Harbiy-texnik instituti m. X. Rustambayev



Yüklə 3,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə292/336
tarix07.01.2024
ölçüsü3,11 Mb.
#203198
1   ...   288   289   290   291   292   293   294   295   ...   336
Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti

JK 37-moddasida 
mustahkamlangan ushbu shartlar mavjudligi zaruriy 
mudofaa holatidan dalolat beruvchi ikkita elementga: tajovuzga va undan 
himoyalanishga daxldor bo‘ladi. Bunda faqat ushbu shartlarga to‘la 
muvofiq kelishi shaxsning harakatlarini zaruriy mudofaa sifatida 
malakalashga imkon berishi ko‘zda tutiladi. 
Tajovuzga oid bo‘lgan zaruriy mudofaa shartlari
, umuman 
olganda, mavjudligi shaxsga zaruriy mudofaa qoidalari bo‘yicha o‘zini 
himoya qilishga imkon beradigan holatlarni aniqlashga qaratilgan. Ushbu 
shartlar tajovuzni zaruriy mudofaaning mustaqil elementi sifatida bir necha 
jihatidan tavsiflaydi, ya’ni: tajovuzning turi, uning xarakteri, mavjudligi va 
haqiqiyligi. Faqat unga qarshi himoyalanish amalga oshirilgan tajovuz 
barcha talab etiladigan shartlarga javob bergan holdagina u zaruriy 
mudofaa uchun asos deb tan olinishi mumkin, aks holda jinoiy 
qonunchilikning qaralayotgan instituti qo‘llanilishi mumkin emas. 
Zaruriy mudofaaning qonuniy bo‘lishining tajovuzga oid birinchi 
sharti sifatida tajovuzning ijtimoiy xavfli va huquqqa qarshi bo‘lishi tan 
olinadi.
«Jinoyat kodeksining maxsus qismida nazarda tutilgan harakatlar uni 
sodir etgan shaxsning javobgarlikka tortilganligi yoki ruhiy kasallik 
tufayli, jinoiy javobgarlik yoshiga to‘lmaganligi sababli va boshqa 
asoslarga ko‘ra, javobgarlikdan ozod qilinganligidan qat’i nazar, Jinoyat 
kodeksining 37-moddasi doirasida himoyalanishiga asos beruvchi 
ijtimoiy 
xavfli tajovuz
deb hisoblanadi»
1
. Bunda huquqqa qarshi bo‘lishining 
alomati faqat tajovuzning obyektiv tomoniga tegishli bo‘ladi, ya’ni JK 
tegishli moddasining dispozitsiyasida ta’riflangan qilmishning o‘zi 
huquqqa qarshi deb tan olinadi, jinoyat subyektining tavsifi esa, JK 37-
moddasi jihatidan u yoki bu 
qilmishning huquqqa qarshi
deb tan 
olinishiga ta’sir etmaydi. Shunday qilib, zaruriy mudofaa aqli noraso 
bo‘lgan, kichik yoshli shaxslarning qilmishlariga qarshi, shuningdek, 

Қаранг: Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленумининг 1996 йил 20 декабрдаги «Ижтимоий хавфли 
тажовузлардан зарурий мудофаа ҳуқуқини таъминловчи қонунларнинг судлар томонидан қўлланилиши 
ҳақида»ги 39-сонли қарори, 1-банд // Тўплам, 1-жилд. – 77-б.
385 


amalda xato mavjud bo‘lgan holda harakat qiluvchi shaxslarning 
qilmishlariga qarshi amalga oshirilishi mumkin bo‘ladi, ya’ni ularga xos 
bo‘lgan xususiyatlari tufayli o‘zlari sodir etgan ijtimoiy xavfli qilmishlari 
uchun jinoiy javobgarlikka tortilmaydigan, lekin ular sodir etgan 
harakatlar huquqqa qarshi xususiyatlarga ega bo‘lgan holda mumkin 
bo‘ladi.
Aslida har qanday ijtimoiy xavfli tajovuzdan – jinoyatdan zaruriy 
mudofaa mumkin bo‘ladi. Lekin, shunga qaramay, har qanday jinoyat ham 
zaruriy mudofaa harakati uchun qonuniy shart bo‘lavermaydi. 
Tergov va sud organlari har bir muayyan holatda sodir etilgan qilmish 
zaruriy mudofaa holatini belgilab berish-bermasligi masalasini hal etishga 
individual yondashishi kerak. 
Eng avvalo, tajovuzchiga zarar yetkazish orqali himoya qilinadigan 
qilmish himoya qilinadigan munosabatlarga shu ondagi va boshqacha 
oldini olib bo‘lmaydigan zarar yetkazilishi bilan tajovuz qilishi lozim va 
faqat tajovuzchiga jismoniy ta’sir etish bilangina uning oldini olish 
mumkin bo‘lishi lozim. Sud amaliyoti ko‘rsatishicha, bunday harakatlarga, 
asosan, shaxsning hayoti, sog‘lig‘i, jinsiy erkinligiga qarshi jinoyatlar, 
bezorilik, hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatish va boshqa jinoyatlar, 
ya’ni zo‘rlik ishlatish bilan kechadigan, agressiv va buzg‘unchilik 
xarakteriga ega bo‘lgan jinoyatlar kiradi. 
Ayni paytda, bir qator huquqqa qarshi tajovuzlar mavjudki, ular shu 
ondagi va boshqacha oldini olib bo‘lmaydigan zarar yetkazilishi bilan 
tajovuz qilmaydi yoki ularning sodir etilishidan zarar zo‘rlik harakatlari 
bilan oldi olinishi lozim bo‘lmaydi. Bunday jinoyatlar sifatida, masalan, 
mehnat huquqini buzish, tuhmat, pora berish va boshqalar tan olinadi. Shu 
sababli bunday qilmish sodir etilishiga chek qo‘yish maqsadida 
tajovuzchiga zarar yetkazish zaruriy mudofaa deb qaralishi mumkin emas, 
zarar yetkazgan shaxs esa umumiy asoslarda javobgarlikka tortilishi lozim 
bo‘ladi. 
Bundan tashqari, zaruriy mudofaa doirasida unga javoban zarar 
yetkazishga huquq beradigan ijtimoiy xavfli tajovuz faqat hujum 
qiluvchining qasddan faol xulqida (harakatida) ifodalanishi mumkin. 
386 


Ya’ni, ehtiyotsizlik orqali jinoyat sodir etilishida, shuningdek, 
harakatsizlik (biror-bir vazifani bajarmaslik) yo‘li bilan jinoyat sodir 
etilishida zaruriy mudofaa huquqi mavjud emas. 
Shuni ta’kidlash lozimki, qonun faqat JK bilan taqiqlangan 
tajovuzlardan zaruriy mudofaa qilish huquqini tan oladi. Shu sababli, hatto 
ijtimoiy xavfli bo‘lganda ham shaxs qonun bilan taqiqlanmagan noqonuniy 
harakatlar sodir etgan holda unga zarar yetkazish mumkin emas. Bu 
mazkur institutning qo‘llanishida yaxlitlikka yordam beradi, shuningdek, 
jinoiy qonunchilikning adolat va insonparvarlik tamoyillarining amalga 
oshirilgani bo‘ladi. Ushbu masalani boshqacha hal etish zaruriy mudofaa 
holatlarining asossiz kengaytirilishiga olib kelgan bo‘lar edi. 
Xuddi shuningdek, rasman tarkibida sodir etilishi uchun JK da 
javobgarlik ko‘zda tutilgan jinoyat tarkibining alomatlari bo‘lgan, lekin 
aslida jinoiy bo‘lmagan qilmishlar huquqqa qarshi qilmish sifatida 
qaralishi mumkin emas. Xususan, kam ahamiyatli ekanligi, oxirgi zarurat 
va hokazolar tufayli qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlar 
bo‘lganda bu qilmishlar jinoiy bo‘lmaydi. Bunday qilmishlarga qarshi 
mudofaa qilgan shaxslarning harakatlari umumiy asoslarda ularga ushbu 
harakatlarning xarakteri avvaldan ma’lum bo‘lishi sharti bilan ijtimoiy 
xavfli bo‘lgan jinoiy harakatlar, ya’ni jinoiy javobgarlikka tortiladigan 
harakatlar deb qaralishi lozim. 
Zaruriy mudofaa yuzasidan ishlarni tergov qilishda va hal etishda, 
shuningdek, ba’zi holatlarda mansabdor shaxslar tashqi jihatdan huquqqa 
qarshi holatlarga o‘xshash bo‘lgan, lekin aslida shunday bo‘lmagan 
harakatlarni amalga oshirishga vakolatli bo‘ladi. Bunday harakatlar, 
masalan, maxsus vositani qo‘llash, qurolni ishlatish holatlari va hokazolar 
bo‘ladi. Bunday holatlarda mansabdor shaxsning harakatlari qonunchilik 
talablariga mosligi yoki, aksincha, huquqqa qarshi ekanligidan 

Yüklə 3,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   288   289   290   291   292   293   294   295   ...   336




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin