlikni olib tashlanishi yo‘li bilan bekor qilinishi 
mumkin. 
Qonunda belgilangan tartibda oddiy, xavfli va o‘ta xavfli turlarga 
bo‘linishdan tashqari, jinoyat-huquqiy doktrinada sudlanganlik miqdori, 
sodir qilingan jinoyatlar xarakteri, ularning ijtimoiy xavflilik darajasiga 
ko‘ra, oddiy va murakkab, umumiy va maxsus, penitentsiar va o‘ta xavfli 
retsidiv jinoyatlar turlari ajratiladi. 

Yüklə 3,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   336




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin